13
To‘xtatish shartli operatori – wait..until bloki
wait..until bloki dasturda operator bajarilishini
shartli ravishda
to‘xtatib turish uchun qo‘llaniladi. Dasturning keyingi
operatorlari mana shu blokda ko‘rsatilgan shart bajarilganidan
keyingina ishga tushadi. Bu blokda
ham boshqa tarmoqlanish
bloklari singari mantiqiy ifoda (ibora)larni kiritish uchun alohida
joy mavjud. Bu blok davomiyligi sekundlar bilan emas,
balki
to‘xtash
(pauza) vazifasini bajaruvchi mantiqiy
shartning bajarilishi bilan belgilanadi. Blok, uyga kirish uchun
eshik qulfining kaliti kerak bo‘lgani kabi,
belgilangan shart
boshlanishidan oldin skriptning bajarilishini to‘xtatib turadi.
• ma’lum bir hodisani kutishda;
• zarur o‘zgaruvchi yoki ro‘yxat
qiymatini kutishda.
Blok algoritmda quyidagi holatlar mavjud bo‘lganda foydalaniladi:
AMALIY MASHG‘ULOT
1
Dasturni ishga tushiring va “Jonlar soni” deb nomlangan o‘zgaruvchini yarating.
2
Sahnaga spraytlar kutubxonasidan “Magic wand” nomli spraytni
joylashtiring. “Costumes” sahifasiga o‘ting va
sehrli tayoqcha uchlarini
qizil rangga bo‘yang.
Spraytni to‘liq nusxalang (buning uchun dastlab “Ctrl + A”, keyin
“Ctrl + C”ni bosing) va uni mushuk qo‘liga sehrli tayoqcha sifatida
joylashtiring (“Ctrl + V”ni bosing) [sehrli
tayoqcha nusxasini mushuk
kostyumlariga (spraytga emas!) qo‘shing]. Dasturda mushukning faqat
bitta kostyumi ishlatiladi, shuning uchun sehrli tayoqcha 1-kostyumga
o‘rnatilsa kifoya.