42
Taqsimlanish tarmog‘iga manba manba tarmog‘ining
asosiy manba
tarmog‘idan rubilnik, qisqa tutashdan saqlagichlar va magnitli yuritgich ПМ1ning
normal ochiq kontaktlari ПМ1 orqali beriladi. Unda kuchlanish bo‘lmay qolganda
rezerv manba tarmog‘idan rubilnik, qisqa tutashdan saqlagichlar va magnitli
yuritgich ПМ2ning normal ochiq kontaktlari ПМ2 orqali berilishi ta’minlanadi.
Manba taqsimlanish tarmog‘i orqali elektr manba istimolchilariga rubilniklar (SA1,
SA2, SA3), qisqa tutashdan saqlagichlar
va zaruriyatiga qarab, transformatorlar
(TV1, TV2) orqali beriladi.
4.5. Boshqarish va signallashning prinsipial elektr chizmasi
bayoni
Bajarayotgan vazifalariga qarab boshqarish chizmalari mexanizmlar
elektr
yuritmalarini boshqarish ko‘rinishida bajarilishi mumkin. Signallash chizmalari esa,
texnologik signallash chizmalari, ishlab chiqarish xolatlarini signallash chizmalari,
topshiriqlarni bajarilishini signallash chizmalari va yong‘in
xavfsizlik signallash
chizmalariga bo‘linadi.
Boshqarish va signallashning struktura chizmalari ishlab chiqilgandan so‘ng,
prinsipial chizmalarga o‘tiladi. Manba kuchlanishi tanlanadi va chizma apparatlar
bilan taminlanadi. Chizma o‘zgaruvchan tok mabaasi kuchlanishi 220v, 380v
o‘zgarmas tok kuchlanish 60v, 48v, 24v, 12v bo‘lishi mumkin.
Manbani boshqarish zanjiri fazalararo kuchlanish 380v bilan yoki faza
kuchlanishi bilan amalga oshiriladi.
Elektryuritmalarni
boshqarishning
prinsipial
chizmasida
quyidagi
belgilanishlardan foydalanilgan:
Nasosning elektryuritmasida SB3 va SB4 – yoqib o‘chiruvchi knopkalar,
KM1-kontaktor magnitli, KK1 va KK2-issiqlik relelari.
Elektr yuritma yoquvchi SB3 va o‘chiruvchi SB4 knopkalar yordamida ishga
tushiriladi va o‘chiriladi. SB3 bosilganda KM1 boshqarish o‘ramidan tok o‘tib,
kontaktor o‘zagi magnitlanib, yakorni tortadi va KM1
normal uziq kontaktlarni
ulaydi. Bunda ulovchi kontakt SB3ning blokirovkalovchi kontakti va elektr
yuritmaga manbani ulovchi KM1 kontaktlar ham ulanadi. Elektr yuritma ishga
tushadi. Elektr yuritmani to‘xtatish uchun SB4 o‘chiruvchi
knopka bosilib, KM1
ga manba uziladi. Bunda blokirovkalovchi KM1 kontaktlari ham uziladi. Elektr
yuritma ishdan to‘xtaydi. Elektr yuritmaga yuklama oshib ketganda, elektr
yuritmani kuyishdan saqlash uchun, issiqlik relelari ishga tushadi va manbani uzadi.
Elektr yuritmani qayta ishga tushirish uchun yoquvchi SB3 knopka bosilib, KM1
kontaktori zanjiri ulanadi. Barcha ventilyatorlarning elektr yurigichlarini boshqarish
shu tarzda davom etadi.
Signal lampani ma’lum vaqt oralig‘ida tekshirib turish uchun tekshirish
knopkasi SB7 bosiladi. Bunda ham rele K1 zanjiri ulanib, rele K1
ishlaydi va
o‘zining normal ochiq kontakti orqali hamma signal lampalar zanjirini K2 normal
yopiq kontakt yordamida yoqadi. Agar lampa yonmasa, unda bu lampa kuygan
bo‘ladi va uni almashtirish kerak bo‘ladi. Bu tekshirish signalidan so‘ng, signaldan
qaytish knopkasi SB8 bosiladi va bunda K1 relesi zanjiri uziladi.