46
yaratishda bu obektlar dasturchiga imtiyozli yordam ko‘rsatadi. AutoPlayning
ajoyib xususiyatlaridan
yana biri shundaki, bu obektlar xossalarini tanlash uchun
maxsus xossalar panelini ham dasturchiga taqdim etadi va u orqali bir qiymatli
xossalar qiymatidan samarali foydalanish mumkin
Buyruq tugmalari grafik turda bo‘lganligi uchun loyiha kutubxonasida
mavjud bo‘lgan standart buyruq tugmalaridan tashqari
foydalanuvchi didiga mos
istalgan dizayndagi buyruq tugmalarini yangidan yaratish mumkin. Buning uchun
AutoPlay dastur oynasidagi “Tools” menyusining “Button Maker” bandiga
murojaat qilish etarli. Natijada “Untitled - AutoPlay Media Studio Button Maker”
sarlavhali muloqot oynasi yuzaga keladi (4-rasm).
Ushbu muloqot oynasi quyidagi tuzilmaga ega
1)
sarlavha satri;
2)
instrumentlar paneli satri;
3)
buyruq tugma hodisalari uchun asosiy ishchi panellar;
4)
xossalar paneli;
5)
rasm paneli;
6)
rasmni taxminiy ko‘rish paneli;
7)
holat satri.
Bu muloqot oynasida asosiy e’tibor tugmaning hodisalar paneliga qaratiladi.
Unda tugmaning “Up Normal”, “Up highlighting”, “Up disabled”, “Down
Normal”, “Down highlighting”, “Down Disabled” kabi hodisalari uchun alohida
rangdagi tugmalar, rasmlar va yozuvlar tanlanadi.
Interfaol metodlarni yaratishda kulay xamda oson bulgan dasturlardan yana
biri bu Ispring dasturidir. Bu dastur orkali biz ukuvchilarga yanada yaxshirok
bilim va malaka berishda kulay xisoblanadi. Ispring
dasturi erdamida biz test,
elektron kitob kabi innovatsiyalar yaratishimiz mumkin.
Ispring dasturida elektron kitob yaratish uchun Ispring Kinetics oynasini
ochamiz va