4.4. Elektr manba tizimlarini loyihalash bayoni
Elektr manba tizimi manbasini asboblarni normal ishlashini ta’minlovchi
kuchlanish va quvvatiga mos ravishda tanlanadi. Odatda, o‘lchov
asboblariga
berilayotgan manbaning o‘zgarishi nominal qiymatdan -5÷+10% ga ruxsat beriladi.
Ta’minlash va taqsimlash tarmog‘larining boshqarish va ximoyalash
apparatlarini (rubilniklar, avtomatlar, qisqa tutashdan saqlagichlar) manba shchitlari
va yig‘ilmalariga joylashtiriladi.
Elektr yuritmalari va asboblar yuklamalari nisbatiga qarab,
elektr
yuritmalarga manbani alohida (elektr yuritmalar quvvati yuqori bo‘lganda) yoki
birga bitta manba shchiti va yig‘ilmasidan amalga oshirish mumkin.
Manba tarmog‘ini loyihalash quyidagilarni o‘z ichiga oladi: Kuchlanishni,
faza va simlar sonini va manba tarmog‘i konfiguratsiyasini tanlash;
rezerv
masalasini hal qilish; boshqarish va himoya apparatlarini joylashtirish.
Elektr manba tizimlarida odatda uch fazali o‘zgaruvchan tok (380/220v
kuchlanishli yoki 220/127v ham bo‘lishi mumkin) qo‘llaniladi.
Manba tarmog‘i uchun fazalar va simlar sonini ushbu tizimdagi
avtomatlashtirish vositalari va asboblari turiga qarab tanlanadi.
Elektr manba tizimlarida boshqarish apparatlari sifatida rubilniklar,
paketli
o‘chirgichlar tumblerlar ishlatiladi. Avtomatlar boshqarish va himoya funksiyalarini
barobar bajaradilar.
Saqlagichlar tarmoq va aloxida elektr qabul qiluvchilarni qiqsqa tutash va
ortiqcha yuklamalardan ximoya qilish uchun ishlatiladi. Saqlagichlili rubilniklar
avtomatlardan sodda va arzon bo‘ladi. Bu apparatlar
manbasi ulangan joyda va
shchit va avtomatlashtirish tizimlarining manba yig‘inmalarga kirishda o‘rnatiladi.
Kuchlanishni tanlash manba tarmog‘ini loyihalashdagidek. Shchitlarni
statsionar yoritish uchun 220v kuchlanishdan foydalaniladi. Shkafli shchitlarda tor
joyda ishlarni bajarishda 36v yoki 12v kuchlanishdan foydalaniladi. Ba’zi
asboblarga manba transformatorlar orqali beriladi. Taqsimlash tarmog‘ida
ko‘pincha paketli o‘chirgchilar, saqlagichlar ishlatiladi. Avtomatlar qisqa tutashish
toklariga sezgir bo‘lsa qo‘llaniladi.
40
Agar asbobning o‘zida o‘chirgich va saqlagichlari bo‘lsa, unda unga himoya
va boshqarish apparatlari o‘rnatilmaydi.
Manba tarmog‘i chizmasida himoya va boshqarish apparatlari ko‘rsatiladi.
Apparatlar alohida harf-raqam belgilanish, kuchlanishning
nominal qiymati
ko‘rsatiladi.
Taqsimlanish zanjirlari chizmasida manbaning kirishi va chiqishlarni
ko‘rsatilgan. Chizmaning pastki qismida jadval berilib,
ushbu manba shchitidan
unda-elektr qabul qiluvchilar ro‘yxati keltiriladi, yana spetsifikatsiya bo‘yicha
pozitsiya nomerlari, quvvati, kuchlanishi va o‘rnatilish joyi ko‘rsatiladi. Shuningdek
elementlarning harfli-raqamli belgilanishlari ko‘rsatiladi. Manba chizmasidagi
hamma zanjirlar markirovkalanadi. Shartli belgilanishlar, xarfli belgilanishlar xuddi
boshqarish va signallash chizmalaridagidek GOST 2.710-81, GOST 2.755-87,
GOST 2. 747-69, GOST 21.208-2013 bo‘yicha amalga oshiriladi.
Texnologik jarayonida elektr manba tizimlarida taqsimlanish tarmog‘iga
manba manba tarmog‘ining asosiy manba tarmog‘idan va unda kuchlanish bo‘lmay
qolganda rezerv manba tarmog‘idan berilishi ta’minlangan.
Asosiy manba
tarmog‘ining biror fazasida kuchlanish bo‘lmay qolsa, uch fazali kuchlanish relesi
РН1 o‘chib, asosiy manba tarmog‘iga ulangan magnitli yuritgich ПМ1 zanjirini
uzadi va bunda uning asosiy manba zanjiridagi normal ochiq kontaktlari ПМ1 uzilib,
asosiy manba zanjirini uzadi, rezerv manba tarmog‘idagi normal yopiq ПМ1
kontakti esa ulanib, rezerv manba tarmog‘idagi magnitli yuritgich ПМ2 ishlaydi va
o‘zining normal ochiq ПМ2
kontaktlarini ulab, taqsimlanish tarmog‘iga rezerv
manba tarmog‘ini ulaydi. Asosiy manba zanjiridagi hamma fazalarda kuchlanish
paydo bo‘lishi bilan, yana magnitli yuritgich ПМ1
zanjiri ulanib, rezerv manba
tarmog‘idagi magnitli yuritgich ПМ2 zanjirini uzadi va asosiy manba tarmog‘ini
ulaydi.