angidridi yutiladi. Yutilmagan gazlar va monogidrat absorberidan chiqayotgan sul-
fat kislota bug‘lari SO
2
ga hisoblaganda PDK 0,03 hajm%ga teng bolguncha barcha
qo‘shilmalarni ajratib olish uchun chiqindi gazlarni tozalash boiimiga keladi.
2.3-rasm. Turli temperaturalarda monogidrat absorberida SO
3
ning
absorbsiyalanish darajasi:
7-60°C da; 2-80°C da; 5-100°C da; 4-
120°C da.
2.4. Sulfat kislota ishlab chiqarishda kontakt absorbsion bo‘limi
Sulfat kislota ishlab chiqarishda kontakt absorbsion bo‘limi ikkita
absorberdan
tuzilgan, bir-biri bilan ketma-ket biriktirilgan oleum va monogidrat
minoralaridan iborat (2.4- rasm).
Kontakt bo‘limidan chiqayotgan gaz angidrid
sovitgichi orqali oleumli
absorberga, so‘ngra monogidratliga kiradi.
Birinchi absorber 20% li oleum, ikkinchisi 98,3 %
li sulfat kislota bilan
yuviladi. SO
3
absorbsiyasi jarayonida oleum konsentratsiyasi ortadi va apparatdan
chiqishda 21-22% ni tashkil etadi, H
2
SO
4
konsentratsiyasi
esa monogidrat
absorberiga kirishda 98,3 %, chiqishda esa 98,7% gacha ko‘payadi. Ishlab
chiqarishda 98,3 % li sulfat kislotani «monogidrat», absorberni esa «monogidratli»
deb ataladi.
18
Birinchi absorberdan chiqayotgan 21-22% oleum to‘plagichga keladi, bu
yerga birinchi absorberni yuvishga sarflanadigan oleum konsentratsiyasini doimiy
ishlab turish uchun monogidrat to‘plagichidan ma’lum miqdordagi kislota doimiy
ravishda qo‘shiladi.
Shuningdek, quritish minorasi to‘plagichidan 93-94
% li
kislota to‘plagichga berish yoii bilan monogidrat absorber kislota konsentratsiyasi
bir xilda ushlab turiladi. SO
3
va suv bug‘lariga ega bo‘lgan gazlar 400°C
temperaturadan yuqorida sovitilsa, sulfat kislota olish mumkin, chunki temperatura
pasaysa H
2
SO
4
hosil bo‘lish reaksiyasi muvozanati sulfat kislota bug‘lari hosil
bo‘lish tomoniga siljiydi va ular yanada sovitilsa, kondensirlanadi.
2.4-rasm. Absorbsion bo'lim sxemasi: 1-oleum sovutgichi; 2-oleum absorberi;
3-monogidrat absorberi; 4-monogidrat sovutgichi; 5-cho‘ktiriladigan nasoslar;
6-
monogidrat yig‘gichi; 7-oleum yig'gichi.
Sulfat kislota kondensatsiyasi
nasadkali minoralarda, barbotaj va boshqa
kondensatorlarda amalga oshiriladi.
SO
3
ning absorbsiyalanish jarayonida issiqlik ajralib chiqadi. Ajralib chiqqan
issiqlik sovitgichga yuboriladi. Quritish va monogidrat
absorberlaridan keyingi
sovitgichlar kulrang cho’yandan, oleum uchun sovitgichlar esa uglerodli po‘latdan
ishlangan. Sulfat kislota ishlab chiqaruvchi yirik korxonalarda zanglamaydigan yoki
anod bilan himoyalangan po’latdan tayyorlangan oleum uchun qobiq quvurli
sovitgichlar ishlatiladi. Qobiq quvurli sovitgichlardan
tashqari plastinkali yoki
spiralli sovitgichlar ishlatiladi. Sovituvchi agent sifatida bir qator hollarda suv
o'rniga havodan ham foydalaniladi.