• 2.1.2. Amaliy ishning xajmi va amalga oshirish grafigi.
  • Infokommunikatsiya elektr ta’minoti tizimlarini hisoblash va loyihalash tamoyillari




    Download 5,62 Mb.
    bet3/6
    Sana19.12.2023
    Hajmi5,62 Mb.
    #124256
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    elektr-3a
    asalarichilik 1, 1 МАЪРУЗА СИРТКИ, UCHINCHI RENESSАNS DАVRIDА TА, 2 пораграф, 6 ish, 112560, Fayllarni boshqarish tizimlari-www.fayllar.org (2), Strukturalash Axborotlarni, s, гули (2)-Model, Delo yuzi, Denov Б блок (ЭО)-Model 1211222, Цена на светодиодные LED лампы и светильники в Ташкенте Прайс-лист Kabel.uz
    2.1.1 Ishning mazmuni.
    Hisoblash ishlari (kompleks topshiriq, kurs ishi va loyihasi, amaliy hisob-kitob) quyidagi ish hajmini nazarda tutadi.

    1. O‘zaruvchan tokning uzluksiz elektr ta’minoti tizimini hisoblash. Amalga oshirilgan hisob-kitoblarga asoslanib uzluksiz o‘zgaruvchan tok elektr ta’minotini tizimini tanlash amalga oshiriladi.

    2. O‘zgarmas tokning uzluksiz elektr ta’minoti tizimini hisoblash. Amalga oshirilgan hisob-kitoblarga asoslanib akkumulator batareyalarini va to‘g‘rilagich qurilmasini tanlash amalga oshiriladi.

    3. Korxona tomonidan iste’mol qilinadigan umumiy quvvatni hisoblash.

    4. Quvvat koeffitsienti korrektorini tanlash.

    5. Himoyalovchi yerga ulash qurilmasini hisoblash. .

    6. Himoya avtomatini tanlash.

    7. 1 - 6 gacha bo‘lgan bandlarni bajarish natijalari bo‘yicha tanlangan uskunalarni ko‘rsatltgan holda infokommunikatsiya elektr ta’minoti tizimining funksional sxemasini tuzish.

    Nazorat hisoblash ishlarini, talabalarning mustaqil ishlari uchun hisob-kitoblarni, amaliy mashg‘ulotlarda hisob-kitoblarni bajarishda sillabusda keltirilgan amaliy mashg‘ulotlarni umumlashtirib bajarish bilan cheklanish mumkin.
    Hisoblash uchun boshlang‘ich ma’lumotlar (variantlar) 2.1.4-banddan tanlanadi. Amaliy ishning natijasi elektr ta’minoti tizimining funksional sxemasi va tanlangan qurilmalar hisoblanadi.
    2.1.2. Amaliy ishning xajmi va amalga oshirish grafigi.
    Hisoblash ishlari 2 ta modul uchun mo‘ljallangan. Ish jadvali xar haftada bir marta o‘tkaziladigan amaliy mashg‘ulotlar jadvali bilan chambarchas bog‘liq. Hisoblash ishlari har bir modul bo‘yicha 5 ta amaliy mashg‘ulotga mo‘ljallangan.
    Ikkinchi modulda 1-3 gacha bo‘lgan bandlari bajariladi. To‘g‘ri bajarilgan amaliy ish (talabaning o‘ziga berilgan variantining hisobi, hisob-kitoblarni to‘g‘ri bajarilish, tushuntirish yozuvlari mavjud bo‘lsa) himoyasiz qabul qilinib kredit belgilanadi va uchinchi modulga ruxsat beriladi.
    Uchinchi modulda 4 dan 7 gacha bo‘lgan bandlar bajariladi. Amaliy ish uchun ikkinchi modulda qo‘yilgan talablar ketma-ketligi asosida uchinchi moduldagi amaliy ish tekshiriladi va himoyaga ruxsat beriladi. Butun ishni himoya qilish natijalari asosida kredit belgilanadi.
    Amaliy ishni bajarishning taxminiy jadvali 2.1-jadvalda ko‘rsatilgan.
    2.1-jadval
    Hisob-kitob ishlarini bajarish jadvali.

    Darslar №

    Amaliy dars mavzusi

    Ish holati

    2-modul

    1

    Topshiriqni taqdim qilish. Infokommunikatsiya elektr ta’minoti tizimi

    Amaliy ish mohiyatini tushunib yetish

    2

    O‘zaruvchan tokning ( ) uzluksiz elektr ta’minoti tizimi

    Dastlabki ma’lumotlar tanlanadi va o‘zgaruvchan uzluksiz elektr ta’minoti tizimi hisoblanadi (2.1.1 ning 1-2 bandlari).

    3

    O‘zgarmas tokning ( ) uzluksiz elektr ta’minoti

    2.1.1 ning 1-2 bandlaridagi hisob-kitoblarda xatolar bartaraf yetiladi.

    4

    O‘zgarmas va o‘zgaruvchan toklarining elektr energiyasi iste’molchilarining parametrlari.

    Infokommunikatsiya korxonasining umumiy iste’mol quvvati hisoblab chiqiladi. 2.1.1 bo‘limning 1-, 2- va 3- bandlarining hisob-kitoblaridagi xatolar bartaraf etiladi

    5

    Baholash darsi.

    Hisob-kitoblaridagi xatolar bartaraf etiladi. Keyingi modulga ruxsat beriladi

    3-modul

    1

    Reaktiv quvvatni kamaytirish qurilmalari.

    Quvvat koeffitsienti korrektori tanlanadi. 2.1.1 ning 4- bandi

    2

    Ishchi va xodimlarni elektr tokidan himoya qilish qurilmalari.

    2.1.1 ning 4- bandidagi xatolar bartaraf etiladi, Himoyalovchi yerga ulash qurilmasi hisoblanadi

    3

    Elektr energiyasini hisobga olish va tarqatish qurilmalari.

    2.1.1 ning 4- va 5- bandlaridagi xatolar bartaraf etiladi Himoya avtomati tanlash amalga oshiriladi

    4

    Elektr ta’minoti tizimlarining ishlash xususiyatlari. Ekspluatatsiya qilish.

    Tekshirish uchun taqdim etish.

    5

    Baholash darsi.

    Amaliy ish himoya qilinadi.




    Download 5,62 Mb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 5,62 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Infokommunikatsiya elektr ta’minoti tizimlarini hisoblash va loyihalash tamoyillari

    Download 5,62 Mb.