5
Boshlash
nondan bir bo‘lak
kesib olamiz
nonga sariyog‘ surtamiz
pishloqni non ustiga qo‘yamiz
pishloqdan bir bo‘lak kesib olamiz
tugatish
1-dars. SСRATCH MUHITIDA CHIZIQLI DASTURLAR
TUZISH
Aziz o‘quvchilar! Sizlar 5-sinf “Informatika
va axborot texnologiyalari” darsligi
yordamida Scratch dasturlash muhitida
spraytlar
bilan ishlash, sodda animatsiya
dasturini yaratish, spraytlar liboslarini
almashtirish,
ovoz va matn bilan
ishlash, shakl va sodda multfilmlar
yaratish bo‘yicha dastlabki ko‘nikma va
malakalarga ega bo‘lgan edingiz. Endi esa
chiziqli, tarmoqlanuvchi va takrorlanuvchi
algoritmlarga
doir dasturlar tuzish, grafik
muharrir yordamida yangi spraytlar
hosil qilish, murakkab animatsiyalar, ko'p
sahnali multfilmlar va kompyuter о‘yinlarini
yaratishni o‘rganasiz.
Chiziqli algoritmlarda barcha buyruqlar
ketma-ketlikda amalga
oshiriladi.
Odatda, chiziqli algoritmlarning dastur shaklida yozilishi
chiziqli
dastur deb ataladi.
Chiziqli dasturda barcha operatorlar ketma-ketlikda, ya’ni
joylashgan tartibi bo‘yicha bajariladi va hech qanday shart
tekshirilmaydi.
O‘zgaruvchilar dasturlash uchun
juda muhim tushunchalardan
biri hisoblanadi. Dastur o‘zi ishlatadigan ma’lumotlarni saqlash
imkoniyatiga ega bo‘lishi lozim. Dastur kompyuter xotirasida
saqlanadigan ma’lumotlarga murojaat qiladi hamda ulardan
foydalanadi. Aynan mana shu jarayon uchun o‘zgaruvchilar va
o‘zgarmaslar deb nomlanadigan tushunchalardan foydalaniladi.