|
Informatika va axborot texnologiyalari faniga kirishBog'liq informatika va axborot texnologiyalari.3.
Protseduraning va funktsiyaning dasturdagi urni va ularning yozilishi.
Bu paytgacha ko’rib chiqilgan operatorlarning hammasi aniq bir marotaba
bajariladigan buyruqlar tizimini tashkil qiladi. Ko’rib chiqilgan operatorlar orqali
faqatgina oddiy hisoblarnigina bajarish mumkin. Hakikatdan bunday oddiy
ko’rinishdagi masalalarga dastur tuzib, uni EHMga kirgazib, xatosi bo’lcha uni
to’grilab natija olishga sarflagan vaqtni yarmisini sarflagan holda, bunday masalalarni
oddiy kalkulyatorda ham, dastur tuzmasdan hisoblash mumkin.
Amaliyotda murakkab jarayonlarni dasturlashda ma'lum buyruqlar ketma-
ketligini ma'lum shartlar asosida qayta-qayta bajarish zaruriyati tugiladi. Yuqorida
o’tilgan ma'ruzalardan bilamizki, ma'lum bir o’zgaruvchining turli qiymatlarida
ma'lum buyruqlar tizimining biror bir qonuniyatga asosan qayta-qayta bajarilishi
takrorlanuvchi hisoblash jarayoni (sikl) deb ataladi.
Takrorlanuvchi hisoblash jarayonining takror-takror hisoblanadigan qismini
takrorlanishning tanasi (jismi)
deb ataladi.
Takrorlanish ichida qiymatlari o’zgarib boradigan o’zgaruvchini takrorlanish
o’zgaruvchisi yoki takrorlanishning boshqaruvchi
o’zgaruvchisi (sikl parametri)
deb
yuritiladi.
Takrorlanuvchi jarayonning algoritmi umumiy holda quyidagilarni o’z ichiga
olishi kerak:
1.
Takrorlanishni tayerlash – takrorlanishni boshlashdan oldin, takrorlanishda
qatnashadigan o’zgaruvchilarning boshlangich qiymatlari yoki takrorlanish
o’zgaruvchisining boshlangich qiymati urnatiladi, takrorlanish o’zgaruvchisining
o’zgarish qadami belgilanadi.
2.
Takrorlanish tanasi – takrorlanish o’zgaruvchilarning turli qiymatlari uchun
takror bajariladigan amallar ketma-ketligi ko’rsatiladi.
3.
Takrorlanish o’zgaruvchisiga yangi qiymat berish – har bir takrorlanishdan
avval o’zgaruvchiga o’zgarish qadamiga mos ravishda yangi qiymat beriladi.
4.
Takrorlanishni boshqarish – takrorlanishni davom ettirish sharti tekshiriladi,
takrorlanishning boshiga o’tish ko’rsatiladi.
Takrorlanish operatorining 3 xil ko’rinishlari va Paskalning ularga mos
operatorlari.
Paskal algoritmik tilida uch xil ko’rinishda takrorlanuvchi hisoblash jarayonini
tashkil qilish mumkin va bu jarayonlarni dasturlash uchun maxsus operatorlar
belgilangan:
-avval sharti tekshiriladigan (sharti oldin kelgan «hozircha») takrorlanish
jarayoni, bu maxsus
|
| |