4
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi:
Barchamizga ma’lumki, XXI asr – globallashuv
davri, texnika asri deyiladi.. Bugungi kunda fan va texnika jadal suratda rivojlanib
bormoqda, bu esa yangi texnologiyalardan foydalanib dars o‘tishni taqozo etadi.
Kelajagimiz bo‘lgan
yoshlarni yuksak madaniyatli, o‘tkir bilimli qilib
tarbiyalashda har bir pedagog xodim o‘zini mas’ul shaxs ekanligini bilgan holda,
dars samaradorligini oshirib borishi, yangi texnologiyalardan
unumli foydalanishi
dolzarb masala hisoblanadi.
Respublikamiz Birinchi Prezidenti I.A.Karimov «Bilimdon va ma'naviy
yetuk bo'lgan, zamonaviy texnika va texnologiyalarni egallagan hamda boshqara
oladigan malakali mutaxassislarni tarbiyalab yetishtirish bunday islohotlarning
asosiy maqsadi hisoblanadi. Chuqur
islohotlarni amalga oshirish, bozor
iqtisodiyotiga o'tish, birinchi navbatda kadrlar potensialiga, ularning kasb jihatidan
tayyorgarligiga bog’lik, bo'ladi», deb ta'kidlagan edilar.
Mustaqil rivojlanish yo'lidan borayotgan Respublikamizda yangi iqtisodiy
sharoitlar ro'yobga keldiki, bu xalq xo'jaligining barcha sohalarida, hususan, ta'lim
tizimida ham qator islohotlarni amalga oshirishni taqozo etadi.
Fan va texnika
taraqqiyotining
jadal
kechayotgani,
kompyuter
texnikasining
keng
qo'llanilayotganligi, o'quvchilarga berilishi lozim bo'lgan bilimlar ko'lamining
tobora oshib borayotganligi, ta'limni tubdan yaxshilashni, fanlar bo'yicha milliy va
mahalliy sharoitlarga mos keladigan hamda malakali mutahassislarni tayyorlash
imkonini beradigan dastur va darsliklar, ta'limning zamonaviy
metodlarini ishlab
chiqishni talab qiladi.
O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qabul qilgan «Ta'lim tug’risida»gi
qonunda ta'limni yanada takomillashtirish maqsadida Respublika hududida ta'limni
umumiy o'rta ta'lim maktablari, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari orqali
amalga oshirish maqsad qilib qo'yilgan bo'lsa, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»
5
qonunida milliy tajribalarni tahlil qilgan holda hamda jaxonning ilg’or yutuqlarini
e'tiborga olib akademik litsey va kasb-hunar
kollejlarda har tomonlama
shakllangan va etuk mutahassislarni tayyorlashning asosiy yo'nalishlari belgilab
berilgan.
O’zbeksiton Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov ta'kidlab
o’tganidek:
“Umumlashgan holda hozirda bo'lajak o'qituvchilar shahsiga
qo'yiladigan asosiy talablarni:
kasbiy bilimdonlik, intellektual va ma'naviy
barkamollik deb belgilash mumkin”. O'quvchilarning informatik bilimlarini o'z
kasbi doirasida, kundalik hayotda qo'llay bilishi, ularning bilish va fikrlash
doiralarini kengaytirish zamon talabidir.
Ta’limda axborot- kommunikatsiya texnologiyalarini qo’llaganda o’quvchi
eshitish, ko’rish, ko’rganlari asosida mustaqil fikrlash imkoniyatiga ega bo’ladi.
Ta’lim jarayonida axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda
darslarni interfaol usullarda tashkillashtirish uchun ma’lum bir shart – sharoitlar
mavjud. Shunday ekan, axborot kommunikatsion ta’lim texnologiyalaridan
samarali foydalanish hozirgi zamon yutuqlariga asoslangan holda
davr talabiga
mos keladigan pedagogic mahoratning nazariy amaliy asoslarini hamda uning
shakllanish jarayonini yaratish eng