5. ATROF MUHIT MUHOFAZASI




Download 2,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/28
Sana02.12.2023
Hajmi2,01 Mb.
#109481
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   28
Bog'liq
BMI OCHILOV FIRDAVS

 


50 
5. ATROF MUHIT MUHOFAZASI. 
Ishlab chiqarish korxonalarining ko’payishi atrof muhitning ifloslanishiga, 
turli ekologik muammolarning kelib chiqishiga sabab bo’lmoqda. Oxirgi yillarga 
kelib atrof muhitni muhofaza qilish insoniyat oldidagi eng dolzarb muammolardan 
biriga aylanib qoldi. Chunki, ichlab chiqarish rivojlanb borayotgan bir vaqtda turli 
xil tarmoqlar kengayib bormoqda. Aholi soni o’sib borgani sari ishlab chiqarish 
korxonalarining soni ham ortib bormoqda. Shu sababli bu muammoga global 
maummo sifatida e’tibor qaratib kelinmoqda. 
O’zbekistondagi mavjud quydagi ekologik muammolar mavjud.
1. Yerning cheklanganligi va yuqori darajada sho’rlanganligi.
2. Yer usti va yer osti suvlarining tansiqligi va ifloslanganligi
3. Orol dengizini qurib borishi.
4. Atmosferaming ifloslanishi. 
Bu muammolarni hal qilish uchun davlat miqyosida ko’p ishlar amalga 
oshirilmoqda. Jumladan, “Atrof muhitni muhofaza qilish” haqida (1992 yil, 19 
dekabr), “Suv va suv resurslaridan oqilona foydalanish” haqida (1993 yil, 6 may), 
“Atmosfera havosini muhofaza qilish” haqida (1996 yil, 27 dekabr), “Chiqindilar” 
haqida (2002 yil, 5 aprel) qonunlar qabul qilindi. Ushbu qonunlarni ijrosimi nazorat 
qilishni ta’minlash uchun O’zbekistonda mavjud ekologik harakat azolaridan 15 
kishi Oliy majlisga deputat etib saylandilar. Neft va gazni qayta ishlash korxonalari 
atmosferaga uglevodorodlar, vodorod sulfid, oltingugurt (IV) –oksidi, uglerod 
oksidlari, azot birikmalarini tashlaydilar. Havoga chiqindilar maxsus gazlarni yig’ib 
tashkil qilingan manbadan jihoz va moslamalarning germetigini buzilishi, ishlab 
chiqarish texnologiyasining buzilishi hisobiga tarqalishi mumkin.
Atmosfera havosini changdan tozalash uchun quydagi usullar qo’llaniladi:
1. Gravitasion
2. Quruq inversion va markazdan qochma kuch ta’sirida tozalash. 
3. Filtrlash. 
4. Xo’llash. 
5. Elktrostatik. 


6. Tovush va ultratovush yordamida koagullash. 
Havoni zararli gazlardan tozalash uchun quydagi usullar qo’llaniladi. 
1. Absorbsion
2. Adsorbsion
3. Katalitik
4. Termik
Sanoat korxonalarida turli maqsadlardan suvdan foydlanish natijasida ko’p 
miqdorda sanoat va maishiy oqova suvlar hosil bo’ladi. Ularni tozalash uchun 
quydagi usullar qo’llaniladi: 
1. Mexanik, tindirish, cho’ktirish, sizib olish. 
2. Fizik- kimyoviy: koagulyatsiya, flokulatsiya, flotatsiya, reagent qo’shish, ion 
almashtirish.
3. Kimyoviy. 
3.1. Regenerativ: haydash, adsorbsya, rektifikatsiya, ekstraksiya. 
3.2. Destruktiv: oksidlash, termooksidlash 
4. Biokimyoviy. 
4.1 
Tabiiy sharoitda- aerobli. 
4.2 suniy sharoitda-anaerobli. 
Xosil bo’ladigan qattiq chiqindilarni qayta ishlash uchun quydagi usullar 
qo’llaniladi
1. Mexanik
2. Mexanik-termik 
3. Termik
O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 55-moddasiga binoan yer osti 
boyliklari suv, o`simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy tahiralar umum 
milliy boylikdir. Bulardan oqilona foydalanish zarur va ular daxlat muhofazasida 
deb ta`kidlangan. Konstitutsiyaning 50-moddasida esa “Fuqarolar atrof tabiiy 
muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo`lishi zarur” deyiladi.
1993-yil 9-dekabrda O`zbekiston oily majlisi tomonidan qabul qilingan. 


52 
Tabiatni muhofaza qilish to`g`risidagi qonuning 4-moddasida qanday 
mutaxassis tayyorlashdan qatiiy nazar barcha o`rta va oily o`quv yurtlarida 
o`qishning majburiyligi belgilab qo`yilgan. 
Atrof –muhitning huquqiy normalari turlaridan biri qonun kuchiga ega bo`lgan 
texnik normalar va standartlardir. 
Tabiatni muhofaza qilish qonunini buzgan shaxslarga nisbatan jinoiy 
javobgarlik O`zbekiston Respublikasi jinoyat kodeksi bilan tartibga solinadi. 2002-
yil 5-aprelda O`zbekiston Respublikasi oliy majlisi “Chiqindilar haqida” qonun 
qabul qilindi. Qonunga asosan tashlanayotgan chiqindilar miqdori kamaytirishga 
qaratilgan. Atmosfera havosini ifloslantiruvchi manbalarga asosan sanoat 
korxonalari issiqik elektrostansiyalari va boshqalar kiradi. 
Majmuada atrof-muhit muhofazasi sohasida ishlarni tashkil etishning asosiy 
yo`nalishlari loyihaviy hujjatlardayoq bayon etilgan edi. Korxona foydalanishga 
topshirilmasdan avvalroq qurilish maydonlari atrofida Respublika Vazirlar 
Mahkamasiningbir qator Qarorlariga binoan yashil o’rmonzorlarni barpo etish 
ishlari boshlab yuborilgan edi. 
Hozigi kunda korxonaning atrof-muhitga ta`siri ustidan to`laqonli kuzatuv 
ishlarini olib borish uchun tarkibida Ekoanalitik labaratoriyaga ega bo`lgan atrof- 
muhit muhofazasi bo`limi tashkil etilgan. Mazkur labaratoriyaning davriy sinovi 
O`zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish Davlat qo`mitasi tarkibidagi 
Analitik Nazoratga Ixtisoslashgan davlat Inspeksiyasi tomonidan ijobiy baholanib 
kelmoqda. 
Atrof-muhit holatining nazorati quyidagi yo`nalishlarda olib borilmoqda: 
ishchi hududlaratmosfera havosi tahlili va atmosferani ifloslovchi manbalar tahlili, 
oqava suvlarni tozalash ishlarining samaradorligi tahlili, ishlab chiqarish va iste`mol 
chiqindilari bilan tuproqning ifloslanish holti tahlillari. Atrof-muhitga ta`sirini 
baholash ishlarini o`z vaqtida bajarish uchun mavjud ko`chma avtolabaratoriya 
“Intereng Messtechnik”(Germaniya) kompaniyasi tomonidan zamonaviy uskunalar 
bilan jihozlangan bo`lib, ular yordamida atmosfera havosi tahlillari (5 ta modda), 
oqova suvlar tahlillari( 15 ta modda) va tuproq tahlillari(4 ta modda) bajariladi. 


Mazkur uskunalar tahlillari bajarishda zarur bo`lgan uskunalar ishlab chiqarishda 
hozirgi kunda ilg`or kompaniyalar “Draeger” , “Fisher” , “Hach” , “Perkin Elmer” , 
“Accuro” , “Bacharach Inc” , “Mettler Toledo” kabilarga tegishlidir. 
Korxonaning sanitari-himoya hududida joylashgan ishchilar shaharchasida 
atmosfera havosini nazorat qilish uchun “Thermo Environmental Instruments” 
(AQSH) firmasi tomonidan ishlab chiqilgan uskunalar majmuasi bilan jihozlangan 
labaratoriya uzliksiz ishlab turibdi. Mazkur uskunalar atmosfera havosi tarkibidagi 
CO
2
, H
2
S, CO, NO, NO
2
gazlar miqdorini ishlab chiqarish soatlari davomida aniqlab 
boradi. 
Atmosfera havosiga tashlanadigan chiqindi gazlarini kislotali komponentlardan 
tozalash uchun majmuada kislotali gazlarni to`g`ridan-to`g`ri oksidlash orqali 
oltingugurt olishga mo`ljallangan qurima uzliksiz ishlab turibdi.
Sho`rtan gaz kimyo majmuasida barcha turdagi oqava suvlarni oxirigacha 
tozalash imkonini beruvchi qurilmalar mavjud. Sanoat va maishiy oqava suvlari 
mexanik, fizikkimyoviy va biologic tozalashdan o`tkazilgandan so`ng , yuqori suv 
o`tlari ekilgan biologik hovuzda oxirigacha tozalash uchun beriladi, bu suv o`tlari 
boiologik filtrlar vazifasini bajaradi. 
Integratsiyalashgan Boshqaruv Tizimini tatbiq etish doirasida 2010 yildan 
boshlab Ekologik Boshqaruv Tizimi joriy etildi, buning uchun avvalo majmuaning 
bir qator xodimlari xalqaro mutaxassislar ishtirokidagi treninglarda qatnashishdi. 
Ekologik Siyosat va ekologik boshqaruv sohasidagi maqsad va vazifalar , mazkur 
tizimni tatbiq etish va faoliyat yuritishini ta`minlashga qaratilgan chora-tadbirlar 
ishlab chiqilib, amalga oshirilmoqda. Bundan tashqari ustuvor ekologik aspektlar va 
ularning ta`sirlari aniqlab, ular ustidan uzluksiz nazorat o`rnatiladi. 
Tatbiq etilgan ekologik boshqaruv tizimi amaldagi ISO 9001:2008 va OHSAS 
18001:2007 standartlari asosidagi Sifat va Xavfsizlik tizimlari bilan birgalikda 
integratsiyalashtirigandan so`ng 2010 yil oxirida Germaniyaning TUV Thuringen 
sertifikatlashtirish organi tomonidan o`tkazilgan audit bo`yicha muvaffaqiyatli 
sertifikatsiyadan o`tdi. 
Korxonada O`zbekiston Respublikasining tabiatni muhofaza qilish sohasidagi 


54 
qonunchilik talablarining hamda ISO 14001 xalqaro standartida belgilangan 
talablarning bajarilishini ta`minlash uchun barcha zarur shart-sharoitlar mavjud. 
Ekologik boshqaruv tizimining samaradorligi va foydaliligini yaxshilash bo`yicha 
ishlar to`xtab qolgani yo`q. Hozigi kunda 2012 yildan boshlab xom-asyo gazi 
tarkibida ortish ikutilayotgan kislotali koponentlarni to`liq tozalashni amalga 
oshirishni ta`minlash uchun oltingugurt olish qurilmasini takomillashtitish ishlari 
boshlab yuborilgan Qo`zg`almas va ko`chma manbalardan tashlanadigan ifloslovchi 
moddalardan atrof-muhitga bo`ladigan antropogen ta`sirni kamaytirish maqsadida 
yashil o`rmonzorlarni barpo etilgan hududlarni suv resurslarini iqtisod qilishga 
imkon beruvchi tomchilatib sug`orish tizimi yordamida kengaytirsh ishlari amalga 
oshirilmoqda.
Biz ko’rib chiqqan Sulfat kislota ishlab chiqarish jarayonida quyidagi 
chiqindilar tashlanadi: 
Ishlab chiqarish jarayonida CO
2
, H
2
S bor bo’lgan nordon gazlari chiqadi. 
Ushbu gazlarni havoga tushushini oldini olish uchun biz adsorbsion usulni 
qo’llashni taklif etamiz. Ushlab olingan gazlarni desorbsiya qilib, so’ng kerakli 
joyga xom-ashyo sifatida foydalanish uchun beriladi. 
5.1-jadval. Atmosfera havosiga tashlanayotgan chiqindilar 

Download 2,01 Mb.
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   28




Download 2,01 Mb.
Pdf ko'rish