Barcha ishlab chiqarish bo’linmalarida, xom ashyo va tayyor maxsulot
omborxonalari ma’muriy va boshqa yordamchi binolar hamda inshootlar dastlabki
yong’inni o’chirish vositalari bilan ta’minlangan.
Ventilyasiya tizimi yong’indan darak beruvchi signalizatsiya bilan
birlashtirilgan va (SNIP 2.04.02 84., GOST 12.2.2002.89, SNiP 2.04.09.07)
bo’yicha o’rnatilgan.
Bino va yong’in suv manbalari yo’lkalari hamda yong’in
vositalari va
uskunalariga boradigan yo’lkalar doimo bo’sh bo’lishi ta’minlangan, binolar
oralig’idagi yong’inga qarshi masofa uzulmalarida materiallar,
uskunalar, bo’sh
idishlar taxlashga ruxsat etilmaydi.
Korxonada yong’inga qarshi suv ta’minoti SNIP-2.04.02.86 ga asosan
belgilangan. Katta miqdorda suv saqlaydigan suv havzasi mavjud.
O’tni o’chirish birlamchi vositalaridan xarakatlanadigan, qo’lda ishlataligan
o’t o’chirgichlar, gidropulpalar, chelak, suvli bochka, belkurak, qumli yashik, asbest
yopgich, namat va boshqa yonmaydigan buyumlari mavjud.
Yong’in haqida tez xabar berish uchun yuqori havfli hisoblangan texnologik
uskunalarda, ishlab chiqarish binolarida, omborlarda
darakchi vositalari SNIP-
2.04.02-84, GOST 12.2.2002.89 ga asosan o’rnatilgan. Bu vositalar yonayotgan
manba, joyini o’z vaqtida aniqlashga yordam beradi.
Korxonada ko’ngilli o’t o’chirish drujinasi tashkil qilingan.
Yashinning yer ustidagi inshoot, qurilmalarga to’g’ri
urilishi buzilishga,
yonuvchi modda va materiallarni alangalanishiga olib keladi. Yashinni ikkilamchi
ta’siri, himoyalanuvchi bino va inshootlarni metall konturiga yashin urilish vaqtida,
zaryadlarni elektrostatik va elektromagnitli induksiyalanishi bilan boradi. Natijada,
uchqunlanish bilan bog’liq havfli vaziyat vujudga keladi. Shu sababli yashinda
ximoya choralari SNIP 2 .01.03 96, SNIP 2.01.02.85 ga asosan ko’rilgan.