22
umumlashtirish hamda o’quvchilarni shu mavzu bo’yicha tasavvurlarini
chizma shaklida ifodalashga undaydi.
Klasterlarga ajratish metodini qo’llash quyidagicha amalga oshiriladi:
- tarqatma materialda mavzuga oid ochiq so’z
yoziladi;
- o’quvchilar ushbu so’z bilan bog’liq xayollariga kelgan so’z va jumlalarni
uning atrofiga yoza boshlaydilar;
- so’zlarni yozish jarayoni o’qituvchi
tomonidan belgilangan vaqt
tugaguncha yoki barcha so’z va qoidalar tugaguncha davom etadi.
Klasterga ajratishda bir qator qoidalarga ham rioya qilish zarur. Ular
quyidagilardan iborat:
1. Xayolga kelgan hamma narsani ularning mazmuniga e`tibor bermasdan
yozib borish.
2. Orfografiya va boshqa omillarga e`tibor bermaslik.
3. Vaqt tugaguncha ko’proq bog’lanishlar hosil qilishga harakat qilish.
4. G`oyalar va so’zlar sonini cheklab qo’ymaslik.
Yuqoridagilardan xulosa
qilib shuni aytishim mumkinki, informatika fanlarini
o’qitish jarayonida interfaol metodlarni qo’llash o’quvchilar o’quv –
biluv
faoliyatini faollashtirishga yordam beradi va informatika fanlarini o’zlashtirish
darajasini ko’tarilishiga olib keladi. Interfaol metodlarni o’quvchilarni guruhlarga
bo’lib o’qitishda ham qo’llash orqali ularning o’quv – biluv faoliyatini yuksaltirish
va mustaqil fikrlay olish qobiliyatlarini rivojlantirish mumkin ekan. Bu metodlarni
informatika darslarida qo’llash uchun esa fanning o’qitish hususiyatlarini yaxshi
bilish lozim. Ya’ni har qanday informatika o’qituvchisi o’z mutahassisligi bo’yicha
yetarli bilimlarga ega bo’lganidan so’ng, shu fanni o’qitish hususiyatlarini – kursni
o’qitishning
dolzarbligini, fanning o’qitilish sabablarini, o’qitish
uslubiyotini va
usullarini, o’qitish texnologiyasini, darslarda ma’ruza, seminar,
amaliyot
mashg’ulotlarini qanday tashkil etish kabi malakalarni yaxshi egallagan bo’lishi
lozim.