55
Dastlab dasturning JCloze bo‘limini ishga tushirib, uning asosiy oynasining
“Imya” qatoriga mavzu nomini va asosiy maydonga mavzu ma`ruzasini yoki
asosiy tushunchalarni kiritib olamiz. YAshirib qo‘yish uchun berkitib
qo‘yilayotgan so‘zni
yoki jumlani belgilab, “Probel” buyrug‘i bosiladi. Hosil
bo‘lgan oynada berkitib qo‘yilayotgan so‘zga uni topish uchun yo‘naltiruvchi so‘z
va turli shu so‘zga yaqin to‘g‘ri javoblar kiritiladi. Yo‘naltiruvchi so‘z berkitilgan
so‘zni topishda talabaga ko‘mak vazifasini bajaradi. Kalit so‘zlar va to‘g‘ri
keladigan javoblar kiritilib bo‘lgach OK ni bosib oldingi oynaga qaytiladi. “Fayl”
menyusining “Sozdat vebstranitsu” buyrug`ini yoki F6
tugmasini bosish orqali
yaratgan boshqotirmani Web sahifa ko‘rinishida saqlab olamiz. Nazorat
topshirig‘idagi yashiringan so‘zni topish uchun so‘roq tugmasini bosiladi va kalit
so‘zlar uni echishda talabalarga yordam vazifasini bajaradi. “Check”
tugmasini
bosish orqali esa talabaning bu topshiriqda qanday natija olganligini protsentlar
orqali o‘zlashtirish darajasini natijasini olishimiz mumkin.
“JSross”
bo‘limida esa
shu mavzusiga oid tushunchalar, ta’riflar,
dastur
imkoniyatlari va vazifalari qatoriga kiruvchi so‘zlardan
krossvord tuzishimiz
hamda talabalarda taqdim etish orqali nazorat o‘tkazishimiz mumkin. Buning
uchun dasturni JCrosss bo‘limini ishga tushiramiz.
56
Krossvordni berkitilgan so‘zlarini kiritish uchun esa rasmda ko‘rsatilgan
“Sozdat setku...” tugmasi bosiladi va bu oyna yordamida mavzuga oid bo‘lgan
so‘zlarni har birini alohida satrga ya’ni bir so‘zni kiritgandan so‘ng “Enter”
tugmasini bosib, so‘ng keyingi so‘z kiritilishi davom ettiramiz. YAkunda “Sozdat
setku” buyrug‘ini tanlaymiz.
YUqorida rasmda ko‘rib turganingizday biz kiritgan so‘zlardan dastur
krossvord ko‘rinishini avtomatik tarzda tuzib qo‘ydi.
endi bizning vazifamiz ushbu krossvorddagi so‘zlarga kalit so‘zlar kiritish
bo‘ladi. Buning uchun “Opredeleniya” tugmasini bosamiz. U oynada har so‘zni
satr va ustun ko‘rinishda tasvirlangan raqamlariga kalit so‘zlar kiritib chiqamiz.
Buning uchun shu so‘zni ustida bir marta
sichqoncha tugmasini bosamiz, ostida
57
paydo bo‘lgan kalit so‘z kiritish maydoniga kalit so‘zlarni
kiritamiz va OK ni
bosamiz. SHu tarzda har so‘zga kalit so‘zlar kiritilib boriladi.
Barcha so‘zlarga kalit so‘zlar kiritilib bo‘lgach oynaning ostki qismidagi OK
ni bosiladi. Oynaning “Fayl” menyusining “Sozdat vebstranitsu” buyrug`ini yoki
F6 tugmasini bosish orqali yaratgan krossvordimizni brouzer yordamida oynaga
boshqotirma ko‘rinishida taqdim etiladi.
Uni echish uchun raqam ustiga bir bosiladi va kalit so‘z
yordamida javob
topiladi.
Qisqacha qilib aytganda qolgan nazorat usullari ham huddi yuqoridagi kabi
amalga oshiriladi.