69
shu savollarni berib o’tadilar. Shu bilan dars jarayoni yanada qiziqarliroq bo’lib
o’tadi.
Ikki xil usuldagi dars ishlanmaning xulosasi
1-usul. Birinchi usuldagi dars ishlanmada interfaol metodlardan foydalanilgan.
Yangi mavzuni tushuntirishda innovatsion texnologiyalar ham qo’llanilgan.
Avtopley medio studiosi yordamida yaratilgan innovatsiya taqdim etilgan. Shu
innovatsiya orqali o’quvchilar ko’rib, eshitib, ham yozib borishlari natijasida
o’quvchilarni darsni o’zlashtirish ko’rsatkichi yanada ko’tariladi.
2-usul. Bu usul ham interfaol usullardan biri hisoblanadi. Bu usulda
yangi mavzu
bahs-munozara tarzida bo’lib o’tdi. Ya’ni o’qituvchi sinfni guruhlarga bo’lib
ishladi. Guruhlarga bo’lib avtoplay medio studiosi yordamida yaratilgan
innovatsiya taqdim etildi va shu innovatsiyada
yaratilgan krossvord hamda
ma’lumotlardan foydalanildi. Guruh bo’lib ishlanganda dars samaradorligi yana
ham ortadi. Chunki guruh bilan ishlanganda guruhdagi har bir o’quvchi dars
jarayoniga faol qatnashadilar. Hamda bu usulda qo’llangan metodlar ham darsning
samaradorligiga ta’sir qiladi.
Men dars jarayonini shu usul orqali o’tish yanada
yaxshiroq natijalar beradi
deb hisoblayman. Chunki guruh bilan ishlanganda har bir guruh o’zi faol
qatnashadilar. Hamda passiv o’zlashtiradigan o’quvchilar han sinfdoshlariga qarab
harakat qiladilar.