TADBIQ ETISH.
3.1 Pedagogik dasturiy vositalar yaratishda o‘quvchilarning psixofiziologik hususiyatlarini hisobga olish
Pedagogik dasturiy vositalarni qo‘llash asosida o‘quvchilarning mustaqil ta’lim olish ko‘nikma va malakalarini shakllantirishda o‘quvchilarning funksional va psixofiziologik imkoniyatlari inobatga olinishi shart. Pedagoglarning pedagogik dasturiy vositalar asosida imkon qadar ko‘proq ma’lumotlarni yoritishga intilishi o‘quvchini ortiqcha toliqtirishga olib kelishi mumkin. O‘z navbatida ma’lumotlarni uzatish tezligini oshirish esa ma’lumotlarni o‘zlashtirish sifatiniing pasayishiga, xatoliklar sonining ortib borishiga, o‘quvchining o‘zini his qilishi va sog‘ligiga salbiy ta’sir qiladi.
Fiziologik-gigienik sohada amalga oshirilgan tadqiqotlar kompyuterda ishlashda bilim oluvchilarning aqliy ish qobiliyati o‘zlashtiriladigan ma’lumotlar hajmiga teskari proporsional ravishda o‘zgarib borishini e’tirof etadi. Bu quyidagi sabablar bilan izohlanadi:
ko‘rish organlariga tushadigan yuklamaning ortib borishi;
yangiliklarni qabul qilishda yuzaga keluvchi dastlabki ruhiy
ko‘tarinkilikning tinib qolishi;
yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan noaniqlik va xatoliklar tufayli salbiy hissiyotlarning yig‘ilib borishi;
katta miqdordagi ta’limiy resurslarni qabul qilish undan keyingi axborot resurslarini faol o‘zlashtirishga to‘sqinlik qiladi.
Bu holat ta’lim jarayonida pedagogik dasturiy vositalarni ishlab chiqish va joriy etishda zarur didaktik, psixofiziologik hamda metodik talablarni hisobga olgan holda ishlab chiqilishi zaruratini yuzaga chiqaradi.
39
Pedagogik dasturiy vositalarning psixofiziologik jihatdan samaradorligi birinchidan: talabalarning o‘quv materiallarini o‘zlashtirishi, tarbiyalanganlik va intellektual rivojlanganligi, ishchanlik ko‘rsatkichlari, motivatsion barqarorlik darajalari bilan belgilanadi. Ikkinchidan, o‘qituvchi faoliyati bilan bog‘liq bo‘lib, o‘qitish konsepsiyalari, pedagogik texnologiyalari va ta’lim vositalaridan ratsional foydalanish ko‘rsatkichlari, o‘qituvchining mehnat faoliyatiga nisbatan barqaror motivatsiyasi, ish qobiliyati bilan belgilanadi.
Zamonaviy kompyuter texnikasi erishgan yutuqlarni ta’lim jarayoniga tatbiq etish, an’anaviy ta’lim erishgan barcha yutuqlarni o‘zida aks ettirgan, uni yangi texnika, texnologiya yutuqlari bilan to‘ldirgan vosita bilan ta’minlash bugungi kunda juda ham dolzarb masaladir. Bugungi kunda ta’limning individualligini ta’minlash, ta’lim oluvchiga vaqt va fazo jihatidan qulaylik yaratuvchi vositalardan biri bu elektron kitoblardir.
Ta’lim berishning mazkur vositasi mustaqil ta’lim olishga, ta’lim oluvchilarning bilim faoliyatini shakllantiruvchi asosiy element hisoblanadi. Bir so‘z bilan aytganda, ta’lim oluvchi ta’lim olishda o‘zlashtirish jarayonini mustaqil boshqaradi, o‘zlashtirilgan bilimlarni nazorat qilish esa o‘z navbatida sun’iy intellektga ega bo‘lgan ta’lim olish manbasi orqali amalga oshiriladi. Elektron dasliklarning qaysi fan yoki sohaga yo‘naltirilganligidan qat’iy nazar, asosiy yo‘nalish boshlang‘ich ma’lumotlarni, oraliq natijalarni vizuallashtirishga qaratilgan bo‘lib, bu yo‘nalish joriy va yakuniy natijalarni ko‘rish imkoniyatini berish bilan birga uni tahlil etishga sharoit yaratadi. Kundalik turmushda foydalanilayotgan hisoblash texnikalari parkining doimiy ravishda kengayib borishi elektron darsliklar va «mustaqil o‘qish» texnologiyalarini yaratish va joriy etish sohalarining istiqboliga muayyan sharoit yaratmoqda.
Elektron darslik an’anaviy darslikdan ko‘ra «bir muncha yuqori intellektga» ega bo‘lishi zarur, chunki kompyuter o‘qituvchi faoliyatining bir nechta qirralari (zarur holda va kerakli joyda maslahat berish, egallangan bilimlarni musahkamlashga yordam berish va h.k.) ni imitatsiya qilish imkoniyatiga ega. SHu
40
bilan birga u o‘rganilayotgan fan bo‘yicha zarur (qo‘shimcha ma’lumotlar) o‘quv materiallarini to‘laligicha qamrab olgan bo‘lishi zarur. Faqatgina fan bo‘yicha to‘la o‘quv ma’lumotlarigina elektron darslikning muvaffaqiyatini ta’minlashi mumkin. Elektron darslikdagi «intellektual qirra»ning mavjudligi esa uning oddiy darslik oldidagi kamchiligi (faqatgina kompyuterda foydalanilishi) o‘rnini bosishi bilan bir paytda unga qo‘shimcha imkoniyatlar (zarur ma’lumotlarni tezkor suratda izlash, ixchamlilik, va h.k.) yaratadi.
|