• «operatsion»
  • «dasturli ta’minoti» , «texnik ta’minoti» va «operatsion sistema»
  • «Informatika va axborot texnologiyalari» kafedrasi Mavzu: Kompyuter dasturiy ta’minoti va uni o`qitish asoslari Qabul qildi: f-m f. n. A. A. Ibragimov




    Download 113.5 Kb.
    bet4/9
    Sana23.01.2023
    Hajmi113.5 Kb.
    #39146
    1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    «Informatika va axborot texnologiyalari» kafedrasi Mavzu Kompyu

    Kichik nashriyot tizimlari «kompyuterli nashriyot faoliyati» axborot texnologiyasini ta’minlaydi, matnni formatlash va taxrirlash, avtomatik ravishda betlarga ajratish, xat boshlarini yaratish, rangli grafikani matn orasiga qo`yish va xokazolarni bajaradi.
    5. Operatsion sistema – tizimli dasturiy vosita.
    «Operatsion sistema» tushunchasiga aniq ta’rif berish qiyin. Chunki «sistema» so`zi turli soha mutaxassislari tomonidan keng qo`llaniladi va turlicha talqin qilinadi; «operatsion» so`zi esa to`g`ridan-to`g`ri tarjimada «amal» degan ma’noni anglatsada, uning tub mohiyatini bu birgina so`z bilan aniq tavsiflab bo`lmaydi.
    Xo`sh, unda «Operatsion sistema»ni qanday tushunish kerak?
    Avval uning foydalanuvchisi to`g`risida fikrlashaylik.
    «Operatsion sistemaning foydalanuvchisi» tushunchasi ham ancha keng tushuncha bo`lib, oddiy qilib aytganda, foydalanuvchi - mazkur sistemada ishlashi mumkin bo`lgan va o`z dasturiga ega bo`lgan shaxs. Ammo uning dasturi turli xususiyatlarga ega bo`lishi, ya’ni u ichki va tashqi qurilmalarning arzimas imkoniyatlaridan tortib, uning to`liq resurslarini egallashi mumkin.
    Odatda kompyuterdan foydalanuvchilar o`z masalalarini to`liq hal qilishlari uchun kompyuterdan ko`proq imkoniyat talab qiladilar va bu muammoni hal qilish uchun odatda turli dasturlar yoki ularning majmuasidan foydalanadilar. Mazkur dasturlar majmui foydalanuvchiga kompyuter imkoniyatlaridan to`liq foydalanish uchun sharoit yaratadi va u operatsion sistema deb yuritiladi.
    EHM operatsion sistemasi ishini zamonaviy uyda istiqomat qiluvchining ayrim harakatlari bilan qiyoslash mumkin. Masalan, elektr chirog`ni yoqmoqchi bo`lsangiz, ulagichdagi tugmani bosishingiz, suv tarmog`idan suv olmoqchi bo`lsangiz, ventilni burashingnz yetarli. Keng ko`lamdagi xizmat ko`rsatish qurilmalari va tarmoqlari majmuisiz, bu resurslarni (misolimizda suv va elektr toki) olish uchun ko`pdan - ko`p ishlarni bajarish lozim bo`lar edi. Masalan, katta orolda yolg`iz qolgan kishi suv olishi uchun o`zi quduq qazishi; o`tin yoki qurilish uchun lozim bo`lgan yog`och olish uchun daraxtlarni kesishi, yo`nishi; oziq - ovqat uchun o`zi bug`doy ekishi va shu kabi ishlarni bajarishi kerak bo`ladi.
    EHM yaratila boshlagan davrda unda biror arifmetik amalni ba­jarish uchun katta hajmdagi ishlar qilinar edi (amalda ishtirok etgan har bir ma’lumotni aniq bir adresda joylash; amal bajariladigan va natija yoziladigan barcha adreslarni bilish talab etilar edi, chunki ular dasturda ko`rsatilishi kerak edi-da). Bu ishlarni hozirgi kunda osongina hal qilish mumkin, chunki ko`p ishlarni yengillashtirishga qaratilgan dasturlar (foydalanuvchiga yordamchi dasturlar) majmui ishlab chiqilgan va u amaliy masalalarni hal qilishda qo`l kelmoqda.
    Xo`sh, mazkur «yordamchi» dasturlar majmui bo`lmasa, amallar EHMda qanday bajarilgan bo`lur edi?
    Bunday holda foydalanuvchidan katta hajmdagi jarida (jurnal) tutib, unda tanlangan axborot EHM xotirasining qaysi joyiga kiritilishi, dastur, boshlang`ich ma’lumotlar va natijaviy axborotlar qayerda joylashishini ko`rsatishi talab qilinadi.
    Agar siz EHMning tashqi qurilmalari (klaviatura, printer va boshqalar)ni qo`llamoqchi bo`lsangiz, har safar ana shu qurilmalar bilan aloqani tiklovchi, ularni boshqaruvchi maxsus dastur tayyorlashingiz va shu qurilmalar ishlashi bilan bog`liq turli ishlarni nazorat qilishingiz lozim bo`lar edi. Bundan tashqari siz fayllar bilan ishlashning shunday ketma-ketligini tuzishingiz shart bo`lardiki, uning natijasida barcha ma’lumotlarni biror tartibda saqlash muammosini hal qilishingiz, yani siz fayllar tuzilishini o`zingiz yaratishingiz kerak bo`lardi. Demak, «yordamchi» dasturlarning xizmati beqiyos ekan.
    Ma’lumki, hisob-kitob, bosmaga chiqarish, axborotni boshqarish, dasturlash va boshqa ishlar bilan bog`liq masalalarni hal qilish EHM imkoniyatlaridan keng foydalanishni talab etadi.
    EHM dasturlash sistemasi paydo bo`lgan dastlabki vaqtlarda translyator va xizmat ko`rsatuvchi dasturlar operatsion sistemaning bir qismi hisoblangan. Zamonaviy sistemalarda esa bu kabi vositalar va operatsion sistema o`rtasida aniq chegara qo`yilgan.
    Deyarli barcha sistemalarda fayllarni boshqarish dasturlari mavjud bo`lib, u foydalanuvchi tomonidan qo`yilgan masalani hal qilishda qulaylik yaratadi.
    Ta’kidlash lozimki, kompyuterlarning texnikaviy holatiga ko`ra, ulardagi operatsion sistemalar turlicha bo`ladi, shunday bo`lsada, ularning vazifasi yagona — ichki va tashqi qurilmalarning
    birgalikda ishlashini ta’minlashdan iborat.
    EHM «dasturli ta’minoti», «texnik ta’minoti» va «operatsion sistema» o`rtasidagi uzviy bo`glanishni quyidagicha ifodalash mumkin.

    1 -rasm.
    Dasturli ta’minot o`z vazifalarini bajarishda tashqi qurilmalarni apparatli {«vositaviy») asos sifatida ishlatsa, operatsion sistema dasturli ta’minot amallarini dasturli asos sifatida ishlatadi.
    Bajaradigan vazifalaridan qat’iy nazar, operatsion sistema quyidagi sifatlarga ega bo`ladi:

    Download 113.5 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 113.5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    «Informatika va axborot texnologiyalari» kafedrasi Mavzu: Kompyuter dasturiy ta’minoti va uni o`qitish asoslari Qabul qildi: f-m f. n. A. A. Ibragimov

    Download 113.5 Kb.