Industrial iqtisodiyot




Download 1,61 Mb.
bet114/122
Sana04.06.2024
Hajmi1,61 Mb.
#259972
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   122
Bog'liq
китоб Iqtisodiyotda tub burilish kechayotgan bir vaqtda iqtisodiyotni

STF = UF+ FP- FZ.
Bu yerda: STF soliq to‘lagungacha olingan foyda;
FP favqulodda vaziyatlardan olingan foyda;
FZ favqulodda vaziyatlardan ko‘rilgan zarar.
UF - yilning sof foydasi bu, soliq to‘langandan keyin xo‘jalik yurituvchi sub’ekt ixtiyorida qoladi, o‘zi dadaromadi (foydasi)dan to‘lanadigan soliqni va minus 213
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa soliqlar va to‘lovlarni chiqarib tashlangan holda soliqlar to‘lagunga qadar olingan foydani ifodalaydi:
SF = STF-DS-BS.
Bu yerda: SF sof foyda;
DS daromad (foyda)dan to‘lanadigan soliq;
BD boshqa soliqlar va to‘lovlar.
Har bir korxona yashashi va ravnaq topishi uchun foyda olishi kerak. Korxona foydani o‘z rivojini ta’minlovchi birinchi muhim omil deb biladi. Foydani maksimallashtirish bilan shug‘ullanmaydigan korxonaning yashab ketish imkoniyati kam bo‘ladi. Makroiqtisodiyot sohasida uzoq muddatga foydani maksimallashtirish masalasiga katta e’tibor berilishi shunday iboratki, shu asosda firma faoliyati oldindan bashorat qilinadi,
Mulk egasini o‘zi boshqaradigan, unchalik katta bo‘lmagan korxonada, ularni yuritish bilan bog‘liq bo‘lgan hamma qarorlarda foydani ko‘paytirish asosiy o‘rin tutadi. Juda katta va yirik korxonalarda rahbar (boshqaruvchi)lar kundalik qarorlarni qabul qilishda mulk egalari har doim ham boshqaruvchilar faoliyatini nazorat ostida saqlay olmaydilar. Shuning uchun boshqaruvchilarda va korxonaga rahbarlik qilishda ma’lum darajada erkinliklar bo‘lib, ular foydani maksimallashtirish bilan yetarli shug‘ullanmasliklari, mulk egasi bo‘lmaganliklari uchun uzoq muddatli manfaat o‘rniga qisqa manfaatni afzal ko‘rishlari mumkin. Boshqaruvchilar ko‘pincha foydani maksimallashtirish o‘rniga daromadni ko‘paytirish yoki aksiyadorlarni qiziqtirish uchun dividendni oshirishga harakat qilishlari mumkin. Bundan tashqari, ular yuqori lavozimga erishish yoki katta mukofotlar olish maqsadida foyda keyinchalik kamayib ketsa ham hozirgi kunning o‘zida oshirishga harakat qiladilar. Shu tufayli bunday rahbarlar o‘z lavozimlaridan chetlashtirilishi va korxonani boshqa rahbarlarga topshirish zaruriyati yuzaga keladi.
Yuqorida keltirilgan foyda turlaridan tashqari, uning yana bir qancha turlari mavjud:

  • haqiqiy foyda;

  • o‘rtacha foyda;

  • monopol foyda yoki iqtisodiy renta;

  • maksimal foyda.

Haqiqiy foyda bu, haqiqatda hisobot ma’lumotlari, ya’ni hakiqiy xarajatlar asosida aniqlangan foyda hisoblanadi. Bu foyda korxona moliyaviy faoliyatini tashkil etishda asosiy manbadir.
Urtacha foyda deganda, boshqa hamma korxonalar kabi sarflangan kapitalga bir xil foyda olish yoki bir xil rentabellikka ega bo‘lish tushuniladi. O‘rtacha foyda korxona (firma)ning faoliyat ko‘rsatayotgan sohada, tarmoqda qolishini ta’minlaydi. Bunday foydaning yuzaga kelishi bozorning uzoq muddatli barqarorlikka erishganidan dalolat beradi. O‘rtacha foydani ko‘pincha iqtisodiy foyda deb ataydilar.
Monopol foyda yoki iqtisodiy renta bu, cheklangan ishlab chiqarish omillaridan foydalanish natijasida sodir bo‘lgan foyda hisoblanadi. Masalan, ikkita korxona bir xil yerga ega bo‘lib, yerni olish bilan bog‘liq xarajatlar bir xil bo‘lishgan sharoitida birinchi yer transport tarmog‘iga yaqin bo‘lganligi uchun mahsulotni tashishga 10 mln. so‘m kam sarf qilinishi mumkin, ana shu 10 mln. so‘m uning 214
qo‘shimcha foydasi hisoblanadi. Iqtisodiy renta ishlab chiqarish omillari cheklanganligidan kelib chiqadi va u yoki bu ishlab chiqarish omiliga berish holatini bildirgan baho bilan shu omilning eng kam bahosi o‘rtasidagi farkdan iborat bo‘ladi.
Maksimal foyda bu, bir birlik qo‘shimcha mahsulotni sotishdan olingan daromadni shu bir birlik qo‘shimcha mahsulotga qilingan xarajat miqdori bilan bab- barobar kelishi natijasida olingan foyda. Shu holda rentabellikning eng yuqori darajasiga erishilgan bo‘ladi. Shunga ko‘ra, foydani maksimallashtirish degani, eng yuqori rentabellikni ta’minlash, deganidir.
Rentabellik sanoat va uning tarmoqlarining moliyaviy faoliyatini ifodalovchi muhim ko‘rsatkichlardan biri hisoblanadi. Ishlab chiqarish rivojlanishining samaradorligi va intensivligini baholashda amaliyotda rentabellik ko‘rsatkichlari tizimi keng qo‘llanib, unga ko‘ra foydaning miqdori belgilangan hisoblanadi. Boshqacha qilib aytganda, rentabellik daromadlilik, foydalilikni anglatadi. Biroq rentabellikni faqat daromadlilik deb qabul qilish uning iqtisodiy mazmunini keng ochib bermaydi. Ular o‘rtasida tenglikning yo‘qligidan daromad miqdori va rentabellik darajasi turli nisbatlarda, ko‘pincha turli yo‘nalishlarda o‘lchanishi dalolat beradi.
Istalgan muddat uchun iqtisodiy ko‘rsatkichlarni hisoblash ko‘plab turli xil omillar ta’siri ostida amalga oshiriladi.
Rentabellik va foyda ko‘rsatkichlarini tahlil qilishda ularga ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan barcha omillarni bilish, bu omillarning samaradorlikning umumlashtiruvchi ko‘rsatkichlariga ta’sirini hisoblash uslubiyatini egallash muhim ahamiyat kasb etadi. Bu omillarni boshqarish orqali korxonada daromadni oshirish zahiralarini izlab topish va rentabellikning talab qilinuvchi darajasiga erishish mexanizmini yaratish mumkin.
Rentabellik va foydaga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni turli xil belgilariga ko‘ra tasniflash mumkin. Masalan, bu omillar ichki va tashqi bo‘lishi mumkin. Ichki omillarga korxona faoliyatiga bog‘liq bo‘lgan hamda korxona faoliyatining turli yo‘nalishlarini tavsiflovchi omillar mansub bo‘ladi. Tashqi omillarga korxona faoliyatiga bog‘liq bo‘lmagan, biroq ishlab chiqarish rentabelligi va daromadning o‘sish sur’atiga sezilarli ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan omillar kiradi. Tahlil jarayonida ichki va tashqi omillarni aniqlash samaradorlik ko‘rsatkichlarini tashqi ta’sirlardan “tozalash” imkonini beradi hamda korxona yutuqlarini ob’ektiv baholashda muhim ahamiyat kasb etadi.
O‘z navbatida ichki omillar ham ishlab chiqarish va noishlab chiqarish omillariga bo‘linadi. Noishlab chiqarish omillari asosan mehnat va sotish sharoitlari, korxonaning tijorat, tabiatni saqlash va shu kabi faoliyat turlari bilan bog‘liq bo‘ladi. Ishlab chiqarish omillari esa foydaning shakllanishida ishtirok etuvchi ishlab chiqarish jarayonining asosiy elementlari - mehnat predmetlari va vositalari hamda mehnatning o‘zi - mavjudligi va ulardan foydalanishni aks ettiradi.
Xo‘jalik faoliyatini amalga oshirish jarayonida mahsulot ishlab chiqarish, sotish va foyda olish bilan bog‘liq bo‘lgan korxonalarda bu omillar o‘zaro aloqada va bir-biri bilan chambarchas bog‘liq bo‘ladi.
Rentabellikning mohiyatini faqat foyda shakllanishini tahlil qilish asosida ochib berish mumkin. Korxona mahsulotni sotish natijasida o‘z xarajatlarini 215
qoplashdan tashqari foyda ham olgan taqdirda rentabelli hisoblanadi.
Rentabellik ko‘rsatkichlari korxona faoliyati qanchalik foyda keltirishini ko‘rsatadi. Bu ko‘rsatkichlar moliyaviy hisobotning ichki va tashqi foydalanuvchilarda qiziqish uyg‘otib, korxona resurslaridan foydalanish samaradorligi hamda uning investitsiyalarni jalb qilish qobiliyatini aniqlaydi. Xususiy yoki qarzga olinuvchi kapitalning rentabelligi korxonaga mablag‘lar kiritishning rentabelligini tavsiflovchi asosiy ko‘rsatkichlardir. Bu ko‘rsatkichlarning iqtisodiy turlanishi (interpretatsiyasi) yaqqol ko‘zga tashlanadi: sarflangan har bir so‘m qarzga olingan (xususiy) kapitalga necha so‘m foyda to‘g‘ri keladi (hisob-kitoblarda korxonaning balans yoki sof foydasidan foydalanish mumkin).
Rentabellikni zamon va makon qoidalariga ko‘ra tahlil qilishda asosli xulosalarga kelish uchun zarur bo‘ladigan uchta xususiyatni inobatga olish zarur.
Birinchi xususiyat korxona faoliyatining vaqt jihati bilan bog‘liq. Masalan, mahsulotni sotish rentabelligi koeffitsiyenti hisobot davridagi faoliyat natijalari orqali aniqlanadi; uzoq muddatli investitsiyalarning yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan va rejalashtirilayotgan samarasi inkor qilinmaydi. Agar korxona katta miqdordagi investitsiyalar talab qiluvchi yangi texnologiyalar va yangi mahsulot turlarini ishlab chiqarishga o‘tadigan bo‘lsa, u holda rentabellik ko‘rsatkichlari vaqtinchalik pasayishi mumkin.
Ikkinchi xususiyat tavakkalchilik muammosi bilan bog‘liq bo‘lib, tavakkalchilik darajasi yuqori bo‘lgan loyihalar ba’zida katta foyda keltirishi ham mumkin.
Uchinchi xususiyat baholash muammosi bilan bog‘liq. Masalan, xususiy kapitalning rentabellik ko‘rsatkichi sur’ati va maxraji turli xil xarid qobiliyatiga ega bo‘lgan pul birligida keltiriladi. Ko‘rsatkichning sur’ati, ya’ni foyda o‘zgaruvchan (dinamik) bo‘lib, faoliyat natijalarini hamda tovar va xizmatlarning asosan o‘tgan yilda yuzaga kelgan bahosini aks ettiradi. Ko‘rsatkichning maxraji, ya’ni xususiy kapital bir qator yillar davomida shakllanadi. U joriy bahodan ancha farq qilishi mumkin bo‘lgan, hisobga olish bahosida aks ettiriladi. Demak, xususiy kapital rentabellik koeffitsiyentining katta bo‘lishi, doim ham korxonaga kiritilayotgan kapital qaytimiga mos kelavermaydi; moliyaviy qarorlarni qabul qilishda bu ko‘rsatkichni e’tiborga olishdan tashqari, korxonaning bozordagi bahosini (bozor kapitalizatsiyasi) ham inobatga olish zarur.
Sanoat korxonalari faoliyatining samaradorligini tavsiflovchi rentabellikning asosiy ko‘rsatkichlari quyidagicha:

  1. Aktivlar rentabelligi. (Ra):


Download 1,61 Mb.
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   122




Download 1,61 Mb.