9
texnologiyalaridan keng foydalanish, o’qitish mazmuniga mos dasturiy ta’minotini
ishlab chiqish, ularni o’quv jarayoniga joriy etish asosiy vazifalardan hisoblanadi.
Ushbu vazifalarni dolzarbligini e’tiborga olgan holda “Informatika” fanini
o’qitishda o’yinli texnologiyalardan foydalanish holatini o’rganish, tahlil etish,
ulardan samarali foydalanish metodikasini, mos uslubiy tavsiyalarni ishlab chiqish
zarur.
O’yinli
texnologiyalardan
foydalanishning
asosini
talabalarning
faollashtiruvchi va
jadallashtiruvchi faoliyati
tashkil etadi. O’yin olimlar
tadqiqotlariga ko’ra mehnat va o’qish bilan birgalikda faoliyatning asosiy
turlaridan biri hisoblanadi. Psixologlarning ta’kidlashlaricha, o’yinli faoliyatning
psixologik mexanizmlari shaxsning o’zini namoyon qilish, hayotda o’z o’rnini
barqaror qilish, o’zini o’zi boshqarish, o’z imkoniyatlarini
amalga oshirishning
fundamental ehtiyojlariga tayanadi.O’yin bilish va uning bir qismi (kirish,
mustahkamlash, mashq, nazorat) tarzida tashkil etiladi.
O’yinlar turli maqsadlarga yo’naltirilgan bo’ladi. Ular didaktik, tarbiyaviy,
faoliyatni rivojlantiruvchi va ijtimoiylashuv maqsadlarda qo’llanadi. O’yinning
didaktik maqsadi bilimlar doirasi, bilish faoliyati, amaliy faoliyatida bilim, malaka
va ko’nikmalarni qo’llash, umumta’lim malaka va ko’nikmalarni rivojlantirish,
mehnat ko’nikmalarini rivojlantirishni kengaytirishga qaratilgan bo’ladi. O’yinning
tarbiyaviy maqsadi mustaqillik, irodani tarbiyalash, muayyan yondashuvlar, nuqtai
nazarlar, ma’naviy, estetik va dunyoqarashni shakllantirishdagi hamkorlikni,
kollektivizmni, jamoaga kirishib keta olishni, kommunikativlikni
tarbiyalashga
qaratilgan bo’ladi. Didaktik tamoyillarni hisobga olgan holda, o’quvchilarga
nafaqat faktlarning qat`iy ilmiy bayonini berish, balki o’qitishning turli qiziqarli
metodlarini ham qo’llash lozim. Masalan, ko’pchilikka ma`lum va ommabob
bo’lgan krossvord o’yini o’quvchilarda qiziqish o’yg’otishi tabiiydir. Qomusiy
lug’atda ta`riflanishicha, uning atamasi inglizcha “kross” –
kesishgan, “vord” –
so’z degan ma`noni anglatib, ilk bor XX asr boshlarida kashf etilgan. Vaqt o’tishi
bilan uning turlari ko’payib, chaynvord, chaynkrossvord, krosschaynvord, aylanma
10
krossvord, diagonal krossvordlar o’ylab topildi. Ularning har biri shaklda
so’zlarning joylashishi va bog’lanishi bilan farq qiladi.Krossvord ko’rinishidagi
so’rov shakli o’quvchilar uchun har doim qiziqarli va o’ziga tortadigan metoddir.
Mustaqil ijodiy faoliyatning bunday shaklidan foydalanilganda darsda faqatgina
kuchli o’quvchilargina emas, balki kuchsiz o’quvchilar ham faol ishtirok etadilar.
Darslarda qiziqtirishdan foydalanishning boshqa shakllaridan, ya`ni rebus va
boshqotirmalardan ham foydalanish yaxshi samara beradi.
Ushbu qiziqtiruvchi metodlardan foydalanganda, o’qituvchi darsni maqsadli
tashkil qilishni rejalashtiradi, ya`ni krossvord, rebus, boshqotirmalarni fanning
mazmuniga mos tayyorlaydi. Darsning maqsadini
aniqlaydi va kutilayotgan
natijani loyihalaydi.
Rebus, krossvordlar o’yinli texnologiyalarga sirasiga kiradi. “Rebus” so’zi
lotin tilidan olingan bo’lib, “So’zlar orqali emas, balki rasmlar orqali ifodalash”
ma’nosini anglatadi. Bu - biror so’z yoki atamaning rasmlar, notalar, xarflar bilan
birgalikda ifodalanishi orqali hosil qilingan jumboqdir.
Rebus – keng tarqalgan va eng mashxur o’yinlar sirasiga kiradi. U orqali
maqollarni, she’r qismlarini, biror iborani yoki so’zni berkitish mumkin. Undan ilk
bor Fransiyada XV asrda qo’llanilgan.
Eng birinchi rebuslar to’plami Etenom Taburo tomonidan Fransiyada 1582
yili chop etilgan. Keyinchalik Angliya, Germaniya, Italiyaga tarqalgan. Rossiyada
birinchi rebuslar “Illyustrasiya” jurnalida 1845 yili chop etilgan.
Rebus — bu atamalarni ko’ngil ko’taruvchi xarakterda shifrlashdir. Masalan:
- Rasmning chap qismidagi apostroflar soni rasm nomining chap tomonidan
o’chiriladigan xarflar soniga
mos keladi;
- Rasmning o’ng yuqorisidagi apostroflar soni rasm nomining o’ng tomonidan
o’chiriladigan xarflar soniga mos keladi;
-
So’z o’rtasidagi xarflarni o’chirish uchun bu xarflar rasm ustida yozilib ustidan
chiziladi;
11
-
So’zdagi belgini almashtirish: “2=d” 2 – xarfni “d” xarfiga almashtirish, “r=p”
esa xarbir “r” belgi “p” belgiga almashtirish tushiniladi;
-
Rasm nomidagi belgilarning joylashgan o’rni tartib raqamini o’zgartirish orqali
yangi hosil qilish mumkin;
-
Rasmni teskari qo’yish orqali so’z ham teskari o’kiladi.
“Informatika” fanidan talabalar bilimini nazorat qilish va baholash uchun
quyidagi vazifalarni taklif etish mumkin: