245
1.
Takrorlanish operatorlari necha guruhga bo`linadi ?
2.
While operatorining umumiy yozilishi qanday ?
3.
While operatorida shart qachon keladi ?
4.
While operatorining ishlash tamoyilini tushunturing.
5.
Do While operatorining umumiy yozilishi qanday ?
6.
Do While operatorida shart qachon keladi ?
7.
Do While operatorining ishlash tamoyilini tushunturing.
8.
if operatorining umumiy yozilishi qanday ?
9.
if operatorida shart qachon keladi ?
10.
if operatorining ishlash tamoyilini tushunturing.
5.8. O`tish operatorlari
Muhim so`zlar:
takrorlash jarayonlari, break, continue, go to, o`tish.
Bilib olasiz:
break, continue, go to operatorlarining vazifalari,
ishlatilishi, o`tish operatorlaridan foydalanish afzalliklarini.
Break operatori.
Ba`zi hollarda takrorlash bajarilishini
ixtiyoriy joyda
to`xtatishga to`g`ri keladi. Bu vazifani break operatori bajarishga imkon beradi. Bu
operator darhol takrorlash bajarilishini to`xtatadi va
boshqaruvni takrorlashdan
keyingi operatorlarga uzatadi. Masalan, o`quvchining n ta olgan baholariga qarab
uning o`qish sifatini aniqlovchi dasturini ko`ramiz.
Buning uchun dasturda
o`quvchining olgan minimal bahosi aniqlanadi
18-listing
.
Output:
# include
void main()
{ int i,n,min,p;
while (1)
{ cout<<("Xato! n>0 bo`lishi lozim ! \n");
cout<<"Baholar soni="; cin>>n;
if (n>0) break; };
246
for (i=1,min=5; i<=n; i++) {
cin >> p;
if ((p<2)||(p>5)) { min=0; break; };
if (min>p) min=p;
if ((p<2)||(p>5)) break;
switch(min) {
case 0:cout<<"Baho noto`g`ri kiritilgan"; break;
case 2:cout<<"Talaba yomon o`qiydi";break;
case 3:cout<<"Talaba o`rtacha o`qiydi";break;
case 4:cout<<"Talaba yaxshi o`qiydi";break;
case 5:cout<<"Talaba a`lo o`qiydi";break; }}}
Biz misolda xato kiritilgan n qiymatdan saqlanish uchun
while(1)
takrorlash
kiritilgan. Agar
n>0
bo`lsa
Break
operatori takrorlashni to`xtatadi
va dastur
bajarilishi davom etadi. Agar kiritilayotgan baholar chegarada yotmasa min ga 0
qiymat berilib darhol takrorlashdan chiqiladi.