mahsulotning hosil bo’lish tezligi hisoblanadi. SO
2
bilan O
2
orasidagi
reaksiya
katalizator sirtida o‘tadi. SO
2
ni SO
3
katalitik oksidlanish jarayoni quyidagi
bosqichlardan tarkib topgan bo‘ladi:
1. gaz massasidan ta’sirlashuvchi molekulalarning
katalizator yuzasining
sirtiga kirishi;
2. bu molekulalarning katalizator g'ovaklariga diffuziyasi;
3. ichki g‘ovak yuzalardagi reaksiya;
4. reaksiyaga kirishib bo‘lgan molekulalarning katalizator tashqi
yuzasining sirtiga teskari diffuziyasi;
5. ta’sirlashuvchi molekulalarni gaz oqimiga o‘tkazish.
Reaksiya o‘tishi uchun SO
2
va O
2
molekulalari gaz oqimidan oldin katalizator
yuzasining sirtiga, so‘ngra katalizatorlar ichki g‘ovaklariga kirishi kerak.
Hosil
bo'lgan S0
3
katalizatorlar yuzining sirtidagi g‘ovaklaridan qayta yoMni bosib o‘tib,
yana gaz oqimiga kelib qo‘shiladi.
Jarayonning umumiy tezligi eng sust bosqich tezligi bilan aniqlanadi. SO
2
katalitik oksidlash jarayonda boshqaruvchi bosqich bo‘lib, molekulalar katalizator
g‘ovaklariga diffuziyalanadi. Katalizator g‘ovaklari diffuziyaga qarshilik ko'rsatadi,
ya’ni u katalizator strukturasiga (o‘lcham va g‘ovak hajmi, sirti) bog‘liq bo‘ladi.
Katalitik jarayon tezligi tezlik konstantasi
r bilan xarakterlanadi.
Tezlik
konstantasi r temperatura va katalizator faolligiga bog‘liq. Agar muvozanat
konstantasi reaksiyasini hisoblash mumkin bo'lsa, u holda ushbu katalizator uchun
konstanta tezligi faqat eksperimental yo‘l bilan aniqlanadi.
Har bir katalizator
ma’lum konstanta tezligi bilan xarakterlanadi. Katalizator sintez qilinadigan
dastlabki komponentlarga, uni tayyorlash usuliga, o‘lcham va zarralarning shakliga
bog‘liq bo’ladi.