10
tarkibida mishyak mavjudligini aniqlandi. U kuydirish gazini katalizator zahridan
tozalash usulini ham topdi.
Kontakt jarayonining rivojlanishida Rossiyada
ishlab chiqarilgan Tentelev
kimyo zavodi tizimi katta ahamiyat kasb etadi. Bu tizim amalga joriy qilindi va
o‘sha davr uchun zamonaviy takomillashgan tizim hisoblanardi. Foydalanilgan
katalizator platinalashgan asbest ko‘rinishida bo‘lib, barbotaj
tipidagi adsorberlar
ishlatilgan. 1917-yil- da 64 ta Tentelev tizimlari turli mamlakatlarda ishlatilgan.
Hozirgi kunda jarayonda katta miqdordagi sulfat kislotasi kontakt usuli bilan ishlab
chiqariladi. Sulfat kislotasini kontakt usuli bilan ishlab chiqarishning o‘sishi yuqori
texnik darajada jihozlanganligi, toza va konsentrlangan kislotaga bo‘lgan talabning
borligi, jarayonni avtomatlashtirish mumkinligi, shuningdek, yo‘l qo‘yiladigan
daraja- gacha atmosferaga chiqib ketadigan gazlarda
oltingugurt oksidlari
konsentratsiyasi miqdorining kamligi bilan aniqlanadi.
Kontakt
usulda
sulfat
kislotasini
ishlab
chiqarish
korxonalari
avtomatlashtirilgan texnologik jarayonni boshqarish tizimlari bilan qurollangan.
Sulfat kislotasini kontaktli usulida olish jahonda ikki yo‘l bilan amalga
oshirilmoqda:
-
bir marta kontaktlanadigan usulda S0
2
va S0
3
gacha oksidlash 97,5-98% yetadi
va atmosferaga yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan chegaraviy miqdordan ortiq SO
2
va
SO
3
chiqindi gazlar bilan chiqib ketadi, bu esa bunday tizimlarda tozalash bo‘limini
qurishga qo‘shimcha xarajatlar talab qiladi.
-
ikki marta kontaktlanadigan usulda va ikki martali absorbsiyada SO
2
ni SO
3
gacha oksidlash darajasi 99,7-99,8% ni tashkil qiladi, bu esa qo‘yilishi
mumkin
bo‘lgan SO
2
va SO
3
konsentratsiyaga chiqindilarning miqdori talabga mos keladi.
Ikki marta kontaktlanadigan tizimda kontakt usulida sulfat kislotasini ishlab
chiqarish quyidagi bosqichlardan iborat bo’ladi:
1) xomashyoni tayyorlash; 2) oltingugurt to‘rt oksidi olish;
3) gazni tozalash; 4) oltingugurt to‘rt oksidini oksidlash; 5) SO
3
absorbsiyasi;
6) chiqib ketuvchi gazlarni tozalash. Ikki marta kontaktlanadigan va ikki marta
absorbsiyalanadigan tizimda sulfat kislotasini olishda oltinchi bosqich mavjud
emas.
Sulfat kislotasini ishlab chiqarishning kontakt usuliga ho‘l kataliz deb
ataladigan usul kiradi. Vodorod sulfatni yondirishdan olingan ancha miqdorda nam
saqlaydigan oltingugurt to‘rt oksidi utilizator - qozondan o‘tadi, u yerda ~1000°C
gacha soviydi, yuvilmasdan va quritilmasdan 440-450°C li katalizatorning birinchi
qatlamiga keladi. Olingan kislota 76% ga ega bo‘ladi.