Matnlarni kiritish va saqlash




Download 1,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/91
Sana14.05.2024
Hajmi1,78 Mb.
#231443
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   91
Bog'liq
informatika va axborot texnologiyalari.

Matnlarni kiritish va saqlash 
Agar buyruqlar satrida argumentsiz (faylning nomini ko’rsatmasdan) WORDni 
inga tushirgan bo’lsangiz u holda kompyuter yangi hujjatni “Doqument 1” shartli nom 
bilan berishni taklif etadi. Ushbu hujjatning Normal.Dat fayl standart fayl shaklida 
saqlanadi. Yangi sahifa ochilgandan so’ng kerakli hujjat klaviatura tugmalari orqali 
kiritiladi.


Odatda matn klaviatura qurulmasidan terib kiritiladi. Dastlab, ko’rsatkich 
(kursor) ekranda kerakli joyga keltiriladi. Kiritilayotgan matn ko’rsatkich turgan joyga 
joylashadi.
Agar kiril alifbosidan lotin alifbosiga o’tish lozim bo’lsa, [Alt], [Shift] tugmalari 
majmuasidan foydalaniladi. Klaviatura drayverlari har xil bo’lganligi sababli, kirill 
alifbosidan lotin alifbosiga o’tish, ba'zan ikki marta [Shift] yoki [Ctrl] bilan birgalikda 
bosilganda bo’lishi ham mumkin.
Yangi abzatsdan matnni kiritishni boshlash uchun qator nihoyasida [Enter] 
tugmasini bosish lozim, aks holda Ko’rsatkich avtomatik ravishda qator oxiridan yangi 
qator boshiga keladi. Matndagi keraksiz jumlalarni o’chirish uchun Ko’rsatkich 
mazkur belgi old tomonga keltiriladi va [Del] tugmachasi yordamida o’chiriladi. 
[BackSpace] tugmachasini ko’rsatkich chap tomonidagi belgilarni, [Shift]+[Del] 
tugmalari majmuasi va ko’rsatkichdan o’ng tomonda turgan barcha belgilarni qator 
oxirigacha o’chirish uchun xizmat qiladi. [Shift]+[BackSpace] tugmalari majmuasi 
ko’rsatkich olditda joylashgan barcha simvollarni qator boshigacha o’chirish uchun 
xizmat qiladi.
Matndagi biror qatorni ikkiga bo’lish uchun bo’linadagin matn maydoniga 
ko’rsatgich keltiralidi va [Enter] tugmachasi bosiladi. Ikki qatorni birlashtirish uchun 
birinchi qator oxirigacha Ko’rsatkich keltiriladi va [Del] tugmasi bosiladi.
Hujjatni (yoki uning bir qismini) tayyorlab bo’lgandan keyin ixtiyoriy nom va 
DOC kengaytgichi bilan « Soxranit kak…» buyrug’i orqali saqlab qo’yishingiz yoki 
menyudagi fayl bo’limiga kirib, «Soxranit» satrini tanlash yo’li bilan uni xotirada 
saqlab qo’yishingiz mumkin.
Xotirada saqlab qo’yilgan faylni yana tahrir ktilish zarur bo’lsa, Word 
menyusidagi Fayl bo’limidan Otkro`t buyrug’i tanlanadi va fayl nomi beriladi.
Natijada ekranda matn hosil bo’ladi. O’z navbatida matnni tahrir qilish yoki 
chop qilishni davom ettirish mumkin.

Download 1,78 Mb.
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   91




Download 1,78 Mb.
Pdf ko'rish