Informatika, avtomatlashtirish va boshqaruv




Download 2,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/28
Sana02.12.2023
Hajmi2,01 Mb.
#109481
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   28
Bog'liq
BMI OCHILOV FIRDAVS

 
 


44 
Prinsipial va signallash chizmalariga spesifikatsiya
4.6. Boshqarish tizimi arxitekturasi 
Lokal avtomatlashtirish tizimning ishlash vaqtida rostlanuvchi kattalikning 
hozirgi qiymati berilgan qiymatiga mos kelishi uchun tizimga ta’sir ko‘rsatish kerak 
(boshqariladigan o‘zgaruvchi orqali). Boshqariladigan o‘zgaruvchi tizim boshqaruv 
ta’sirining (xom ashyoning sarfi, tarkibi va boshqalar) sonli tavsifidir. 
Shunday qilib, sanoatning eng muhim talablaridan biri - texnologik 
jarayonning turg‘unlashgan rejimini saqlashdan iborat. Moddiy va energetik 
balansga rioya qiladigan mashina yoki apparat rostlanuvchi ob’yekt deyiladi. 
Chetga chiqishlar prinsipi bo‘yicha ishlaydigan ARTda rostlanuvchi 
kattalikning ayni va berilgan qiymatlari ayirmasi o‘lchanadi va tengsizlik ishorasiga 
ko‘ra avtomat rostlagich ob’yektga nisbatan rostlovchi ta’sir ishlab chiqarib 
tengsizlikni yo‘qotadi. Bunday tizim yopiq sikl bo‘yicha ishlab, yopiq tizim 
deyiladi. Rostlanuvchi ob’yektning chiqishiga datchik o‘rnatiladi. Bu maxsus 
qurilma rostlanuvchi kattalikning hozirgi qiymatini qabul qilib, uni rostlash 
tizimidagi keyingi bo‘g‘inlarga uzatish uchun qulay bo‘lgan signalga o‘zgartiradi. 
Datchiklar sodda (bevosita ta’sir etuvchi) va murakkab (bilvosita ta’sir 
Pozitsiya 
Nomlanishi 
Soni 
Izoh 
KK1… KK8 Issiqlik relelari TPR-03 

TV1 
Bir fazali transformator ОСМ1-0,1 
УХЛ3 ~220/36 

TV2 
Bir fazali transformator ОСМ1-0,1 
УХЛ2 ~220/24 

К1…K4 
Elektromagnit rele 
РПУ2-М96420 У3А ~ 220 V 9W 

VD1…VD10 Diod КД226Б 
12 
SB1-SB10 
Knopka 
КЕ-011 ~220V, 6А. 
12 
НА 
Qo’ng’iroq signali СС-1
~ 36V , 35W

НL 
Lampа 25 W, 220 V 

ПМ 
Magnit puskatel ПМ-100150 380В 

FU 1-6 
Saqlagichlar 60 А

FU 7-17 
Saqlagichlar 30 А 
10 


etuvchi) bo‘ladi. Sezgir element bilan datchik bir bo‘lgan qurilma bevosita ta’sir 
etuvchi datchik hisoblanadi. Bilvosita ta’sir etuvchi datchiklarda esa bu elementlar 
mustaqil ishlanadi. Datchik ishlab chiqargan rostlanuvchi kattalikning ayni qiymati 
haqidagi ma’lumot avtomat rostlagichning kirishiga keladi. Ayni vaqtda shu 
ma’lumot ko‘rsatuvchi, jamlovchi (integrallovchi), qayd qiluvchi, signal beruvchi 
yoki kombinatsiyalashgan ikkilamchi o‘lchash asbobini kirishiga ham keladi. 
Rostlagich texnologik rejimni saqlab turadi. Tizimda avtomatik rostlagich bo‘lsa 
ikkilamchi asbobning bo‘lish shart emas. Lekin avtomatlashtirishda odamning 
vazifasi o‘lchash asboblari, rostlagichlar va ijro etuvchi mexanizmlarning ishini 
nazorat qilishdan iborat bo‘lgani uchun, ARTda ko‘pincha ikkilamchi o‘lchash 
asbobidan foydalanish nazarda tutiladi. Yuqorida aytilganidek ba’zan, rostlagichlar 
va o‘lchash asboblari bir korpusda ishlanadi, bunday rostlagichlar asbob sifatida 
ishlatiladi. 
Avtomat rostlagich tarkibiga solishtirish bloki kiradi. Bu datchik va topshiriq 
beruvchi qurilma signallarini algebraik jamlash (integrallash) amalsini bajaradigan 
qurilmadir. Solishtirish bloki o‘zining chiqishida ayni va berilgan qiymatlar 
ayirmasiga teng qiymatli signalni, ya’ni tengsizlik qiymatini ishlab chiqaradi. 
Shuning uchun, solishtirish blokiga keladigan signallarning fizik xossalari bir xil 
bo‘lish kerak. 
Datchik va ijro etuvchi mexanizmlarning qayerga - tizimga yoki boshqarish 
ob’yektiga bog‘lanishi haqida baxslashish mumkin, lekin ular qayerga taalluqli yoki 
bog‘langan bo‘lmasin bir narsa aniq: bu vositalar bir tomondan ob’yektning ajralmas 
qismi, chunki ular uning ichiga o‘rnatilgan va ma’lumotlarni ishlov berish uchun 
uzatishga hamda bu ishlov berish natijasida olingan buyruqlarni bajarish uchun 
qabul qilishga imkon beradi; ikkinchi tomondan ular boshqarish tizimining ajralmas 
qismidir, chunki datchiklar ham, ijro mexanizmlari ham organik jihatdan unga 
muvofiq kelishi, ya’ni tizimning boshqariluvchi jarayon haqidagi kiruvchi axborotni 
qabul qilishi uchun, boshqaruv ob’yektining esa boshqaruvchi hisoblash 
mashinasidan (BHM) kelayotgan chiquvchi axborotni qabul qilishi uchun 
moslashgan bo‘lishi kerak. 


46 
Hozirda datchik va ijro organlarini texnologik jihozlar (agregatlar, stanoklar 
va boshqalar) bilan kompleks yetkazib berish an’anasi mavjud bo‘lib, bunda, ularni 
turli xil hisoblash texnikasi (HT) vositalari bilan turlicha ulanishlar ehtimoli hisobga 
olinadi. Demak, ularning tuzilishi, ishlash prinsipi va tavsiflari shu maqsad uchun 
mos kelishi kerak. Shuning uchun, boshqaruv ob’yektining BHM bilan bog‘lanish 
organlarini tanlash buyurtmachining vazifasi deb hisoblash lozim. Quyida bunday 
organlar qanday asosiy talablarga javob berishi kerakligini va ularni tanlashda 
asosiy e’tiborni nimaga qaratish lozimligini qarab chiqamiz. 
Datchik chiqish signalining fizik tabiati. Hisoblash texnikasi vositalari, 
odatda, elektr signallari ko‘rinishida beriladigan ma’lumotlar bilan, ba’zida esa 
boshqa tabiatdagi signallar bilan (masalan, pnevmoelementlar, oqimchali elementlar 
asosida) ish ko‘radi. Lekin ko‘pchilik hollarda datchikning chiqishidan ma’lum 
tavsifli elektrsignallar hosil qilinishi kerak. Shuning uchun, noelektrik kattaliklar 
(temperatura, bosim, fazoda vaziyatni o‘zgartirishva hokazo) datchiklari, odatda, 
noelektrik kattaliklarni elektr signaliga o‘zgartkichlar bilan ta’minlangan. Bu 
o‘zgartkichlar (ularni ba’zan ikkilamchi asboblar deyiladi) tuzilish jihatdan, odatda, 
o‘lchovchi (qayd etuvchi) element bilan birgalikda tayyorlanadi, «datchik» atamasi 
esa o‘zgartkich bilan birgalikdagi o‘lchov elementini ifodalaydi. 
Datchik chiqish signalining parametrlari. Zamonaviy hisoblash texnikasi 
vositalari quyi darajadagi (taxminan 6-24 V o‘zgarmas tokda) diskret elektr 
signallari bilan ishlashga mo‘ljallangan. Shuning uchun, datchik chiqish signalining 
darajasi shu darajaga mos kelishi maqsadga muvofiqdir. Ob’yekt bilan bog‘lanish 
qurilmalari asosida (OBQ) ishlab chiqiladigan hisoblash texnikasi vositalari 
komplektiga, odatda, yuqori voltli (yuqori kuchlanishli) signallarni (masalan, 220 
V) qabul qilish uchun mo‘ljallangan bloklar ham kiritilgan. Biroq bunday bloklardan 
foydalanish faqat chiqishi past voltli datchikdan foydalanish mumkin bo‘lmagan 
hollardagina maqsadga muvofiqdir. 
Diskret signallar datchigi chiqishda faqat ikki qiymatga ega bo‘lishi, ularni 0 
(signal yo‘q) va 1 (signal bor) tarzida talqin etish mumkin. Bunday datchiklarni 
tanlashda buyurtmachi o‘zgartkichning chiqishida 0 elektr signalining maksimal 


qiymati 1 signalning maksimal qiymatidan (tizim bu qiymatlarni 0 uchun 1 ni va 
aksincha qabul qilib «adashtirmaslik» uchun) ancha farq qlish (5-10 marta) 
kerakligini hisobga olish lozim. 
O‘xshash signalli datchiklar o‘lchanayotgan kattalikning butun diapazoni 
bo‘yicha standart chiqishga ega bo‘lishi kerak (odatda bu tokning 0 dan 5 mA 
oraliqda o‘zgarishi, kuchlanishning 0 dan 10 V gacha oraliqda o‘zgarishi yoki ayrim 
hollarda datchik hosil qiladigan chastota o‘zgarishidan iboratdir). 
Datchiklarning turini tanlash. Ishlash prinsipiga ko‘ra datchiklar kontaktli va 
kontaktsiz turlarga bo‘linadi. Kontaktli datchikning chiqishidagi signal 
kontaktlarning masalan, elektr rele kontaktlarining) mexanik tutashuvi hisobiga 
elektr zanjirining ulanishi natijasida shakllanadi. Kontaktsiz datchik chiqishidagi 
signal kontaktsiz elementning (masalan, tranzistorning) qayta ulanishi natijasid 
shakllanadi. Hisoblash texnikasi vositalari kontaktsiz elementlardan qilingani uchun 
o‘zining ishlash prinsipi bo‘yicha ham, elektr signallari parametrlari bo‘yicha ham 
tizimga oson moslashib ketadigan kontaktsiz datchiklar afzalroqdir. 
Shuni ta’kidlab o‘tish joizki, kontaktli datchiklardan faqat boshqalari 
bo‘lmaganda yoki datchik bilan tizim kirishi o‘rtasida galvaniq bog‘lanish yo‘qligini 
ta’minlash talab qilingan hollardagina foydalanish mumkin (ma’lum bir sabablarga 
ko‘ra). U holda ob’yektning chiqish signali sifatida datchikning «sof» kontaktidan 
foydalaniladi. 
Ijro etuvchi mexanizmlarga talablar asosan boshqarish ob’yekti tomonidan va 
biroz darajada boshqaruvchi tizim tomonidan belgilanadi. Haqiqatdan, agar, 
masalan, ijro etuvchi organ biror kontaktor bo‘lsa, u holda uning tavsiflari birinchi 
navbatda bu kontakt ulaydigan zanjirlarning quvvati bilan belgilanadi. Ikkinchi 
tomonidan, tizim tarkibiga kiruvchi chiqish kuchaytirgichlarining nomenklaturasi, 
odatda, ancha cheklangan va boshqaruv ob’yekti turli ijro etuvchi mexanizmlarining 
katta spektrlarini har doim ham «qoplab» ololmaydi. 
Buyurtmachining vazifasi shundan iboratki, ijro etuvchi organlarni, asosan, 
tizimning kuchaytirgichlariga bo‘ladigan yuklanishlarning qiymati va xarakteri 
bo‘yicha imkoni boricha maksimal darajada bir xillashtirishga erishishdir. Bundan 


48 
tashqari, agar ob’yekt uchun noelektrik tabiatdagi boqaruvchi signal talab qilinsa, u 
holda ishlab chiquvchi tegishl o‘zgartkichni tanlab olishi kerak. 
Ijro etuvchi mexanizmlar nomenklaturasi va qiymati aniqlangandan so‘ng 
buyurtmachi boshqarish tizimi tarkibiga kiruvchi chiqish kuchaytirgichlarining
tavsiflari va nomenklaturasiga qo‘yiladigan asoslangan talablarni ta’riflab berishi 
kerak. 
Ba’zi ijro etuvchi mexanizmlar shunday tuzilganki, ularda kiruvchi boshqaruv 
signali turli xil mexanik va elektr moslamalar hisobiga boshqaruvchi kirish signalini 
xotiraga olish amalga oshiriladi. Bunday mexanizmni ishga tushirish uchun uning 
kirishiga impuls tarzidagi boshqaruvchi signal berish etarli. Bu signal olingandan 
so‘ng mexanizm unga o‘chirish haqidagi maxsus signal berilmaguncha ulangan 
holda turadi. Bunday mexanizmga misol tarzida xonadagi oddiy elektr o‘chirgichni 
keltirish mumkin. 
Boshqa turdagi ijro etuvchi mexanizmlar kirishda ulanishga signal bor ekan, 
ulangan holda turadi va agar boshqaruvchi signal bo‘lmasa, uziladi. Bunday ijro 
etuvchi mexanizmga misol tarzida uyga kiraverishdagi elektr qo‘ng‘irog‘i 
tugmachasi xizmat qilishi mumkin. 
Ijro etuvchi mexanizmning biror turini tanlash texnologik jarayonning o‘ziga 
xos xususiyatlariga bog‘liq bo‘lib, tizimning kirish qurilmalari strukturasiga va 
axborotni chiqarish dasturiga katta ta’sir qiladi. Bu ta’sir xotirali mexanizmlarni 
boshqarish uchun ikkita boshqaruvchi buyruqni - ulashga va uzishga alohida 
buyruqni shakllantirish zarurligi (xotirasiz ijro etuvchi mexanizmlarda buning 
zarurati yo‘q) bilan belgilanadi. Ayrim hollarda biror sababga ko‘ra ikki 
boshqaruvchi kirishli mexanizmlardan foydalanish mumkin bo‘lmaganda, lekin 
tizim chiqishida xotirlash talab qilinganda, bu xotirani tizimning chiqish 
kuchaytirgichlariga «ko‘chirishga» to‘g‘ri keladi, ya’ni ulash va uzish uchun 
kirishlari alohida bo‘lgan ijro etuvchi mexanizmlarni boshqarishga o‘xshash maxsus 
xotirali kuchaytirgichlardan foydalanishga to‘g‘ri keladi. 
Ko‘pincha ijro etuvchi mexanizmning quvvati yoki boshqa tavsiflari uni 
bevosita tizimning kirish kuchaytirgichlari orqali boshqarishga imkon bermaydi. Bu 


holda moslovchi element o‘rnatishga to‘g‘ri keladi (odatda bu rele bilan ishlaydigan 
dastlabki kuchaytiruvchi oraliq blokidir), u o‘z kirish parametrlari bo‘yicha tizim 
kuchaytirichlariga to‘g‘ri kelishi, chiqish parametrlari bo‘yicha esa ijr etuvchi 
mexanizmlarga to‘g‘ri kelishi lozim. 

Download 2,01 Mb.
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   28




Download 2,01 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Informatika, avtomatlashtirish va boshqaruv

Download 2,01 Mb.
Pdf ko'rish