tilida bu bo’limlarning qanday ahamiyati bor? Ular bizga qanday vazifalarni




Download 1,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/91
Sana14.05.2024
Hajmi1,78 Mb.
#231443
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   91
Bog'liq
informatika va axborot texnologiyalari.

tilida bu bo’limlarning qanday ahamiyati bor? Ular bizga qanday vazifalarni 
bajarishimizni osonlashtiradi?)
 
Dasturlashtirishda bajariladigan harakatlar kontseptsiyasi 
Shuni eslatib o’tish lozimki, 
dastur 
bu – masalani yechish jarayonini 
ifodalovchi, ma'lum bir tilda ifodalangan, algoritm bo’lib, EHM bajaruvchi vosita 
hisoblanadi. Paskal tilida yozilgan dastur to’gridan-to’gri EHMga emas, balki biror 
bajaruvchiga muljallanki, unda qanday toifadagi qiymatlar bilan ishlay olishi va 
qo’shimcha ko’rsatmalarsiz qanday amallarni bajara olishi belgilab bo’lishi kerak. 
U yoki bu masalani yechish uchun kattaliklar ustida bajarilishi kerak bo’lgan 
amallarni ko’rsatish uchun algoritmik tilda operator tushunchasi xizmat qiladi. 
Dasturdagi har bir operator ma'lumotlarga ishlov berishning mustaqil, mantikan 
tugallangan bosqichini ifodalaydi. Paskalda operatorning 8 ta turi ko’zda tutilgan. Har 
qanday masalani yechish (bu berilgan ma'lum kattaliklardan) aniq qoidalar bo’yicha, 
berilgan kattaliklardan boshqa kattaliklarni keltirib chiqarish jarayonidan iboratdir. 
Yangi kattaliklarni hosil qilish qoidasi Paskalda ifodalar orqali beriladi. Oddiy hollarda 
masalaning yechimini bitta formula yordamida ko’rsatish mumkin. 
Masalan, to’gri burchakli uchburchakni berilgan a va v katetlar uzunligi 
yordamida gipotenuza uzunligini topish uchun formula yordamida hisoblash o’tkazish 
kifoya. Mana shunday, berilgan ifodaga karab, yangi qiymatni hisoblash kidasini 
berish uchun paskal operatorlaridan biri – o’zlashtirish operatori ishlatiladi. Bunda 
berilgan formula bo’yicha hisoblangan qiymat biror o’zgaruvchiga beriladi. Dastur 
tuzish jarayonida faqatgina o’zlashtirish operatorlari bilan chegaralanishning iloji yo’q. 
Dasturda hisoblashlarning barcha yo’llari kuzda to’tilgan bo’lishi va qanday hollarda u 
yoki bu hisoblash yo’li tanlanishi kerakligi haqida axborot berilishi zarur. 
Hisoblash jarayonlarini tashkil etish uchun tanlash operatorlari va o’tish 
operatorlari ko’zda tutilgan. Bu kategoriyaga yana ulash operatorini ham kiritish 
mumkin: bu ham tanlash operatori ammo u yordamida amallar emas, balki qayta 


ishlashga beriladigan ma'lumotlar tanlanadi. Paskaldagi ma'lumotlarning aralash toifasi 
sababli bu operator mavjuddir. Paskal tili yetarli samaradagi dasturni olish uchun 
zamonaviy EHMning umumiy tavsifdagi tomonlarini hisobga oladi. Ko’p oddiy 
algoritmlarni dasturlashtirishda asosan o’zlashtirish, kiritish-chiqarish operatorlaridan 
foydalaniladi. Quyida shu operatorlarni ko’rib chiqamiz. 

Download 1,78 Mb.
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   91




Download 1,78 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



tilida bu bo’limlarning qanday ahamiyati bor? Ular bizga qanday vazifalarni

Download 1,78 Mb.
Pdf ko'rish