58
SHu sababli korxonada ish vaqtida xonalar yaxshi shamollatilgan bo’lishi kerak.
Favqulodda Vaziyat yuz berganda “Diqqat Xammaga”
ovozli signal orqali
ishchi-xizmatchilarga xabar qilinadi.
Kuchli ta’sir etuvchi zaharli modda va chang bilan ishlovchi bo’linmalarda
ishchi va xizmatchilar ob’ekt Fuqaro muhofazasi bo’limi (FM shtab) xodimlari
tomonidan shaxsiy ximoya vositalari bilan ta’minlangan bo’lishlari kerak.
Nafas olish organlarini muxofazalovchi shaxsiy ximoya vositalari – gazniqoblar,
nafas olish organlarini turli kasalliklarni keltirib
chiqaruvchi mikroblardan va
toksinlardan muhofaza qiladi. Kam kislorodli va bir nechta zaharli moddalar
saqlangan havo, zaxarlangan hisoblanadi.
Favqulotda vaziyatda avariya qutqaruv ishlarini olib borish.
Avariya qutqaruv va boshqa kechiktirib bo’lmaydigan ishlarini rejalashtirish
va amalga oshirishdan maqsad, aholini turli favqulotda
vaziyatlardan himoyalash,
shoshilinch tibbiy yordam ko’rsatish, avariya oqibatlarini qisqartirish hamda
vayronalardan insonlarni olib chiqishga qaratilgandir.
Avariya qutqaruv ishlari quyidagi vazifalarni amalga oshirish orqali olib
boriladi.
1. FV ro’y bergan xududlarida razvedka
ishlarini olib borish hamda
xarakatlanish yo’nalishlarini rejalashtirish.
2. Bino qismlari, vayrona uyumlari orasidan shuningdek yonayotgan binolar
ichidan insonlarni qidirish va olib chiqish.
3.
Jabrlangan insonlarni, guruxlarga ajratgan xolda birlamchi tibbiy xizmat
ko’rsatish hamda yaqin ambulatoriyalarga etkazish.
Boshqa kechiktirib bo’lmaydigan ishlarga quydagilar kiradi:
1. Insonlarni ommoviy piyoda yoki transportda xarakatlanish yo’llarini ochish
hamda xavfli jismlardan tozalash.
2. Gaz, elektr, suv quvur tiqimlari va boshqa tizimlarda yuz bergan avariyalarni
to’xtatish, qutqaruv ishlarini o’tkazish.
Korxonada yong’in sodir bo’lganda xarakatlanish
quydagi tartibda amalga
oshiriladi.ssexda germetiklik buzilib yoki boshqa sabab bilan yong’in chiqqanda
OPD turidagi signalizator ishga tushadi. Bu signalizator ishga tushishi bilan ssexdagi
navbatchi korxonaning yong’in xavfsizligi bo’limiga xabar beriladi va ishchilarning
tartibli evakuatsiyasini ta’minlashni nazorat qilinadi. Yong’in xavfsizligi bo’limi
etib kelguncha ishchilar o’zlari OU 2, OU 9,OU 8 birlamchi o’t o’chirgichlar
yordamida yong’inni boshqa ob’ektga o’tib ketmasligini nazorat qiladi.
Yong’in xizmat xodimlari bilan bir vaqtda tibbiy tez yordam ko’rsatish
xizmati ham yetib keladi. FV oqibatlari tugatilishi bilan qutqaruv ishlari boshlanadi.
Tartibni saqlashga e’tibor beriladi. Yong’in yoki avariya sodir bo’lishida odamlrni
xavfsiz boshqa joyga chiqish yo’llari bo’lishi binolarni loyihalash va qurish vaqtida
hisobga olingan. Yong’in havfsizligi norma qodalariga asosan evakuatsiya yo’llari
o’tga chidamli materiallardan tayyorlangan, harakat yo’lida hech qanday to’siqlar
yo’q. Korxona binosida 2ta chiqish evakuatsiya yo’llari mavjud.
Suyultirilgan gaz olish jarayonida ishlatiladigan xom-ashyolar va tayyor
mahsulotlar ma’lum talab asosida omborlarda saqlanadi. Quyosh nuri to’g’ridan-
to’g’ri
tushmaydigan, yopiq, quruq joyda, xarorat 30
o
C dan yuqori bo’lmagan,
namlik 80% dan ko’p bo’lmagan joyda saqlanadi.