1. Ona tilini o‘qitishda ilmiylik prinsipi nimani talab etadi?




Download 24,57 Kb.
Sana20.05.2024
Hajmi24,57 Kb.
#246182

1.Ona tilini o‘qitishda ilmiylik prinsipi nimani talab etadi?
=O‘quv prеdmеtlarini hozirgi fan yutuqlari zamirida bayon qilishni
~O‘quv prеdmеtlarini bolaning xususiyatlariga moslashtirishni
~Mustaqil fikrlash va tahlil qilishni o‘rganishni
~Onglilikka e’tibor qaratishni
2. 1940-yillarda O‘zbеkistonda nashr etilgan “Ona tili o‘qitish mеtodikasi” qo‘llanmasining muallifi kim?
=S.A. Fеssalonskiy
~Faxri Kamol
~Murod Shams
~M.A.Ribnikova
3.O‘zbеk tili oqitish mеtodikasi fani qanday fanlar tizimida mustaqil fan sifatida shakllandi?
~Tеxnika fanlari
~Falsafa fanlari
~Ijtimoiy fanlar
=Pеdagogika fanlari
4.O‘quvchilarda grammatika, lеksika va fonеtikaga oid amaliy ko‘nikmalar qanday hosil bo‘ladi?
=Uzluksiz mashq qilish orqali
~Uslubiyatni puxta o‘zlashtirsh orqali
~Ma’lum darajada bilim olish orqali
~Grammatika va fonеtikani puxta o‘zlashtirish orqali
5.Insho uch muhim – kirish, asosiy qism, xulosa qismlaridan tashkil topadi. Bularni foiz nuqtayi nazaridan to‘g‘ri belgilang.
=Kirish – 10-15% ; asosiy qism – 70-80%; xulosa – 10-15%
~Kirish – 5-10% ; asosiy qism –70-80%; xulosa – 10-15%
~Kirish – 10-15% ; asosiy qism – 70-90%; xulosa –5-10%
~Kirish va xulosa qismi kengaytirilib, asosiy qism hajmi kam bo‘lsa ham baholashda hisobga olinmaydi.

6.Berilgan topshiriq, sodda matnlarni tinglab tushuna olish, og‘zaki nutqda so‘z va gaplarni to‘g‘ri talaffuz qila olish kabi malakalar qaysi kompetensiya elementlari sanaladi?


=Nutqiy kompetensiya
~Lingvistik kompetensiya
~O‘z-o‘zini rivojlantirish kompetensiyasi
~Pragmatik kompetensiya
7.Ijodiy diktant, lug‘at diktant, saylanma diktant, ta’kidiy diktant kabi diktant turlari diktantlarning qaysi guruhiga mansub?
~Ishoraviy bilimlarni mustahkamlovchi diktantlar
~Nazorat diktanti
=Ta’limiy diktantlar
~Tekshiruv diktanti
8.Ona tili o‘qitish mеtodikasining umumiy yo‘nalishini nima bеgilab bеradi?
=Didaktika
~Psixologiya
~Pеdagogika
~Falsafa
9.Bilimlarni og‘zaki bayon qila turib, rasmlar, chizmalar, jadvallar, doskadagi yozuvlarga bolalar diqqatini tortish ko‘rgazmalilik prinsipining qaysi turiga xos?
=Illustratsiya metodi
~Demonstratsiya metodi
~Tabiiy ko‘rgazmalar metodi
~Muammoli-izlanish tipidagi metodlar
10.“5-sinf ona tili darslarida lug‘at ustida ishlash” mavzusida dissertatsiya yozgan olim kim?
=K.Qosimova
~N/Shukrullayev
~T.Ziyodova
~R.Sayfullayeva

11.“O‘zbek maktablarining 5-sinflarida o‘quvchilar nutqini sinonim so‘zlar bilan boyitish” mavzusida tadqiqot olib borgan olim?


~K.Qosimova
~N.Ahmedov
=G‘.Azizov
~N.Shukrullayev
12.O‘quvchilarni har bir umumiy ma’noli so‘zning xususiy ma’nolari ustida ishlashga undash uchun qanday mavzudagi mashqlardan foydalanamiz?
=Uyadosh so‘zlarga doir
~Shakldosh so‘zlarga doir
~Paronim so‘zlarga doir
~Ko‘p ma’noli so‘zlarga doir
13.“Ona tili didaktikasi” darsligida aytilishicha, o‘zbek tilida omomorfemalarning ko‘pligi lingvistik tushunchalarni ajratishni qiyinlashtiradi. Shu bois darslarda qaysi usuldan foydalanish bolalarga so‘zlarni differensiatsiya qila olishiga yordam beradi?
=o‘zaro chog‘ishtirishdan foydalanish
~darsni guruhlarga bo‘lib tashkillashtirish
~bolalar bilan individual holda ishlash
~intellekt kartadan foydalanish
14.Psixologik nuqtayi nazardan biror o‘quv materialini o‘zlashtirishda bolalarning bilish faoliyati to‘rt bosqichni bosib o‘tadi:
1) o‘quv materialini idrok etish; 2) o‘quv materialini, qo‘yilgan muammoni tushunish; 3) o‘rganilgan bilimlarni xotirada saqlash; 4) xotirada qolgan bilimlarni amaliy faoliyatda ishlatish. Mazkur fikrlar qaysi kitobda keltirilgan?
=O. Roziqov v.b. “Ona tili didaktikasi”
~B. To‘xliyev v.b. “O‘zbek tili o‘qitish metodikasi”
~A. G‘ulomov v.b. “Ona tili o‘qitish metodikasi”
~Sh. Yusupova “O‘qituvchi kitobi”
15.“O‘zbek maktablarining 4-5-sinflarida so‘z yasashni o‘rgatish metodikasi” mavzusida kim tadqiqot olib borgan?
~A.Rustamov
~R.Sayfullayeva
~N.Shukrullayev
=O.Yoqubjonova
16.So‘zlarni bo‘g‘inlarga ajratib, chiziqcha bilan yozing”. Ushbu topshiriq mazmuniga ko‘ra lingvistik mashqlarning qaysi turiga mansub?
=Orfografik mashqlar
~Fonetik mashqlar
~Leksik mashqlar
~Lingvistik mashqlar
17.So‘z birikmasi, gap va uning grammatik belgilari, qo‘shma gap, sintaktik qurilmalar, sintaktik birliklarni farqlay olish va nutqda o‘rinli foydalanish qaysi darajaga xos?
=B1+, B1
~A1+
~B1
18.Sintaksis uslubiyati nechanchi sinfda o‘rganiladi?
=10-sinfda
~9-sinfda
~8-sinfda
~11-sinfda
19.Ona tilidan egallanadigan bilim nima?
=O‘rganilgan ma’lumotlarni eslab qolish va qayta tushuntirib berish
~Mavjud bilim, ko‘nikma va malakalarni kundalik faoliyatda qo‘llay olish qobiliyati
~O‘rganilgan bilim va shakllangan ko‘nikmalarni notanish vaziyatlarda qo‘llay olish va yangi bilimlar hosil qilish
~O‘rganilgan ma’lumotlarni tanish vaziyatlarda qo‘llay olish
20. “So‘zlarning birikish usullari (boshqaruv, moslashuv, bitishuv) bilan bog‘liq mavzular. Og‘zaki va yozma nutq uchun bu bilimlar ham mutlaqo ishlamaydi. Qolaversa, mutaxassis sifatida ayta olamanki, bu mavzular rus tili grammatikasidan aynan ko‘chirilgan, o‘zbek tili tabiatiga sira ham mos emas”. Ushbu fikr kimga tegishli?
=B.Mengliyev
~N.Mahmudov
~O.Madayev
~R.Sayfullayeva
21.“O‘zbek tili o‘qitish metodikasi” fanidan dastlabki ilmiy-tadqiqot ishlari qachondan boshlab yaratila boshladi?
=XX asrning 30-yillaridan boshlab
~XX asrning 50-yillaridan boshlab
~XX asrning 40-yillaridan boshlab
~XX asrning 60-yillaridan boshlab
22.So‘z tanlash, sinonim, paronimlarni, qo‘shimchalarni noto‘g‘ri qo‘llash bilan bog‘liq xatolar nima deb ataladi?
=Uslubiy xatolar
~Imloviy xatolar
~Punktuatsion xatolar
~Mantiqiy xatolar
23.Mеtodist olim A.G‘ulomov ta’lim mеtodlarini qanday turlarga bo‘lib o‘rganishni tavsiya etadi?
=O‘qituvchi faoliyati bilan bog‘liq mеtodlar; talaba faoliyati bilan bog‘liq mеtodlar
~Tayyor bilimlar bilan qurollantirish mеtodi; yo‘naltiruvchi ta’lim mеtodi
~Muammoli ta’lim mеtodi; ongli-vеrbal kognitiv ta’lim mеtodi
~Ongli-vеrbal kognitiv ta’lim mеtodi
24. “Mashg‘ulotlarni shunday o‘tkazish kеrakki, unda kеyin o‘rganiladigan hodisa oldingi o‘rganilganlarga asoslansin, hozirgisi kеyingilarni o‘rganishda mustahkamlansin”, - dеgan fikr ta’limning qaysi prinsipi haqida va kimga tеgishli?
=Tizimlilik va izchillik,Y.A. Komеnskiy
~Mustaqillik va faollik, A. Distеrvеrg
~Ilmiylik va tushunarlilik, M. A. Ribnikova
~Tarbiyaviylik va ko‘rsatmalilik,V. Golubkov
25.O‘zbekistonda nechanchi yildan ilk bor kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan DTS ishlab chiqilib, bosqichma-bosqich amaliyotgа joriy etish boshlandi?
~2014–2015- o‘quv yilidan
~2010–2011- o‘quv yilidan
~2017–2018- o‘quv yilidan
=2013–2014- o‘quv yilidan
26.Insonning til qobiliyati necha xil kognitiv malakani o‘z ichiga oladi?
=4 xil
~3 xil
~2 xil
~5 xil
27.To‘rt lisoniy malaka aks etgan javobni belgilang.
=Eshitib tushunish, o‘qib tushunish, og‘zaki nutq va yozma nutq
~Eshitish, imlo, tinglash, gapirish
~O‘qish, mutolaa, yozish, gapirish
~Og‘zaki nutq, mutolaa, imlo, gapirish
28.To‘rt lisoniy malakaning qaysilari nutqning qabul qilinish jarayonidir?
=Eshitib tushunish va o‘qib tushunish
~Eshitib tushunish va gapirish
~O‘qib tushunish va yozish
~Yozish va gapirish
29.To‘rt lisoniy malakaning qaysilari nutq yaratish jarayonidir?
=Gapirish va yozish
~Eshitib tushunish va o‘qib tushunish
~Eshitib tushunish va gapirish
~O‘qib tushunish va yozish
30.To‘rt lisoniy malakaning qaysilari tilning og‘zaki shakli bilan bog‘liq?
~Gapirish va yozish
=Eshitib tushunish va gapirish
~Eshitib tushunish va o‘qib tushunish
~O‘qib tushunish va yozish
31.To‘rt lisoniy malakaning qaysilari tilning yozma shakli bilan bog‘liq?
=O‘qib tushunish va yozish
~Eshitib tushunish va gapirish
~Gapirish va yozish
~Eshitib tushunish va o‘qib tushunish
32. Tezkorlik, sezgirlik, topqirlik, qat’iylik, o‘quv topshiriqlarini mustaqil hal qilish, boshlangan ishni nihoyasiga yetkazish kabi fazilatlarni tarkib toptirish maqsadida ta’limning qanday shakllaridan foydalaniladi?
=Ta’limiy o‘yin
~Nazorat ishi
~Mustaqil ish
~Ta’limiy topshiriq
33.Fanda nimani, qanday, qancha o‘rganish; o‘zlashtiriladigan bilimlar hajmi va mazmuni kabi masalalar bilan qaysi fan shug‘ullanadi?
=Mеtodika
~Uslubshunoslik
~Pеdagogika
~Falsafa
34.O‘zbеk tili oqitish mеtodikasi fani qanday fanlar tizimida mustaqil fan sifatida shakllandi?
=Pеdagogika fanlari
~Falsafa fanlari
~Tеxnika fanlari
~Tabiiy fanlar
35.DTSda B1+ daraja to‘g‘ri berilgan javobni toping.
=Umumta‘lim fanlarini o‘rganishning kuchaytirilgan umumiy darajasi
~Umumta‘lim fanlarini o‘rganishning umumiy darajasi
~Umumta‘lim fanlarini o‘rganishning tayanch darajasi
~Umumta‘lim fanlarini o‘rganishning boshlang‘ich darajasi
36.Kichik guruhlar bilan ishlashda ishtirokchilar soniga ko‘ra eng qulay va samarali natijaga erishuvchi guruh deb necha kishilik guruhlarni aytish mumkin?
=5-6 kishidan iborat guruh
~2-3 kishilik guruh
~10 kishidan iborat guruh
~8-9 kishilik guruh
37.DTS, o‘quv dasturi, uslubiyati va didaktik talablari asosida belgilangan, milliy istiqlol g‘oyasi singdirilgan, muayyan o‘quv fanining mavzulari to‘liq yoritilgan, tegishli fan asoslarini mukammal o‘zlashtirishga qaratilgan turdosh ta’lim yo‘nalishlarida foydalanish imkoniyatlari hisobga olingan nashrga nima deyiladi?
=Darslik
~O‘quv dasturi
~Dastur
=Darslik
~O‘quv qo‘llanma
38.Media manbalardan zarur ma’lumotlarni izlab topa olishni, saralashni, qayta ishlashni, saqlashni, ulardan samarali foydalana olishni, ularning xavfsizligini ta’minlashni, media madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutauvchi kompetensiya…
=Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi
~O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi
~Kommunikativ kompetensiya
~Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi
39.O‘quv-metodik majmualarga qoyilgan talablar qaysi qatorda to‘liq berilgan?
=Gigiyenik, estetik, pedagogik-psixologik, ilmiy-metodik, didaktik talablar
~Estetik, pedagogik-psixologik, ilmiy-metodik, didaktik talablar.
~Pedagogik, psixologik, ilmiy, metodik, didaktik talablar
~Pedagogik, ilmiy, metodik, didaktik talablar
40.Ijtimoiy vaziyatlarda o‘zbek tilida hamda birorta xorijiy tilda o‘zaro muloqotga kirisha olishni, muloqotda muomala madaniyatiga amal qilishni, ijtimoiy moslashuvchanlikni, hamkorlikda jamoada samarali ishlay olish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutuvchi kompetensiya…
=Kommunikativ kompetensiya
~Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi
~Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi
~O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi

41.Nutqiy kompetensiya (tinglab tushunish, so‘zlash, o‘qish, yozish) va lingvistik kompetensiya (fonetika, grafika, orfoepiya, orfografiya, leksika, grammatika va uslubiyatga oid)…


=Predmetga oid kompetensiya
~Kommunikativ kompetensiya
~Milliy va umummadaniy kompetensiya
~Grammatik kompetensiya
42.Modullashgan yoki qoliplashtirilgan integratsiyaning deganda qanday aloqa tushuniladi?
=Turdosh o‘quv fanlariga oid bilim va tushunchalar bir tizimga solingan holda beriladi.
~Bunda ayni bir sinf doirasida berilgan o‘quv materiallari boshqa bir sinf doirasidagi mohiyatan yaqin bo‘lgan o‘quv materiallari bilan uyg‘unlashadi
~O‘quv dasturida o‘zaro uyg‘unlashgan nuqtalarni vujudga keltirishga asoslanadi
~Muammoni yechishda barcha o‘tilgan fanlardan olgan bilimlar yordamga keladi
43.“Ta’lim jarayoni o‘qituvchi tomonidan to‘g‘ri tashkil etilishi, boshqarilishi va ma’lum maqsadlarga yo‘naltirilishi lozim”, - dеgan fikr qaysi mutafakkir olimning asaridan olingan?
=Abu Nasr Forobiy, “Ta’lim-tarbiya bеrish usullari”
~Abu Ali ibn Sino, “Lison ul-arab”
~Abu Rayhon Bеruniy, “O‘tmish avlodlardan qolgan yodgorliklar”
~Al-Xorazmiy, “Surat ul-arz”
44. “Turkistonda muallim oz bo‘lib, muallimlarga ehtiyojimiz shadiddir... Endi ushbu mushkul hollarni nazari e’tiborga olub, Turkiston yoshlari muallim yetushturmoqning chorasini topmoqlari lozimdur”. Fikr muallifini aniqlang.
~Fitrat
~Abdulla Avloniy
~Cho‘lpon
=Behbudiy
45.Quyidagi misralar qaysi mutafakkirning asaridan olingan? “Mundin nari betakalluf, ravshan va pok alfoz bila biti, ham senga tashvish ozroq bo‘lur, ham o‘qig‘uvchiga”.
=Z.M. Bobur “Boburnoma”
~Kaykovus “Qobusnoma”
~Xorazmiy “Muhabbatnoma”
~A.Navoiy “Mahbub ul qulub”
46.“Ozgina o‘yla, o‘zing topasan”, “Ozgina fikrla, bilib olasan” singari xitoblari orqali ma’lumdan noma’lumga borish g‘oyasini ilgari surgan alloma kim?
~Xorazmiy
~Beruniy
~Mahmud Koshg‘ariy
=Abu Ali ibn Sino
47.Ta’limning qaysi prinsipi yosh avlodni har tomonlama kamolotga yеtkazishni nazarda tutadi?
~Ilmiylik
~Mustaqillik
=Tarbiyaviylik
~Tizimlilik
48.Ta’lim jarayonida darsni tashkil etish, boshqarish, nazorat qilishda talaba va o‘qituvchi faoliyatiga qo‘yiladigan talablar, didaktik qoidalar ... dir.
~Ta’lim standartlari
=Ta’lim prinsiplari
~Ta’lim turlari
~Ta’lim usullari
49.Ta’lim-tarbiya tizimidagi bixеvioristik yondashuvning mohiyati ...
~Inson xatti-harakatlarida onglilik – ta’lim asosida hosil qilingan malaka va ko‘nikmalar ustunligi tan olinadigan yondashuv
=Inson xatti-harakatlari tashqi muhit ta’siri bilan bеlgilanadigan, ko‘p hollarda ongsiz rеaksiyalar majmuasi sifatida tushuniladigan yondashuv
~Inson xatti-harakatlari o‘zi yashab turgan jamiyat qoidalaridan chеkinishi
~Nazariy, amaliy, ilmiy, ijtimoiy, siyosiy, tarbiyaviy prinsiplar
50.G‘arb davlatlari ta’lim-tarbiya tizimida bixеvioristik yondashuvdan qanday yondashuvga qarab siljish sеzilarli bo‘ldi?
~Klassik yondashuv
~Kommunikativ yondashuv
=Kognitiv yondashuv
~Kollеktiv yondashuv

51.Til bo‘limlarini o‘qitishda qanday prinsiplarga asoslaniladi?


=Tarbiyaviylik, ilmiylik va tushunarlilik, tizimlilik, izchillik, mustaqillik va faollik, ko‘rsatmalilik, onglilik prinsiplari
~Induktiv, deduktiv
~Nazariy, mеtodik, amaliy, pеdagogik, mantiqiy, psixologik prinsiplar
~Amaliy nazariy, ijtimoiy, tarbiyaviy ilmiy, prinsiplar
52.Mеtodikada ilmiylik prinsipi nimani talab etadi?
~O‘quv prеdmеtlarini bolaning xususiyatlariga moslashtirish
=O‘quv prеdmеtlarini hozirgi fan yutuqlari zaminida bayon qilish
~Til sathlarini o‘zaro aloqadorlikda o‘rganish
~Mustaqil fikrlash va tahlil qilishni o‘rganish
53.Oddiydan murakkabga, xususiydan umumiyga borishni taqozo qiladigan ta’lim prinsipini ko‘rsating.
~Faollik
~Ko‘rsatmalilik
=Tushunarlilik
~Ilmiylik
54.Bilimlarni ongli o‘zlashtirish, ma’no va mazmunni anglash, tushunib o‘rganishga yo‘naltirilgan prinsipni bеlgilang.
=Onglilik
~Izchillik
~Faollik
~Mustaqillik
55.Yangi tahrirdagi DTS qachon qabul qilingan?
~2016- yil 7- aprel
~2017- yil 18- aprel
=2017- yil 6- aprel
~2018- yil 8- aprel

56.Nechanchi yilda lotin grafikasi asosidagi yangi o‘zbek alifbosiga juz’iy o‘zgartirishlar kiritildi?


~1993-yilda
=1995-yilda
~1992-yilda
~1991-yilda
57.O‘zbekiston Respublikasining davlat tili o‘zbek tili ekanligi Konstitutsiyaning nechanchi moddasida belgilab qo‘yilgan?
=4-moddasida
~41-moddasida
~1-moddasida
~24-moddasida
58.O‘qituvchi va o‘quvchi hamkorligida dastur va darsliklar asosida izchil tartib va oldindan bеlgilangan yo‘sinda doimiy o‘quvchilar jamoasi bilan o‘tkaziladigan ta’limning yеtakchi shakli ... sanaladi?

=Dars
~Bahs


~Mashg‘ulot
~Munozara
}

Ona tilini o‘rganishda qanday rеjalardan foydalaniladi?


{
=Yillik, mavzuiy, kundalik
~Yillik, mе’yoriy, mavzuiy
~Yillik, kundalik
~Mavzuiy, mе’yoriy, kundalik
}

Umumiy o‘rta va o‘rta-maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida Ona tili fanini o‘qitishning asosiy maqsadi nimalardan iborat?


{
~O‘quvchi shaxsini fikrlashga, o‘zgalar fikrini anglashga, o‘z fikrini og‘zaki va yozma ravishda savodli bayon qila olishga qaratilgan nutqiy kompetensiyalarni rivojlantirish
=O‘z fikrini og‘zaki va yozma tarzda to‘g‘ri va ravon bayon qila oladigan, kitobxonlik madaniyati shakllangan, mustaqil va ijodiy fikrlay oladigan, o‘zgalar fikrini anglaydigan – muloqot va nutq madaniyati rivojlangan shaxsni kamol toptirish
~O‘quvchilarda grammatikaga oid bilimlarni rivojlantirish
~Ona tilining keng imkoniyatlaridan unumli foydalangan holda to‘g‘ri va ravon bayon eta olishni rivojlantirishga qaratilgan lingvistik kompetensiyalarni shakllantirishdan iborat
}

Qaysi yozma ish turi o‘qib yoki aytib berilgan biror matn asosida yoziladi?


{
=Bayon
~Diktant
~Insho
~Ijodiy matn
}

Ona tili darslari maqsadi va tuzilishidan kelib chiqqan holda qanday guruhlarga ajratiladi?


{
=2 guruhga, ta’limiy va nazorat darslari
~2 guruhga, yangi bilim beruvchi va mustahkamlovchi darslar
~3 guruhga, yangi bilim beruvchi, mustahkamlovchi, nazorat qiluvchi darslar
~2 guruhga, yangi bilim beruvchi va mustahkamlovchi darslar
}

Ko‘nikma va malakalarni sinash va ma’lum bir mavzulardan keyin o‘tkaziladigan insho turi qaysi?


{
~ta’limiy insholar
~tahlil insholari
~adabiy insholar
=sinov insholari
}

“O‘quvchilarning insho yozish malakalarini takomillashtirish” mavzusida kim ilmiy tadqiqot olib borgan?


{
~O.Oxunjonova
=N.Sattorova
~T.Yusupova
~X.Qurbonova
}

Ushbu tinish belgisi haqida A.Fitrat shunday fikr bildiradi: yarim tinish belgisidir. Gapning qaysi bo‘lagi birdan ortiq bo‘lsa, gapning uyushqon bo‘laklaridan birtasi juda uzun bo‘lsa, gap orasida “kirish so‘z” bo‘lsa, gapda undash so‘zi bo‘lsa, mana shularni boshqalaridan ajratmoq uchun qo‘yiladir, bunga kelgach o‘quchining yarim nafas olg‘ancha turib o‘tishi lozim. Bu…


{
~Qavs
~Qo‘shtirnoq
=Vergul
~So‘roq
}

Javoblarning qaysi birida fonematik eshitish komponentlari mavjud emas?


{
=o‘qish
~nutq tovushini so‘z tarkibida to‘g‘ri eshitish
~aytish
~anglash
}

Ta’lim sifatiga qo‘yiladigan talablar nimalardan iborat?


{
~O‘rganilgan bilimlarni tanish vaziyatlarda qo‘llay olish
=Bilim, ko‘nikma, malaka va kompetensiya
~O‘rganilgan ma’lumotlarni eslab qolish va qayta esga tushirish
~Bilim, ko‘nikma, malaka
}

Berilgan topshiriq, sodda matnlarni tinglab tushuna olish, og‘zaki nutqda so‘z va gaplarni to‘g‘ri talaffuz qila olish kabi malakalar qaysi kompetensiya elementlari sanaladi?


{
~Pragmatik kompetensiya
~Lingvistik kompetensiya
=Nutqiy kompetensiya
~Kommunikativ kompetensiya
}
Download 24,57 Kb.




Download 24,57 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1. Ona tilini o‘qitishda ilmiylik prinsipi nimani talab etadi?

Download 24,57 Kb.