Informatika o’qitish metodikasi yo’nalishi 13. 404-guruh bitiruvchisi Ashurova Gulasal Baxadirovnaning “Informatika fanini o’qitishda innovatsion uslublarni ishlab chiqish va ularni dars jarayoniga tadbiq etish”




Download 2,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/36
Sana17.05.2024
Hajmi2,93 Mb.
#240450
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   36
Bog'liq
informatika fanini oqitishda innovatsion uslublarni ishlab chiqish (2)

 
 
 
 
 
 


58 
3.2. Informatika darsini innovatsion loyihalash qismi. 
Barchamizga ma’lumki, XXI asr – globallashuv davri, texnika asri deyiladi.. 
Bugungi kunda fan va texnika jadal suratda rivojlanib bormoqda, bu esa yangi 
texnologiyalardan foydalanib dars o‘tishni taqozo etadi. Kelajagimiz bo‘lgan 
yoshlarni yuksak madaniyatli, o‘tkir bilimli qilib tarbiyalashda har bir pedagog 
xodim o‘zini mas’ul shaxs ekanligini bilgan holda, dars samaradorligini oshirib 
borishi, yangi texnologiyalardan unumli foydalanishi dolzarb masala hisoblanadi.
Elektron resurslarni yaratish va ulardan oqilona foydalanish bugungi davr 
talabiga aylangan bir paytda, rivojlanib borayotgan texnika vositalaridan unumli 
foydalanish o‘rinli. Darhaqiqat V.M.Glushkov ta’kidlaganidek: “XXI asrda texnik 
rivojlangan davlatlarda axborotlarning asosiy qismi ovozsiz ko’rinishda EHM 
xotirasida saqlanadi. Bu bilan XXI asr boshida ushbu axborotdan foydalana 
olmagan kishi XX asr boshidagi o’qishni ham, yozishni ham bilmaydigan kishiga 
o’xshab qoladi”. 
Bugun barkamol avlod tarbiyasi barchaga sir emaski, davlat miqyosidagi 
masalalar darajasida ko’tarilgan. O’z erkin fikriga ega, mustaqil hayotda qoqilmay 
o’zining ishonchli va sobit qadamlari bilan kirib boradigan yosh avlodni 
tarbiyalash, avvalo, oila mas’uliyatini, qolaversa, ustoz murabbiylardan katta 
fidoiylikni talab etadi. Ustozlar davr talabiga mos holda ta’lim-tarbiya berishda
o’zlari ushbu kun yangiliklaridan boxabar, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy sohadagi 
o’zgarishlarni mazmun-mohiyatini to’g‘ri anglab yetgan holda o’quvchi yoshlarga 
sodda, qalbiga yetib boradigan qilib, tushunarli usullardan foydalanib darslarni 
tashkil etishlari zarur. Bunda informatika o’qituvchilariga o’z fanini yaxshi 
o’zlashtirishidan tashqari, bugungi zamonaviy axborot kommunikativ 
texnologiyalarini mukammal bilishlari talab etiladi. 
Ta’limda axborot- kommunikatsiya texnologiyalarini qo’llaganda o’quvchi 
eshitish, ko’rish, ko’rganlari asosida mustaqil fikrlash imkoniyatiga ega bo’ladi. 
Ta’lim jarayonida axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan 


59 
holda darslarni interfaol usullarda tashkillashtirish uchun ma’lum bir shart – 
sharoitlar mavjud.
Zamonaviy 
axborot 
kommunikatsiya 
texnologiyalari 
va 
axborot 
texnologiyalari mavzusi bugungi kunning dolzarb mavzularidan biridir. Bugungi 
kun o’quvchisi nafaqat bilim, ko’nikma, malakalarini o’zlashtira oladi va shu bilan 
bir qatorda ular ongiga milliy istiqlol g‘oyasi singdirilib boriladi. Zero, XXI asr 
axborot texnologiyalari asridir.
Axborot texnologiyalari asrida har bir yosh avlod kompyuterdan samarali va 
unumli foydalanib borishi o’rgatiladi. Shunday ekan shiddat bilan hayotimizga 
kirib kelayotgan internetdan foydalanish madaniyatiga ham ega bo’lishi kerak. 
Bu dars ishlanmada “Nuqtai nazar”, “Aqliy hujum”, “Ajratish” va “T” kabi 
usullardan foydalanish o’quvchidagi BKMlarni mustahkamlashga, jamiyatda 
o’zining mustaqil fikriga ega bo’lishga, o’z Vatani bilan faxrlanish g‘ururi bugungi 
kunda O’zbekistonda ro’y berayotgan o’zgarishlarni anglay olish va Mustaqil 
Vatanimizning o’tmishi bilan faxrlanish, bag‘rikenglik, do’stlik, kelajakdagi fan 
taraqqiyoti to’g‘risidagi tushunchalarini shakllantirishga yordam beradi.

Download 2,93 Mb.
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   36




Download 2,93 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Informatika o’qitish metodikasi yo’nalishi 13. 404-guruh bitiruvchisi Ashurova Gulasal Baxadirovnaning “Informatika fanini o’qitishda innovatsion uslublarni ishlab chiqish va ularni dars jarayoniga tadbiq etish”

Download 2,93 Mb.
Pdf ko'rish