|
Informatika va axborot texnologiyalari faniga kirishBog'liq informatika va axborot texnologiyalari.«Format» bo’limi
«Format» bo’limida sahifalarning o’lchamlarni kiritish, turli xil shiriftlarni
o’rnatish va bekor qilish, chapdan, o’ngdan, yo’qoridan va qo’yidan kerakli xajmda
bush joy qoldirish kabi ishlarni amalga oshirish mumkin.
«Servis» bo’limi
«Servis» bo’limida hujjatlarning to’g’ri yozilganligini nazorat qilish, tugirlash
kabi ishlarni amalga oshirish mumkin
.
Jadvallar ustida amallar. «Tablitsa» bo’limi
«Tablitsa» bo’limida jadval tashkil etish, jadval katakchalarpi ustida ishlash va
jadvallardagi ma'lumotlarni saralash ishlarini amalga oshirish imkonini beradi.
Yangi oyna ochish. «Okno» bo’limi
«Okno» bo’limi yordamida yangi oyna ochish, yangi oynaga boshqa hujjatni
chakirish va tahrir qilish, lozim joylarini qirqib olib boshqa oynaga o’tkazish kabi
ishlarni bajarish mumkin.
Yordam olish. «Spravka» bo’limi
«Spravka» bo’limi yordamida Wordda ishlash haqida ma'lumot olish, Microsoft
Web va boshqa dasturlar haqida ma'lumot olish mumkin.
Jadval tashkil etish. «Tablitsa» bo’limi
Jadval tashkil etish uchun menyudagi «Tablitsa» bo’limiga kirib, «Vstavit
tablitsa» qatori tanlanadi. Ekranda suroq vazifasini bajargan holda satr va ustunlar
sonini kiritishni talab qiluvchi oyna hosil bo’ladi.
Kerakli ustun va satrlar sonini kiritib [Enter] yoki [Oq] tugmalari bosiladi.
Masalar 12 satr va 11 ustundan iborat jadvalni hosil qilish uchun “Chislo strok”
bandida 12 sonini, “Chislo stolbets” bandida 11 sonini kiritish lozim va [Oq] buyrug’i
beriladi. Natijada ekranda jadval hosil bo’ladi.
Kiritilgan jadvaldagi satr yoki ustunlar soni ko’p bo’lganda ularni kamaytirish
uchun kerakli satr tanlab olinib, menyudagi “Tablitsa” bo’limiga kirib, “Udalit
yacheyke” qatori tanlanadi. Kiritilgan jadvaldagi satr yoki ustunlar soni yetmay
qolganda ularning sonini ko’paytirish uchun ixtiyoriy bir satr tanlab olinib, menyudagi
“Tablitsa” bo’limiga kirib, “Vstavit yacheyki” qatoriga kelib [Enter] tugmasi yoki
“sichqoncha”ning o’ng tugmachasi bosiladi, natijada katakchalarning o’lchamlarini
o’zgartirish imkonini beradi.
|
| |