• Tursinsaitov Mansurbek Yokubovich
  • Kalit so’zlar
  • “informatika va axborot texnologiyalari” fanini o‘qitishda elektron ta’lim resurslaridan fayodalanish




    Download 297,23 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet1/2
    Sana01.12.2023
    Hajmi297,23 Kb.
    #109345
      1   2
    Bog'liq
    Sulaymanova Dildora Baxtiyorovna



    “INFORMATIKA VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI” FANINI O‘QITISHDA 
    ELEKTRON TA’LIM RESURSLARIDAN FAYODALANISH 
     
    Sulaymanova Dildora Baxtiyorovna 
    Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali. 
    Energetika va mashinasozlik fakulteti “Matematika va informatika” kafedrasi mudiri. 
    p.f.f.d. (PhD) 
    Tursinsaitov Mansurbek Yokubovich 
    Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali. 
    Energetika va mashinasozlik fakulteti 7-22 MT guruh talabasi 
     
    Annotatsiya
    Informatika va axborot texnologiyalari” fanini o‘qitishda 
    elektron ta’lim resurslaridan fayodalanish haqida so’z boradi 
    Kalit so’zlar: Informatika va axborot texnologiyalari elektron resurslar
    elektron ta'lim resurslari, 
    “Ispring”, axborot 
    Hozirgi vaqtda 
    “Informatika va axborot texnologiyalari” fanini o‘qitishda , fan 
    va texnologiyalarning taraqqiy etishi natijasida zamonaviy darsni ko‘rgazmalilik, 
    ko‘rsatmalilik tamoyillarisiz tasavvur etib bo‘lmaydi.
    Informatika va axborot texnologiyalari ko‘p sabablarga ko‘ra favqulodda 
    noodatiy fan hisoblanadi. CHunki bu fanni o‘qitishda o‘quv dasturidagi eng yangi, 
    eng istiqbolli, eng dinamik va boshqa o‘ta qiziq va yangi texnologiya hamda 
    materiallardan foydalanish kerak. SHuningdek, dars uchun o‘qituvchi va o‘quvchi 
    ixtiyorida bo‘lgan kompyuter texnologiyalari imkoniyatlaridan unumli foydalanish 
    uchun fanning o‘quv qo‘llanmalari ham g‘ayrioddiy bo‘lishi kerak. 
    A.Asmolov ham buni ta’kidlab: “... bizga dasturlarni kengaytirish, turli xil o‘quv 
    vositalari zarur. 
    SHu ma’noda turli yo‘nalishdagi elektron ta’lim resurslari (ETM) 
    mavjud variantlar doirasini kengaytirishga yordam beradi. Bu nimani anglatadi? Bu 
    individual dasturingiz bo‘yicha rivojlanish imkoniyati, rivojlanish «yo‘li». ETM, 
    darsliklar singari, muayyan 
    ta’lim sohalarida haqiqatni o‘zlashtirishning noyob 
    madaniy vositalaridan biridir” [1].
    Elektron resurslar - bu elektron ma'lumotlar (raqamlar, harflar, belgilar yoki 
    ularning kombinatsiyasi ko'rinishidagi ma'lumotlar), elektron dasturlar (ma'lum 
    vazifalarni bajaradigan operatorlar yoki kichik dasturlar to'plami, shu jumladan 
    ma'lumotlarni qayta ishlash) yoki bitta resursda ushbu turlarning kombinatsiyasi. 
    "Elektron ta'lim resurslari" -atamasi kompyuter texnologiyalari asosida ishlab 
    chiqiladigan va ko'paytiriladigan o'quv qo'llanmalarining butun majmuasini 
    birlashtiradi.
    Elektron resurslar quyidagilarni ta’minlab beradi: 
    • o‘zlashtirish vaqtini qisqartiradi; 


    • dars tarkibi, vazifalarning aniqligi tufayli o‘quv faoliyatini optimallashtiradi; 
    • darsda ishtirok etmagan o‘quvchilarning o‘tilgan mavzuni o‘zlashtirmay qolib 
    ketishlarini oldini oladi; 
    • xohlovchilarning rivojlanish darajasini oshirish uchun qo‘shimcha materiallar 
    beradi; 
    • individual tarzda moslashish, axborotni hissiy idrok etishning har xil turlari 
    orqali motivatsiyani oshiradi; 
    • axborot madaniyatini shakllantirish, ta’lim jarayonini boshqarish va tuzatish 
    imkoniyatlarini yaratish. 
    Ammo har bir o‘qituvchining amaliy faoliyatida ko‘p sonli bepul elektron ta’lim 
    manbalariga ega bo‘lishiga qaramay, tayyor resurs har doim ham o‘ylangan 
    ma’lumotni aks ettirmaydigan vaziyatlar yuzaga keladi. Masalan, o‘qituvchining shu 
    o‘tilishi kerak bo‘lgan mavzuga oid shaxsiy g‘oyasi bo‘lishi mumkin hamda uni 
    amalga oshirish uchun oldindan ishlab chiqilgan texnik va dasturiy ta’minot, resurs 
    mavjud bo‘lmasligi mumkin. Bunday hollarda, albatta, bunday elektron ta’lim 
    resursini m
    ustaqil ravishda yaratish zarur bo‘ladi hamda o‘qituvchidan uni yaratish 
    ko‘nikmalari talab qilinadi. 
    Elektron ta’lim resurslarini yaratishda keng ishlatilib kelinayotgan dasturiy 
    ta’minotlardan biri “Ispring” dasturi hisoblanadi. Odatda, taqdimotni o‘tkazishga 
    tayyorlanish jarayonida aksariyat hollarda Microsoft - PowerPoint dasturiy 
    ta’minotidan foydalaniladi. Ammo bunday taqdimotlar faqat mazkur mahsulot 
    formatidagina bo‘lishi mumkin (ppt, pptx). Hozirgi vaqtda internet 
    texnologiyalarining rivojlanishi v
    a o‘z navbatida masofali ta’lim turining paydo 
    bo‘lishi natijasida taqdimot fayllarini internet brauzerining o‘zida onlayn ravishda 
    to‘g‘ridan to‘g‘ri ko‘rish uchun flash (swf) formatida yoki HTML 5 texnologiyasi 
    asosida yaratilgan fayl bo‘lishi kerak. Hozirga kelib, PowerPoint dasturida 
    tayyorlangan taqdimotdan flash-rolik shakllantirish imkoniyatini beruvchi dasturlar 
    yaratilgan
    .[2]
    Power Point hamda unda joylashtirilgan iSpring dasturidan foydalanish 
    o‘quvchilarga quyidagilarga imkon beradi: 
    • kerakli materiallarni topishda mustaqil ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish; 
    • kreativlikni rivojlantirish; 
    • yangi va samarali ish uslubini namoyish etish. 
    So‘nggi yillarda jamiyat hamda ta’lim sohasini axborotlashtirish, sifatli ta’lim 
    xizmatlari ko‘rsatish borasida olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, fan va 
    texnologiyalarning rivojlanishi hamda olimlarimizning axborot texnologiyalaridan 
    o‘qitish jarayonida foydalanish borasidagi salmoqli ilmiy ishlariga qaramay, ta’limni 
    axborotlashtirish, elektron ta’lim resurslarini yaratish va qo‘llash mexanizmi
    texnologiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish masalalari juda dolzarb bo’lib 
    qolmoqda. 



    Download 297,23 Kb.
      1   2




    Download 297,23 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    “informatika va axborot texnologiyalari” fanini o‘qitishda elektron ta’lim resurslaridan fayodalanish

    Download 297,23 Kb.
    Pdf ko'rish