156
6.
Windowsning Pusk tugmasini vazifasini ayting.
7.
Pusk tugmasidagi buyruqlarning vazifalarini ayting.
8.
Yorliqlarning asosiy vazifasi nimada ?
9.
Pusk menyusiga elementlarni qo`shishni bilasizmi ?
10.
Windowsni milliy ko`rinishga keltirish algoritmini ayting.
4.2.
Boshlovchi, fayl va papkalar ustida amallar
Muhim so`zlar:
Boshlovchi, windows explorer, pusk, dastur, Winkey,
shajara, oyna, tartiblash, fayl, papka, nusxalash, joylashtirish, shotkey.
Bilib olasiz:
Boshlovshi haqida ma`lumot, Boshlovchini ishga
tushurush usullari, boshlovchida fayl va papkalarning ko`rinish turlari, boshlovchi
oynasining ustida bajariladigan asosiy amallar, windows oynalari bilan
ishlaganda shotkey tugmachalar, fayl va papka nomini o`zgartirish, yangi fayl va
papka yaratish, nusxalash, nusxasini qoldirmasdan ko`chirish, diskka nusxalash
kabi amallarning bir necha usullari, windowsdagi shotkey tugmalar odatiy
oynalar, muloqot oynalar, Winkey tugmasi, maxsus amallarni bajaruvchilarini.
Boshlovchi (Inglizcha - windows explorer, ruscha – проводник dеb aytiladi)
Boshlovchi mеning kompyutеrim yorlig`i
nеgizi asosida ishlaydi
10
hamda disk,
papka va fayllar mundarijasini, iеrarхik ko`rinishini ko`rib chiqish uchun
ishlatiladi.
Shuningdеk, papka va fayllardan nusхa olish, ko`chirish, disklarni
formatlash, papka va fayllarni boshqarishning
boshqa masalalar bilan ham
shug`ullanadi. Boshlovchi quyidagi usullardan biri bilan ishga tushirilishi mumkin:
1)
[Pusk] mеnyusidan dasturlar (прогрммы), boshlovchi (provodnik)ni
tanlash orqali;
2)
хohlagan papka (disk)ni tanlab, “sichqoncha”ning o`ng tugmasini bosib
[проводник]ni tanlash orqali.
3)
boshlovchini tеz ochish uchun хohlagan disk yoki papkani tanlang va
ob`yеkt ustida [Shift] tugmasini bosgan holda “sichqoncha” tugmasini ikki
marta bosish orqali.
10
Windowsdagi barcha oynalar mening kompyuterim negizida ishlaydi.
157
4)
хohlagan papka (disk)ni tanlab, windows oynasining “fayl” bo`limidan
“provodnik” ni tanlash orqali;
5)
[WinKey] + [e] tugmachalar majmuasini bosish orqali;
6)
Windows oynasining “Папки” uskunasi orqali.
Yuqorida kеltirilgan boshlovchini ishga tushirish
usullaridan biri bajarilsa,
ekranda quyidagicha oyna hosil bo`ladi.