• Tayanch iboralar
  • Zamonaviy ta’limda ilg’or xorijiy tajribalar sifatida qo’llanilayotgan o’qitish shakllariga quyidagtlarni keltirish mumkin: Modulli o’qitish
  • Blended learning (aralash o’qitish).
  • Informatika va axborot texnologiyalari fanini o’qitishda ilg’or xorijiy tajribalar Reja




    Download 124,12 Kb.
    bet1/4
    Sana14.02.2024
    Hajmi124,12 Kb.
    #156524
      1   2   3   4
    Bog'liq
    1-Mavzu



    Informatika va axborot texnologiyalari fanini o’qitishda ilg’or xorijiy tajribalar

    Reja:

    1. Rivojlangan davlatlarda informatika va axborot texnologiyalari fanining mazmuni va uni o’qitishda ilg’or tajribalar.

    2. Xorij ta’lim tizimida axborot-kommunikasiya texnologiyalari.

    Tayanch iboralar: kommunikasiya, texnologiya, vebinar, Evristik tyutor, edvayzer, fasilitator, moderator, integrasiya, an’anaviy ta’lim, zamonaviy ta’lim, interfaol ta’limning omillari.
    1. Rivojlangan davlatlarda informatika va axborot texnologiyalari fanining mazmuni va uni o’qitishda ilg’or tajribalar
    Zamonaviy ta’limda ilg’or xorijiy tajribalar sifatida qo’llanilayotgan o’qitish shakllariga quyidagtlarni keltirish mumkin:
    Modulli o’qitish - o’qitishning istiqbolli tizimlaridan biri hisoblanadi, chunki u ta’lim oluvchilarning bilim imkoniyatlarini va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish tizimiga moslashgandir.
    An’anaviy ta’limda o’quv maksadlari pedagog faoliyati orqali ifodalangan ya’ni bilim berishga yo’naltirilgan bo’lsa, modulli o’qitishda ta’lim oluvchilar faoliyati orqali ifodalanib, kasbiy faoliyatga yo’naltirilgan bo’ladi.

    Blended learning (aralash o’qitish). Axborot texnologiyalari ta’limning turli yangi ko’rinishlarini taklif etmoqda, xususan keyingi vaqtlarda modulli ta’lim tizimida majmuaviy yondashuv tamoyili kuchayib bormoqda. Unda turli shakl, usullar moslashtirilgan holda joylashtirilishi aralash ta’limning innovasiya sifatida kirib kelishiga sabab bo’ldi.
    Deklan Bern "blended learning" (aralash ta’lim) haqida shunday deydi – “ushbu ta’lim boy pedagogik tajribadan samarali foydalanishga qaratilgan”. Bunday yondashuv axborotni taqdim etishda turli uslubiyotlardan foydalanishni, ta’limni tashkil etishda va ta’lim jarayonida axborot texnologiyalari, yakka tarzda va guruhlarda an’anaviy faoliyatni tashkil etishga asoslanishi mumkin. Bunday turlicha yondashuv o’quvchini charchatmaydi va o’qishga bo’lgan motivlarini kuchaytiradi. Asosiy masala - tanlangan uslubiyotlarning o’zaro mutanosibligini ta’minlash va kam harajat asosida yuqori samaradorlikka erishish hisoblanadi.
    Bugungi kunda blended learning kunduzgi an’anaviy ta’lim va masofaviy ta’limning unsurlari kombinasiyasi hisoblanib, bunda an’anaviy metodika va yangi texnologiyalarni uyg’unlashtirishga imkon yaratiladi. Bu tizimda o’qituvchi ta’lim markazida qoladi va internet imkoniyatlaridan keng va samarali foydalanadi. Blended learning masofaviy ta’lim (Distancye learning), sinf xonada ta’lim (Fake-to-Fake learning) va internet orqali ta’lim (Online learning)dan iborat.

    Download 124,12 Kb.
      1   2   3   4




    Download 124,12 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Informatika va axborot texnologiyalari fanini o’qitishda ilg’or xorijiy tajribalar Reja

    Download 124,12 Kb.