• 3. TEXNOLOGIK JARAYONNI AVTOMATLASHTIRISHNING FUNKSIONAL SXEMASI 3.1. Avtomatlashtirish funksional sxemasi va uning bayoni
  •  Sulfat kislota ishlab chiqarishda issiqlikdan foydalanish




    Download 2,01 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet13/28
    Sana02.12.2023
    Hajmi2,01 Mb.
    #109481
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   28
    Bog'liq
    BMI OCHILOV FIRDAVS

    2.7. Sulfat kislota ishlab chiqarishda issiqlikdan foydalanish 
    Ma’lumki, sulfat kislota ishlab chiqarishda ajraladigan issiqlik umumiy 
    miqdorining 52-65% oltingugurtli xomashyoni kuydirishga sarflanadi. 
    Bu issiqlikdan foydalanish uchun qozon-utilizatorlari ishlatiladi. Sulfat 
    kislota ishlab chiqarishda, asosan, majburiy suv aylantiruvchi suv quvurli qozonlar 
    ishlatiladi. Shunday qilib QQ pechlarida yonish reaksiyasi issiqlikdan foydalanish 
    hisobiga 1 t yongan FeS
    2
    dan 1,5 m gacha bug’ olinadi. 
    Kolchedanni kuydirishdan olinadigan SO
    2
    oksidlanishida ajraladigan issiqlik 
    kontakt apparatining birinchi qatlamiga sovuq gazni isitish uchun ishlatiladi. 
    Nasadkali minoralarda SO
    3
    absorbsiyasi jarayonida katta miqdordagi 
    ajraladigan issiqlik yuviladigan kislota bilan olib ketiladi, so'ngra u sovitgichlarda 


    sovitiladi. SO, absorbsiyasi jarayonining adiabatik xarakteri nasadkali minorada 
    jarayon kechishida issiqlikni chetga olib ketishi mumkin emasligi tufayli oqib 
    chiqayotgan oleum va kislota temperaturasini 60-70°C darajada ushlab turish uchun 
    yuvishga berilayotgan kislota miqdorini o‘zgartirish bilan amalga oshirilib. issiqlik 
    balansi bilan aniqlanadi. 
    Barbotaj tipidagi absorberlarni ishlatish absorbsiya jarayoni issiqligini 
    kislota qatlamida joylashgan sovitgichlarda ishlatish mumkin. 


    24 
    3. TEXNOLOGIK JARAYONNI AVTOMATLASHTIRISHNING 
    FUNKSIONAL SXEMASI
     
    3.1. Avtomatlashtirish funksional sxemasi va uning bayoni 
    Texnologik jarayonidagi avtomatlashtirishni quyidagicha nazorat va rostlash 
    tizimlarigan tasniflash mumkin: 
    1. Rostlash tizimlari:
    a. Absorber (II) ning quyi qismidagi sathni suyuqlik sarfi bo’yicha rostlash.
    b. Absorber (III) ning quyi qismidagi sathni suyuqlik sarfi bo’yicha rostlash.
    2. Nazorat qilish va signallash tizimlari: 
    a. Sovutgichdan kirish va chiqishdagi haroratni nazorat qilish tizimi; 
    b. Absorbsion kolonnaning quyi, o’rta va yuqori qismlaridagi haroratni 
    nazorat qilish; 
    c. Bisulfit minorasiga uzatiluvchi mahsulotning bosimini nazorat qilish 
    tizimi; 
    d. Rezervuarlardagi sathni nazorat qilish tizimi; 
    3. Nasos elektr yuritmasini boshqarish tizim. 
    Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish tizimlarini loyihalash bir va ikki 
    bosqichda bajariladi. Ikki bosqichli loyihalashda texnikaviy loyiha (TL) tuzilib, 
    ikkinchi bosqichda ishchi chizmalar (ICH) yaratiladi. Bir bosqichli loyihalashda 
    ikkala bosqich birlashtirilgan bo‘lib, buni texnik ishchi loyiha (TIL) deyiladi. Bir 
    bosqichli loyihalash ancha qulaydir. Bu holda sodda ob’yektlarning avtomatlashgan 
    tizimlari loyihalarini tuzish va murakkab bo‘lmagan tipaviy loyihalarni joriy etish 
    yoki iqtisodiy jihatdan tejamli individual loyihalarni qayta ishlatish maqsadga 
    muvofiq hisoblanadi. 
    Texnologik 
    jarayonlarning 
    avtomatlashtirish 
    tizimlarini 
    hisoblash 
    mashinalarini ishlatib loyihalashtirishda, shuningdek, yangi o‘zlashtirilmagan, yoki 
    juda murakkab texnologiyali ishlab chiqarish, yoxud yangi uskunalar ishlatilgan 
    ob’yektlarni 
    avtomatlashtirishda 
    yuqorida 
    ko‘rsatilgan 
    loyihalashtirish 


    bosqichlaridan avval ilmiy – tekshirish yoki tajriba – konstruktorlik ishlari amalga 
    oshiriladi, ularning natijalaridan esa loyiha tuzishda foydalaniladi. 
    Texnikaviy loyihani yaratish jarayonida avtomatlashtirish tizimlarining hajmi, 
    tuzish asoslari va ularni amalga oshiruvchi texnikaviy vositalarning komplekslarini 
    tanlashni asoslab berish, shuningdek, avtomatlashtirish tizimlarining smeta 
    narxlarini aniqlash lozim. Bundan tashqari, texnikaviy loyiha bosqichlarida 
    texnologik jarayonlar va asosiy texnologik uskunalarning avtomatlashtirish 
    shartlariga muvofiqlik masalalari ko‘riladi va lozim topilsa, avtomatlashtirishga mos 
    sharoit yaratish maqsadida ularni modernizasiyalash yoki qayta qurish uchun 
    tadbirlar ko‘riladi. 
    Ishchi chizmalarni yaratishda shchit va pultlarni tayyorlash, avtomatlashtirish 
    vositalari va asboblarini tanlash hamda buyurtma, shuningdek, qurilish va montaj 
    ishlarini amalga oshirish uchun yetarli bo‘lgan texnikaviy loyihaning vazifalari 
    aniqlanadi va detallashtiriladi. Avtomatlashtirish tizimlari ishchi chizmalarining 
    hajmi va tarkibi qurilish va montaj ishlarini zamonaviy usullarda amalga oshirish 
    imkonini berishi va montaj maydonidan tashqarida tayyorlangan bloklardan 
    foydalanishni qamrab olishi lozim. 
    Texnik loyihada quyidagi hujjatlar ishlab chiqiladi: texnologik jarayonlarni 
    avtomatlashtirish sxemalari, shchitlar, pultlar va HT vositalarini joylashtirish 
    rejalari; avtomatlashtirish asboblari va vositalari, HT vositalari, shchitlar, pultlar, 
    elektroapparaturalar, montaj qilish buyumlari va boshqalarning buyurtma hujjatlari, 
    tushuntirish xati. 
    Ishchi chizmalarni bajarish bosqichida qarorlar aniqlashtiriladi. Bu bosqichda 
    nazorat, avtomatik rostlash, boshqarish, signalizatsiya va manbaning prinsipial 
    elektr va pnevmatik sxemalari ishlab chiqiladi; shchit va pultlarning umumiy 
    ko‘rinishlari; shchit va pultlarning montaj qilish sxemalari; tashqi elektr va quvurli 
    o‘tkazgichlarning sxemalari; asboblarning, avtomatlashtirish vositalarining, HT 
    vositalarining, elektroapparaturaning, shchitlar va pultlarning, kabellar va 
    o‘tkazgichlarning, montaj qilish materiallari va buyumlarning buyurtma 
    spetsifikasiyalari ishlab chiqiladi. 


    26 
    Absorbsion kolonnalardan chiqgan suyuq sulfat kislotaning uzatilishini 
    ta’minlovchi nasoslarning elektr yuritmasini boshqarish uchun SIRIUS rusumli 
    yuritgich qo’llanilib, uning shitda joylashgan pereklyuchateliga bog’langan. 
    Pereklyuchatel signal lampaga ulangan bo’lib, nasos ish rejimini masofadan 
    kuzatish imkonini beradi. 
    Qurilmalardagi haroratlarni SITRANS TR elektr qarshilik termometrida 
    o’lchab(poz 1-1 2-1), harorat qiymati ko’rsatiladi.
    Sulfat kislota mahsuloti yig’iladigan rezervuardagi sathni nazorat qilish va 
    signallash uchun unga sig’imli sath o’lchagich Pointek CLS 200 o’rnatilgan.


    Bisulfat minorasiga uzatiluvchi mahsulot bosimini o’lchash va signallash 
    uchun quvurga Sitrans Z Compact shkalasiz elektr chiqish signaliga ega bo’lgan 
    asbobda o’lchanib 4-20 mA chiqish signalida bosimning qiymatini ko’rsatuvchi 
    shkalali asbobga uzatiladi. Bosim kritik bosim chegarasiga yetganda HL3 signal 
    lampasi orqali signallanadi. 

    Download 2,01 Mb.
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   28




    Download 2,01 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



     Sulfat kislota ishlab chiqarishda issiqlikdan foydalanish

    Download 2,01 Mb.
    Pdf ko'rish