33
3.
AT larining ichki va tashqi omillarini sanab bering.
4.
AT necha bosqichdan iborat?
5.
Har bir bosqichning vositalarini sanab bering.
6.
Beshinchi va to`rtinchi bosqichlarning farqi nimada?
7.
AT turlarini ayting.
8.
Robototexnika sohasi haqida nimalarni bilasiz?
9.
Ta`lim-tarbiya sohasida AT qo`llash bo`yicha gapirib bering.
10.
Kompyuter va san`at haqida nima bilasiz?
1.5. EHM arifmetik asosi va sanoq sistemalar
Muhim so`zlar:
Sanoq sistema (SS), belgi, raqam, son, pozitsion,
nopozitsion, kodlash, bit, bayt, Kbayt, Mbayt, Gbayt, qo`shish, ayirish,
ko`paytirish, bo`lish, triada, tetrada.
Bilib olasiz:
sanoq sistema ta`rifi, SS turlari, axborotni o`lchash,
kodlash, o`lchash birliklari va miqdorlari, SSdan SSga o`tish formulasi, ikkilik,
sakkizlik, o`n oltilik SS da amallar, bir SS dan ikkinchi SSga o`tish usullari (triada,
tetrada
).
EHM ─ bu raqamli aхborotlar qurilmasidir.
Raqamli aхborot dеyilishiga
sabab EHMda har qanday aхborot raqamlar yordamida tasvirlanadi.
Raqamlar
kombinasiyasidan sonlar hosil bo`ladi. Raqamlar chеkli, sonlar esa chеksizdir.
Bir хil ko`rinishda raqamlarni tasvirlash uchun ishlatiladigan raqamli
bеlgilar va ularni yozish qoidalari sanoq sistеmalar dеb ataladi.
Sonlarni yozish usuliga mos sanoq sistеmasi tanlaniladi. Sonlarni yozish uchun
har bir sanoq sistеmasida o`ziga хos turli bеlgilar to`plamidan foydalaniladi.
Foydalanilgan to`plamdagi