• I BOB. DASTURLASH TEXNOLOGIYASI. OBYEKTLARNI BOSHQARISH
  • Informatika 6 va axborot texnologiyalari respublika ta’lim markazi Sotuvga chiqarish taqiqlanadi rmkj




    Download 41.28 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet7/110
    Sana01.11.2022
    Hajmi41.28 Mb.
    #28720
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   110
    Bog'liq
    6-informatika
    Qudratov Doniyor, 2-сонли буйруқ НАМУНА (2), O`ZBEKISTON VA YUNESKO ALOQALARI TARIXI, Документ DOCX, Academic 201-208 (2), 1-Axborot-tizimlari-2013-oquv-qollanma-R.X.Alimov-va-bosh, 15, Заявление LabVIEW СамГУ, Operatsion tizimlarda axborot xavfsizligi tushunchasi, Choriyev Erali, xZp7RBDvRoQXmuQe9kODvNr9SvpowZ1WqWmbVfib, 1. Round Table Program (2), E\'lon Oltoy, 166-169
    TAYANCH TUSHUNCHALAR
    Tarmoqlanuvchi struktura, odatda, 
    qandaydir mantiqiy shartni
     
    tekshirish blokini
    o‘z ichiga oladi. 
    Mantiqiy shartni tekshirish natijasiga 
    ko‘ra, tarmoq
    deb ataluvchi u yoki bu 
    amallar ketma-ketligi bajariladi. 
    Tarmoqlanuvchi algoritmlar – 
    muayyan shartlarga muvofiq 
    bajariladigan harakatlar ketma ketligi.
    Berilgan shartning bajarilishiga qarab, tarmoqlanuvchi 
    struktura ko‘rsatilgan tarmoqdan faqat bitta amalning 
    bajarilishini ta’minlaydi. Berilgan shart – P romb ichiga yoziladi. 
    Dastur mantiqiy shartning bajarilish yoki bajarilmasligiga qarab 
    tarmoqlanishi mumkin. Agar dasturda shart bajarilsa, “ha” 
    tarmog‘i bo‘yicha A amal, aks holda, ya’ni shart bajarilmasa, 
    yo‘q” tarmog‘i bo‘yicha B amal bajariladi.
    Muayyan shartlarga muvofiq ayrim buyruqlar to‘plamini amalga oshirish kerak bo‘lganda, 
    tarmoqlanish bloklaridan foydalaniladi. Aynan tarmoqlanuvchi jarayonlarga doir dasturlashda 
    ma’lumotlarning mantiqiy toifalaridan foydalaniladi. Mantiqiy toifa ikki xil qiymatni qabul qilishi 
    mumkin: “ha” (true/rost) va “yo‘q” (false/yolg‘on).
    Scratch dasturining “Control” bo‘limiga tegishli if..then va if..then..else bloklari bilan tanishib 
    chiqamiz.
    P shart
    A amal
    ha
    yo‘q
    B amal


    I BOB. 
    DASTURLASH TEXNOLOGIYASI. OBYEKTLARNI BOSHQARISH
    10
    – chapdagi qiymat o‘ngdagi qiymatdan kichik;
    – chapdagi qiymat o‘ngdagi qiymatdan katta;
    – ikkalasi teng;
    – mantiqiy ko‘paytirish (konyunksiya) amali: bir vaqtning o‘zida ikkala 
    mantiqiy ifoda yoki o‘zgaruvchining qiymati rost;
    – mantiqiy qo‘shish (dizyunksiya) amali: kamida bitta mantiqiy ifoda 
    yoki o‘zgaruvchining qiymati rost (ikkalasi ham rost bo‘lishi mumkin);
    – mantiqiy inkor (inversiya) amali: mantiqiy ifoda yoki o‘zgaruvchining 
    qiymati rost bo‘lsa – yolg‘on, yolg‘on bo‘lsa – rost.
    Shart natijasi “rost” qiymatni qabul qilsa, blokning ichida 
    joylashgan operatorlar bajariladi, aks holda, dasturning 
    bajarilishi shartli operator blokidan keyingi operatorlarga 
    uzatiladi. 
    Bu turdagi bloklarga maxsus turdagi mantiqiy ifodalardan 
    foydalanuvchi qo‘shimcha blokni kiritish mumkin. Bunday 
    bloklar yordamida mantiqiy ifodalar, qandaydir (masalan, 
    “Sichqoncha tugmachasini bosdingizmi?”, “Tashqarida 
    yomg‘ir yog‘yaptimi?” yoki “15 * 2 = 36 tenglik to‘g‘rimi?” kabi) savollar “so‘raladi”. Berilgan savolga 
    “yo‘q, bilmayman” yoki “o‘ylashim kerak” kabi javoblar berilishi mumkin emas. Savollarga faqat va 
    faqat “ha” yoki “yo‘q” tarzida javob berilishi lozim.
    Shuningdek, blok ichida so‘roq tarzidagi iboralardan foydalanilmasligi, balki shunchaki “rost” yoki 
    “yolg‘on”ligi tasdiqlanadigan ifoda (ibora)lar bo‘lishi ham mumkin. 
    Masalan, “15 * 2 = 36”, “16 + 3 < 25”.
    Mantiqiy ifodada ishtirok etadigan bloklar bitta bo‘limga tegishli bo‘lmasligi ham mumkin. Ularni 
    “Sensing” va “Operators” bo‘limlariga tegishli bloklar orasidan topish mumkin. Biz ushbu bo‘limga 
    tegishli ayrim bloklardan avvalgi darsimizda ham foydalangan edik. 

    Download 41.28 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   110




    Download 41.28 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Informatika 6 va axborot texnologiyalari respublika ta’lim markazi Sotuvga chiqarish taqiqlanadi rmkj

    Download 41.28 Mb.
    Pdf ko'rish