42
Media Studio 7.1.1007.0 versiyasini iste’molga chiqardi.
Dastur foydalanuvchilarga obektlarni o‘zaro bog‘lashni
amalga oshirishga
yordam beradigan yuzlab vositalarni taqdim eta oladi.
AutoPlay Media Studio dasturi muhitida Visual Basic , Visual C++, Java,
Macromedia flash kabi qator tizimlarda yaratilgan hujjatlarni ham bemalol qayta
ishlash mumkin .
Dastur yordamida animatsiyalanuvchi menyuni,
kataloglar daraxtini,
ma’lumotlar bazasini va shunga o‘xshash obektlarni nafaqat tez yaratish, balki
ularni boshqarish ham mumkin.
Avtomatik ishga tushuvchi oynalarni o‘zining
kutubxonasidagi
“niqob”lardan foydalangan holda ixtiyoriy shaklda (formada) yaratish mumkin.
Bunday “niqob” sifatida .jpg, .bmp va .png kabi formatdagi fayllardan foydalanilsa
ham bo‘ladi.
Qolaversa, ma’lumotlarni CD uchun tayyorlagan holda uni dasturning
o‘zidan turib, CD yoki DVDga yoza olishi AutoPlay Media Studio dasturi naqadar
keng imkoniyatlarga ega ekanligini ko‘rsatadi.
Tayyor loyiha bunda .exe kengaytmali fayl sifatida o‘zi ochiluvchi arxiv
ko‘rinishda yoki qattiq diskdagi alohida papkada shakllantirilishi mumkin.