• Foydalanilgan adabiyotlar
  • Informatika fanini o’qitishda didaktik prinsiplarga amal qilishning pedagogik asoslari




    Download 46,39 Kb.
    Sana24.05.2024
    Hajmi46,39 Kb.
    #252297
    Bog'liq
    INFORMATIKA FANINI O’QITISHDA DIDAKTIK PRINSIPLARGA AMAL QILISHNING PEDAGOGIK ASOSLARI


    INFORMATIKA FANINI O’QITISHDA DIDAKTIK PRINSIPLARGA AMAL QILISHNING PEDAGOGIK ASOSLARI
    t.f.n.dots. D.B.Botirov, Qurbonov O`. S, Xo`jayev T.A JDPI Ta’limda axborot texnologiyalari magistrantlari
    Ta’lim asosi qilib qonuniyatlardan kelib chiqadigan prinsiplarga amal qilinsa, informatika fanini o’qitish, barcha o’quv predmetlari singari shaxsni shakllantirishning, ta’lim maqsadiga erishishning ya’ni, mazmuni puxta va ongli o’zlashtirishning samarali vositasi bo’ladi. Barcha pegagoglarga ma’lumki, umum ta’lim maktablarida informatikani o’qitishda ilmiylik, sistemalilik, mutanosiblik, onglilik, faollik kabi prinsiplarga amal qilinadi. Yuqorida keltirilgan bu prinsiplarni qo’llashni bilish bo’lg’usi o’qituvchilar uchun o’z mustaqil mehnatini to’g’ri samarali tashkil qilishi, mehnat jarayonida undan samarali foydalanadigan turli o’quv qo’llanmalarini yuqori saviyada tahlil qila olish uchun zarur boladi.
    Amaldagi ta’lim jarayoni butun bir umum pedagogik jarayonni asosiy qismi bo’lib, shaxsni har tomonlama barkamol qilib, jamiyat uchun foyda keltiradigan qilib shakllantirishga yo’naltirilgan. Umum ta’lim maktablarimizda o’quvchilarga fan asoslarini o’qitish tajribasi, o’quvchiiarga puxta ta’lim berishda, o’qituvchini o’quv ishlari vosita va metodlarini tanlashga nisbatan qo’yilgan talablarini ko’rsatadi. Ta’lim jarayonini didaktik prinsiplar asosida tashkil qilish, uni ilmiy asosda olib borishni ta’minlaydi. Ta’lim qonuniyatlarini ifodalovchi didaktik prinsiplar va umum ta’lim maktabdagi o’quv tarbiyaviy faoliyatning ilg’or tajribasi o’zgarmas emasdir. Ular jamiyatni umum ta’lim maktabga qo’yayotgan vazifalariga ko’ra murakkablashib o’zgarib turadi.
    Demak, didaktik prinsiplar - bular, amaliy pedagogik tajriba va ilmiy pedagogik qonuniyatlarni tahlil qilish natijasida hosil bo’luvchi talab hamda qoidalardir. Ular o’qituvchini pedagogik faoliyatining asosiy ko’rinishi. Buyuk didaktikshunos olimlaming fikricha didaktik prinsiplar - bu ta’lim va tarbiyani qanday tashkil etish, qurish, amalga oshirish to’g’risidagi umumiy me’yoriy bilimlarni ifodalovchi faoliyat prinsiplaridar. Ushbu faoliyat qonuniyatlari o’qituvchi uchun o’quv tajribaviy ish me’yorlarini ishlab chiqish uchun nazariy asos hisoblanadi.
    Ta’lim qonun va qonuniyatlardan tashqari ta’lim prinsiplarini yaratilishida boshqa omillar ham inobatga olinadi. Bularga quyidagilami keltirishimiz mumkin:
    -jamiyatni umum ta’lim maktabi oldiga qo’yayotgan vazifasi;

    • o’quv jarayonining aniq shart-sharoitlari;

    • o’qish jarayonining psoxologik-pedagogik tavsifi;

    • o’quv va tarbiyaviy vaziyatlarini tashkil etish va hal qilish yo’llari;

    Informatika fani bo’yicha uslubiy adabiyotlarda umumiy tan olingan quyidagi didaktik prinsiplar sistemasini keltiramiz:

    • informatika fanini o’qitishda ilmiylik prinsipi;

    • informatika fanini o’qitishda onglilik, faollik, mustaqillik prinsipi;

    • informatika fanini o’qitishda sistemalik va ketma-ketlik prinsipi;

    • informatika fanini o’qitishda mutanosiblik prinsipi;

    • informatika fanini o’qitishda ko’rgazmalilik prinsipi;

    • informatika fanini o’qitislula o’quvchilarga individual yondashish prinsipi;

    • informatika fanini o’qitislula biliinlarni izchillik prinsipi;

    • informatika fanini o’qitishda tarixiylik prinsipi.

    Shu sohada ko’p ilmiy izlanishlar olib borgan pedagogik olimlarimizning xulosalariga ko’ra ta’lim mazmunini ilmiy asosda qurishni uch jihati ko’rsatilib berilgan:

    • ta’lim mazmunini fanning zamonaviy darajasi bilan mutanosibligi;

    • umum ta’lim maktab o’quvchilarida umumiy ilmiy bilish metodlari to’g’risidagi haqqoniy tasavvurlami hosil qilish;

    • bilish jarayonining asosiy qonuniyatlarini o’quvchilarga ko’rsatish.

    Birinchi shartga ko’ra umum ta’lim maktablarida ta’limni mazmunini tashkil qiluvchi o’quv materiali fanni zamonaviy darajasiga mos kelish zarur. Navbatdagi ikkinchi shartga ko’ra ilmiylik prinsipini ilmiy bilish metodlari to’g’risidagi bilimlami egallashni talab qiladi. Uchinchi shart bo’yicha ilmiylik prinsipini umum ta’lim maktab o’quvchilarda bilish jarayoni va uni qonuniyatlari to’g’risidagi tasavvurlami shakllantirishni talab qiladi.
    Foydalanilgan adabiyotlar

    1. D.B.Botirov, F.K.Ahmedov, Informatika fanini o`qitishda didaktik prinsplarga amal qilishning pedagogik asoslari haqida

    2. Respublika ilmiy – amaliy konferensiyasi materiallari to`plami

    Download 46,39 Kb.




    Download 46,39 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Informatika fanini o’qitishda didaktik prinsiplarga amal qilishning pedagogik asoslari

    Download 46,39 Kb.