4. TEXNOLOGIK JARAYONNI AVTOMATLASHTIRILGAN ROSTLASH
TIZIMINI ISHLAB CHIQISH
4.1 Rostlash tizimini tahlil qilish bosqichlari
Turli texnologik uskunalar va sistemalar talab etilgan
vazifalarni bajarishi
uchun biron bir boshqarish jarayonini tashkillashtirish lozim. Boshqarish jarayoni
“qо’l” usulida yoki umumiy xolda avtomatlashtik boshqarish sistemalari deb
ataluvchi texnik vositalar birligi orqali amalga oshiriladi.
Sanoat ishlab chiqarishining texnologik jarayonlarini avtomatlashtirish texnik
progressning ishlab chiqarish
madaniyatining yuksalishiga, maxsulot sifatini
oshishiga, uskuna unumdorligiga, maxsulotni ishlab
chiqarishda xom ashyoning
umumiy sarfini, energiya va mexnat sarfini kamaytirishga, atrof muhit himoyasini
yaxshilashga, insonni ishlab chiqarishning zararli sharoitlaridan ozod qilishga shu
bilan birga qator sotsial, iqtisodiy va texnik kо’rsatgichlarni yaxshilashga qaratilgan
asoslaridan biridir.
Avtomatlashtirish – texnologik jarayonlarni odam ishtirokisiz boshqaradigan texnik
vositalarni joriy etish demakdir. Avtomatlashtirish ishlab
chiqarish jarayonidagi odam
ishtirok etmagan sanoatning yangi bosqichi bо’lib, bunda texnologik va ishlab chiqarish
jarayonlarini boshqarish funksiyasini avtomatik qurilmalar bajaradi. Avtomatlashtirishni joriy
etish ishlab chiqarishning asosiy texnik – iqtisodiy kо’rsatkichlarining yaxshilanishiga,
ya’ni ishlab chiqarilayotgan mahsulot miqdori va sifatining oshishi hamda tannarxining
kamayishiga olib keladi.
Avtomatlashtirishning maqsadi – mehnat unumdorligi va ishlab chiqarishning
sifatini oshirish rejalarini avtomatlashtirish, optimallashtirish va boshqarish, insonni
zararli sharoitlarda ishlashdan ozod qilishdir.
Texnik jarayonlarda odamning ishtirok etishiga kо’ra
avtomatlashtirishni
quyidagilarga ajratish mumkin: avtomatik nazorat, avtomatik rostlash va avtomatik
boshqarish.
Avtomatik nazorat – texnologik jarayonlarda tezkor ma’lumotlarni avtomatik
ravishda qabul qilish va uni qayta ishlash uchun kerakli bо’lgan sharoitlarni
ta’minlaydi.
Avtomatik rostlash – texnologik jarayonlarning tegishli
parametrlarini avtomatik
30
rostlovchi asboblar yordamida talab qilingan sathda saqlanishini nazarda tutadi. Bu holda
odam faqat avtomatik rostlash sistemaining (ART) tо’g’ri ishlashini nazorat qiladi.
Avtomatik boshqarish – texnologik operatsiyalarni belgilangan ketma-ketlikda
avtomatik ravishda bajarilishini va boshqaruv obyektiga nisbatan bо’ladigan ta’sirlarning
muayyan muttasilligini ishlab chiqishdan iborat.
Ishlab chiqarish jarayonlarining avtomatlashtirilishi asosan uch bosqichdan iborat
bо’ladi:
Birinchi bosqich- bunda asboblarni mashina va apparatlar yaqiniga joylashtirish
deyarli qiyinchiliklar tug’dirgan. Avtomatlashtirishning bu davrida shkalasi yaxshi
kо’rinadigan yirik о’lchamli asboblar ishlatiladi. Bunda bir korpusga о’lchash
asbobi, rostlagich va topshiriq beruvchi qurilma joylashtiriladi.
Ikkinchi bosqich– ayrim jarayonlarning kompleks avtomatlashtirilishidir.
Bunda rostlash alohida shchitga о’rnatilgan asboblar bо’yicha olib boriladi. Yirik
о’lchamli asboblardan foydalanish bu shchitning bir necha metrga chо’zilib
ketishiga olib keladi va shchitni
nazorat qilish qiyinlashadi, avtomatlashtirishning
bu davrida shchitdagi asboblarning hajmini kichiklashtirish zarurati paydo bо’ladi.
Bu masalani hal qilish uchun kichik о’lchamli ikkilamchi asboblar ishlatiladi.
Uchinchi bosqich
(tо’liq avtomatlashtirish bosqichi
) –
agregat va sexlarni
yalpisiga avtomatlashtirish bilan xarakterlanadi. Bu davrning xarakterli xususiyati
shundaki, boshqarish yagona nazorat punktiga markazlashtiriladi. Shu bilan birga,
mitti ikkilamchi asboblarni ishlatish ehtiyoji paydo bо’ladi. Doimiy nazoratni talab
qilinadigan о’lchash va rostlash asboblari (yirik о’lchamli) shchitdan tashqariga
о’rnatiladi.