-BOB. SANOAT ISHLAB CHIQARISHIDA BAHO VA BAHONI SHAKLLANTIRISH




Download 1,61 Mb.
bet117/122
Sana04.06.2024
Hajmi1,61 Mb.
#259972
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   122
Bog'liq
китоб Iqtisodiyotda tub burilish kechayotgan bir vaqtda iqtisodiyotni

14-BOB. SANOAT ISHLAB CHIQARISHIDA BAHO VA BAHONI
SHAKLLANTIRISH

14.1. Baho - bozor munosabatlarining iqtisodiy kategoriyasi
Baho kuchli ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor kategoriyasi bo‘lib, tovarlar ayirboshlanganda yuz beradigan munosabatlarni anglatadi. Oqilona, ilmiy jihatdan asoslangan baho va baholash iqtisodiyotning ilmiy va amaliy vositalaridan biri hisoblanadi.
Baho siyosati davlat iqtisodiy siyosati va iqtisodiy strategiyasining muhim ajralmas qismidir. Shu sababli ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotni jadallashtirishda, mehnatkashlarning tashabbusi va omilkorligini rivojlantirishda baho belgilash siyosati alohida o‘rin egallaydi. Bahoni ho‘jalik mexanizmi va o‘zini o‘zi pul bilan ta’minlashning ustuni deyish mumkin. Jamoaning va ayrim xodimning daromadlari, ular iqtisodiy manfaatlari narxning, ya’ni bahoning to‘g‘ri belgilanishiga bog‘liq.
Baho bamisoli barometr kabi bozor holatini ko‘rsatib turadi, u pasayib ketsa, tovar bozori kasodga uchraydi, tovar nafsiz bo‘lib, uni boshqa tovar bilan almashtirish yoki sifatini yaxshilash zarurligi kun tartibiga qo‘yiladi.
Baho pul muomalasi holati, kreditlash samaradorligi va iqtisodiyotning moliyaviy sog‘lomligi bilan bog‘liq. Davlatning, korxonalar va ularda ishlovchilarning, umuman, aholining o‘zaro bog‘lanishi baho yordamida amalga oshiriladi, ijtimoiy resurslardan foydalanish ta’minlanadi, yalpi ichki mahsulotni hisobga olish va taqsimlash amalga oshiriladi. Bahoni tovar qiymati belgilaydi, ammo bozor iqtisodiyoti sharoitida u aniq qiymatdan yuqori yoki kam bo‘lishi mumkin. Bu esa, bozordagi o‘sha mahsulotga bo‘lgan talab va taklifga bog‘liq. Tovar bahosining darajasi, shuningdek, tovarning ijtimoiy foydaliligi darajasi va boshqa tovarlar o‘rnini bosa olishi, muomaladagi pulning xarid quvvatiga ham bog‘liq bo‘ladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida baho yordamida korxonalar ishlab chiqarishini tashkil etishning asosiy muommolaridan biri, nima ishlab chiqarish foydali ekanligini hal etishdir. Baho tovar taklifi, aholining to‘lov qobiliyati, ishlab chiqarish resurslarining oshib yoki kamayib ketishi to‘g‘risida korxona egalariga axborot beruvchi vosita hamdir. Bahoning yana bir vazifasi qiymat o‘lchovidir.
Nazorat jihatdan olib qaralganda, baho-tovar qiymatining puldagi ifodasidir. Amaliy jihatdan qaralganda esa, baho-muhim iqtisodiy vosita, dastak hisoblanadi.
Bunda qilingan xarajatlar va olingan natija ma’lum bir narx yordamida hisob-kitob qilinadi.
Ma’lumki, qiymat ishlab chiqarish kategoriyasi bo‘lib, ishlab chiqarishdagi mehnat sarflanishi bilan bog‘liq munosabatlarni ifoda etadi. Tovarning yaratilishida moddiylashgan va jonli mehnat sarf etiladi. Ularning majmuasi - qiymatdir. Ammo qiymat har qanday mehnat sarfi emas. Qiymat tovarni yaratishga ketgan ijtimoiy zarur mehnat sarfi, aniqrog‘i, ehtiyojni qondira olgani sababli bozorda tan olingan mehnat sarfidir, chunki mehnatning bir qismini, agar u kerakli bo ‘lmasa, bozor inkor etadi va shu qismi qiymatni yaratishda ishtirok etmaydi. Muayyan baho sharoitida ko ‘proq foyda olish uchun xarajatlarni kamaytirish zarur.
Baholar tovar-pul munosabatlari muomalasining shakli va sotiladigan 222
mahsulot turiga ko‘ra farqlanadi. Bahoning turlari bir-biri bilan o‘zaro bog‘liq bo‘lib, ular yagona tizimni tashkil etadi. Mazkur tizimning muhim elementlari quyidagilardir:

  • ulgurji baholar. Ular firmalar o‘z mahsulotlarini katta hajmda boshqa

firmalarga yoki vositachilarga va ulgurji savdo tashkilotlariga sotayotganlirida qo‘llaniladi. Ulgurji baho korxonalarga ishlab chiqarish xarajatlarini qoplashni, zarur foyda olishni ta’minlanishi zarur;

  • chakana baholar. Ulardan tovarlarni bevosita iste’molchilarga

sotishda foydalaniladi. Bu baholarga davlat savdosi, xususiy shaxsiy mulk egalari do ‘konlari va bozorda yuzaga kelayotgan baholar kiradi. Chakana baho darajasi aholining peal daromadlari bilan belgilanadi.
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   122




Download 1,61 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-BOB. SANOAT ISHLAB CHIQARISHIDA BAHO VA BAHONI SHAKLLANTIRISH

Download 1,61 Mb.