Informatika, avtomatlashtirish va boshqaruv




Download 2,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/28
Sana02.12.2023
Hajmi2,01 Mb.
#109481
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
Bog'liq
BMI OCHILOV FIRDAVS

 
1. KIRISH 
Texnologiyalar sohasida erishilgan muvaffaqiyatlar xalq xo’jaligining texnik 
taraqqiyoti, mustaqil mamlakatimizning iqtisodiyotini rivojlantirish, shuningdek, 
aholining turmush farovonligini uchun birinchi darajali ahamiyatga ega bo’lgan 
sanoatni yaratishga asos bo’ladi. Ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish- 
texnika taraqqiyotining asosiy yo’nalishlaridan biri bo’lib, u ishlab chiqarish 
samaradorligini muttasil oshirish, mahsulot sifatini yuqori darajaga ko’tarish, 
xarajatlarini kamaytirish, mehnat sharoitlarini yaxshilash, ishlab chiqarishda 
xavfsizlikni ta’minlash va atrof-muhitni himoya qilish uchun xizmat qiladigan 
asosiy omil hisoblanadi. Avtomatlashtirish ilmiy tadqiqotlarga tobora kengroq kirib 
borib, fan va texnikani rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlar ochib bermoqda. 
Bundan tashqari, avtomatlashtirish avvallari inson boshqarishga qodir bo’la 
olmagan yangi, yuqori intensiv jarayonlarni amalga oshirishga, tabiatda ma’lum 
bo’lmagan yangi, samarali materiallarni yaratishga imkon beradi. Sanoatni 
avtomatlashtirishning ahvoli va istiqbollarini baholashda faqat avtomatik 
boshqarish tizimlari va avtomatikaning texnik vositalari tavsifnomasi bilangina 
cheklanib qolmasdan,balki, avtomatlashtirilgan ishlab chiqarish, boshqarishning 
tizim va vositalarini tashkil etishning hamda iqtisodining o’zaro shartlashilgan 
muammolari keng qamrovda qarab chiqilishi kerak. Bunda avtomatlashtirishning 
uzluksiz rivojlanuvchi jarayon ekanligini,u ishlab chiqarishning o’ziga xos 
xususiyatlari va fan-texnikaning ko’pchilik sohalari bilan uzviy bog’langanligini 
ham hisobga olish kerak. Ishlab chiqarishni avtomatlashtirishda yuqori 
samaradorlikka erishishning bevosita sharti asosiy va yordamchi ishlab chiqarish 
jarayonlarini mexanizatsiyalash hisoblanadi. Avtomatlashtirishni rivojlantirish 
dinamikasiga quyidagi ko’p sonli qonuniy va tasodifiy omillar ta’sir ko’rsatadi: 
texnologiya va qurilmaning holati hamda avtomatlashtirishga tayyorgarligi, 
xomashyo, chala mahsulotlar va energetik resurslarning sifati hamda barqarorligi, 
xodimlarning malakasi, ishchi va mutaxassislar faoliyatini tashkil etish va hokazo. 
Texnologik jarayonlar va yordamchi xizmatlarni avtomatlashtirish faqat ishlab 



chiqarish texnikasini takomillashtirishning va mehnat sharoitlarini yaxshilash 
bilangina emas, balki ishlab chiqarish rentabelligini oshirish, birlik mahsulotga 
ketadigan moddiy va mehnat xarajatlarini pasaytirib, uning texnik-iqtisodiy 
ko’rsatkichlarini orttirish bilan bog’liq. Iqtisodiy omillar avtomatlashtirish 
obyektini tanlab olishda asosiy omil hisoblanadi. Sanoatda avtomatlashtirishning 
iqtisodiy samaradorligini orttirish omillari juda ko’p. Hozirgi sharoitda 
avtomatlashtirishning iqtisodiy samaradorligiga xizmat ko’rsatuvchi xodimlar 
sonini kamaytirish hisobigagina erishishga ko’p hollarda imkon bo’lmaydi, chunki 
zamonaviy zavodlar, sexlar, bo’linmalar, uchastkalarga nisbatan kam miqdordagi 
odamlar bilan xizmat ko’rsatiladi. Shuning uchun iqtisodiy samaradorlikni oshirish 
omillariga quyidagilarni kiritish mumkin: mahsulot sifatini oshirish, xom ashyo va 
turli xil energiya sarfini, ishlab chiqarish chiqindilarini kamaytirish, ishlab 
chiqarish ritmini oshirish, mehnat unumdorligini oshirish, chiqarilayotgan 
mahsulot hajmini oshirish, xizmat ko’rsatuvchi xodimlarning mehnat sharoitini ( 
hayot va sog’lik uchun xavfli uchastkalarda ) zararli ishlarni yo’qotish hisobiga 
yaxshilash. 
Texnologik obyektlarni avtomatlashtirish ularning texnik – iqtisodiy 
ko‘rsatkichlarini 3 – 5% ga orttirib, maqsadga qaratilgan mahsulotni olishda ko‘p 
mehnat talab qilishlik darajasini ancha kamaytirishga (30 – 40% ga) olib keladi. 
Ikkinchi tomondan uni amalga oshirish uchun qo‘shimcha kapital mablag‘lar talab 
qilinadi. Masalan, kimyoviy va unga yaqin sanoat tarmoqlarida avtomatlashtirishga 
ketadigan xarajatlar texnologik obyektlarni boshqarish qurilmalari tannarxining 
35% ini tashkil etadi. 
Kimyo korxonalari mahsuloti tannarxining asosiy bandi (50 – 80%) 
xomashyo tannarxi ekanini hisobga olib, asosiy e’tiborni maqsadga qaratilgan 
mahsulot birligiga to‘g‘ri keladigan xomashyo solishtirma sarfini pasaytiruvchi 
avtomatlashtirish vositalarini joriy qilishga qaratish zarur. Fan– texnika 
taraqqiyotining jadallashuvi ommaviy ishlab chiqarish samaradorligining oshishi 
va mahsulot sifati yaxshilanishining hal qiluvchi shartidir. Yangi zamonaviy 
texnika va texnologiyani, ishlab chiqarishni boshqarishning samarali tizimlarini 


ishlab chiqish ko‘rsatib o‘tilgan vazifani hal etadi.
Shu bilan birga amaliyotning ko‘rsatishicha, turli xil masalalarni hal etishda 
yangi texnika imkoniyatlari va samaradorligining o‘sishi bilan bir vaqtda uni 
loyihalash va tayyorlashga sarflanadigan moddiy va vaqt xarajatlari ortadi. Ishlab 
chiqishlarning vaqt bo‘yicha cho‘zilib ketishi ularning tez eskirishiga olib keladi. 
Ishlab chiqarish korxonalarida texnik-iqtisodiy o’sishni ishlab chiqariladigan 
mahsulot uchun zarur moddiy – energetik sarflarning optimal yechimini topish va 
sifatini yaxshilash orqali erishish mumkin. Kimyo va oziq – ovqat texnologiya 
tizimlarida ishlab chiqariladigan mahsulot sifati va moddiy – energetik sarflar 
belgilangan texnologik reglament bo’yicha jarayonlarni va ishlab chiqarishni 
nazorat qilish va boshqarish orqali amalga oshiriladi. Texnologik jarayonlar va 
ishlab chiqarish boshqarish va nazorat qilishning obyekti hisoblanib, boshqarish 
vositalari tomonidan amalga oshiriladi. 
Respublikamizda kimyo va oziq – ovqat sanoati jadal rivojlanishi natijasida 
uning tarkibiga kiruvchi korxonalarda zamonaviy boshqarish vositalarini qo’llash 
va eskilarini moderinizatsiyalash ehtiyoji tug’ildi. Hozirgi davrda zamonaviy 
boshqarish vositalarini ishlab chiqaruvchi ko’plab korxonalar mavjud bo’lib, ular 
sifat ko’rsatkichlari va qo’llanilish sohalari bo’yicha farqlanadi. O’tgan asr 
mobaynida bunyod etilgan korxonalarning ba’zilarida eski rusumdagi o’lchov 
vositalari qo’llanilib, ularda o’lchash xatoligining kattaligi, inersion xarakterliligi, 
o’lchash diapozoni kichikligi va kompyuterli boshqarishda imkoniyatning 
chegaralanganligi kabi kamchilikkar mavjud. 
Respublikamizda ishlab chiqarish korxonalarida keng ko’lamda 
moderinizatsiyalash ishlari amalga oshmoqda. Shu qatorda so’nggi texnologiyalar 
qo’llanilgan sanoat korxonalari qurib foydalanishga topshirilmoqda. Shu sababli 
dastlabki xomashyoni va yarim tayyor mahsulotlarni yanada chuqur qayta ishlash 
texnologiyalarini joriy etish, buning uchun neft-gaz, neft-kimyo va kimyo, yengil 
sanoat va elektrotexnika tarmoqlarida yangi kompleks va korxonalar tashkil etish, 
shuningdek, jahon va mintaqa bozorlarida, ichki bozorimizda xaridorgir bo‘lgan 
oziq-ovqat, farmatsevtika sanoati, elektronika va maishiy elektr texnika 



mahsulotlari, maishiy kimyo tovarlari, qurilish va pardozlash materiallari ishlab 
chiqarishni yo‘lga qo‘yish haqida bormoqda. 
Jadal texnik taraqqiyoti tufayli "yosh" ishlab chiqarish ma’lum davrdan so’ng 
"eskiradi" va yangilanishni talab qiladi, shu jumladan amaldagi avtomatlashtirish 
tizimlari va vositalarini yanada zamonaviy hamda takomillashganlari bilan 
almashtirishni talab qiladi. Amaldagi ishlab chiqarish korxonalaridagi 
avtomatlashtirish tizimlarini takomillashtirishda, shuningdek, texnologiya va 
jixozlarni modernizatsiyalashda mustaqil iqtisodiy baholashlar bo’lishi mumkin. 
Texnologik jarayonlarning murakkablashuvi va jadallashuvi tufayli 
zamonaviy ishlab chiqarish korxonalarni boshqarish ularni mikroprotsessor 
texnikasi va boshqaruvchi hisoblash texnikasini qo’llab keng avtomatlashtirish 
asosidagina samarali bo’lishiga erishiladi. Avtomatlashtirish talablari texnologik 
jarayonlar loyihalanayotgan bosqichdayoq hisobga olinganda avtomatlashtirish eng 
katta samara beradi. 
Oʻzbekistonda tegishli xom ashyo manbalari boʻlishiga qaramay 20-asrning 
30-yillarigacha Kimyo sanoati deyarli yoʻq edi. 1910-yillarda ohak kuydirish, 
oʻsimlik boʻyogʻi olish, oltingugurt ishlab chiqarish, ishqoriy moddalar tayyorlash, 
sovungarlik bilan shugʻullangan bir qancha kichik korxonalar (12 sovun zavodi, 
neftni haydash zavodi, 2 boʻyoq fabrikasi) boʻlgan. 
Zamonaviy kimyo sanoatining shakllanishi 1932 yilda qadimdan oltingugurt 
qazib olingan Shoʻrsuv oltingugurt koni (Fargʻona vodiysi)ning ishga tushirilishi 
bilan boshlandi. Bu korxona sobiq SSSRda ishlab chiqariladigan oltingugurtning 
57% ini bergan va Ittifoqning oltingugurt mustaqilligini taʼminlashda muhim rol 
oʻynadi. Kimyo sanoatining eng yirik korxonasi Chirchiq elektr kimyo kombinati 
1940 yildan mahsulot bera boshladi. Shu yili 608,9 t ammiak, 961,7 t kuchsiz azot 
kislotasi va 930 t ammiak selitrasi ishlab chiqarildi. 1940 y.da respublikaning jami 
sanoat mahsuloti hajmida kimyo sanoati hissasi 0,8% ni, kimyo sanoatida band 
boʻlgan ishchilar soni sanoat ishchilarining 1% ni tashkil etgan, sanoat ishlab 
chiqarish fondining 7,4% kimyo sanoati hissasiga toʻgʻri kelgan. 


20-asrning 90-yillari boshiga kelib Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyotida 
muhim oʻrinni egʻallagan kimyo sanoati barpo etildi. 1990 yilda 1762 ming t mineral 
oʻgʻitlar (100% oziq modda hisobida), 154,9 ming t sintetik smolalar va plastik 
massalar, 1735,2 ming t sintetik ammiak, 2859 ming t sulfat kislota, 52,6 ming t 
kimyoviy tolalar va iplar, 226,2 ming t sintetik yuvish vositalari va sovun (yogʻ 
kislotalari 40% hisobida) va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarildi. 
Sulfat kislotasi kimyo sanoati tarmoqlari uchun muhim xom ashyodir. 
Respublikada sulfat kislota ishlab chiqaradigan yirik quvvatlar Olmaliq "Ammofos" 
AJ, Samarqand kimyo zavodi, Navoiy kon-metallurgiya kombinati, Olmaliq 
konmetallurgiya kombinatida barpo etilgan.

Download 2,01 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




Download 2,01 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Informatika, avtomatlashtirish va boshqaruv

Download 2,01 Mb.
Pdf ko'rish