71
Innovatsion texnologiyalar
joriy etish tajribasini o’rganish va unga
maqsadli yondashish, o’quv jarayonini insonparvarlashtirish, bunda talabani sust
ob’ektdan faol sub’ektga
aylantirish, bilish faoliyatining aniq maqsadlarga
yo’nalganligini hamda o’quv jarayonini ishlab chiqarish jarayoni kabi
takrorlanuvchanligini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega bo’ladi.
Mening fikrimcha ta’limda ko’plab innovatsion usullar samarali bo’lib,
ayniqsa ta’limda aniq maqsad qo’yish yoki fanlararo bog’lash, aniq maqsadga
erishish ko’p foydali xisoblanadi. «Maqsadli yondashuv» uslubi ta’limda
o’quvchi, talabalarni ijodiy fikrlashga, fanning mazmun mohiyati va maqsadini
o’rgatadi. U nafaqat o’quv-bilim faoliyatini tizimlashtiradi, jadallashtiradi, balki
ta’lim oluvchilarning umumiy madaniyatini yuksaltirishga
ham xizmat qiladi,
predmetlararo bog’lanish tufayli maqsadlar turli darajada namoyon bo’ladi:
masalan informatika va axborot texnologiyalari fanining maqsad va darajalari
kuydagilardan iborat:
Informatika va axborot texnologiyalariga bog’liq bir necha fanlarni
birlashtirib, maxsus kurslar yaratish;
Informatika va axborot texnologiyalar o’quv
fanlarining turli
bo’laklarini ma’lum bir blokka birlashtirish;
bir mavzuni ikki yoki bir necha predmetlar asosida o’rganish;
bilimlarni umumlashtirish asosida axborot texnologiyalar bo’yicha
yaratilgan kurslarni o’rganish.