• 2. Himoyalash.
  • «Informatika va axborot texnologiyalari» kafedrasi Mavzu: Kompyuter dasturiy ta’minoti va uni o`qitish asoslari Qabul qildi: f-m f. n. A. A. Ibragimov




    Download 113.5 Kb.
    bet5/9
    Sana23.01.2023
    Hajmi113.5 Kb.
    #39146
    1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    «Informatika va axborot texnologiyalari» kafedrasi Mavzu Kompyu

    1. Ishonchlilik. Sistema o`zi boshqarayotgan kompyuter qurilmalari kabi ishonchli bo`lishi kerak. Agar dasturda yoki qurilmada biror xato uchrasa, uni sistema topa olishi va bu holatni tuzatishga harakat qilishi, hech bo`lmaganda esa, shu xato tufayli foydalanuvchi dasturiga yetkaziladigan zarar oldini olishi kerak.
    2. Himoyalash. Ixtiyoriy foydalanuvchi o`z ishiga boshqa foydalanuvchilarning xalaqit qilishini xohlamaydi. Shu sababli sistema foydalanuvchilarni dastur va ma’lumotlarini o`zgalar xatolari ta’siridan va aralashuvidan qimoya qilishi lozim.
    3. Samaradorlik. Odatda operatsion sistemaning o`zi EHMning katta resursini egallaydi. Bu resurslar foydalanuvchi ixtiyoriga berilmaydi. Demak, sistemaning o`zi ancha ixcham bo`lishi va EHM resurslarini har tomonlama samarali boshqarishi lozim.
    4. Oldindan aniqlash xususiyati. Ko`pchilik foydalanuvchilarning sistemaga bo`lgan talablarini ifodalovchi bu xususiyat tufayli foyda­lanuvchi o`z dasturining ishlashi va natija berishi vaqtini oldindan bilish imkoniyatiga ega.
    5. Qulaylik. Operatsion sistemada ko`p hollarda bir paytda ikki va undan ortiq foydalanuvchi ishlaydi va operatsion sistema orqali turli maqsadli va turli algoritmli masalalarni hal qiladilar. Ravshanki, bunday holda har bir foydalanuvchiga keng qulayliklar yaratilishi talab etiladi. Shu bois mazkur xususiyat operatsion sistemaning muhim xususiyati hisoblanadi.
    Operatsion tizim yaratilish tarixiga nazar solamiz. Dastlabki operatsion tizim 1940 yilning oxirlarida yaratildi.U axborotni xotiraga kiritish va xotiradan o`qish uchun oddiy amallar yig`indisi sifatida paydo bo`ldi. 50- yillarning o`rtalarida, operatsion tizim dasturchilar yaratgan dasturlarni jamlash va resurslarga taqsimlash uchun xizmat qilgan bo`lsa, 60- yillarning boshlarida vaqtni dasturlarga ketma-ket ajratishga asoslangan dastlabki operatsion tizimlar paydo bo`ldi. Bu odatda bir kompyuterdan bir paytda bir necha kishi foydalanish imkonini yaratadi.
    Hozirgi davrda ko`plab operatsion tizim mavjud:

      • UNIX;

      • MS DOS;

      • OS/2

      • WINDOWS 95

      • WINDOWS NT

      • WINDOWS 98

      • WINDOWS 2000

    Drayverlar. Ular operatsion tizim imkoniyatlarini kengaytiradi. Jumladan, kompyuterning kiritish – chiqarish qurilmalari (klaviatura, sichqoncha, printerlar va boshqalar) ni boshqarishda yordam beradi. Drayverlar yordamida kompyuterga yangi qurilmalarni ulash yoki mavjud qurilmalardan nostandart ravishda foydalanish mumkin.
    Tarmoq OT. Tarmoqqa ulangan kompyuterlarni yakka hol va birgalikda ishlashini ta’minlovchi maxsus dasturlar majmuasidan iborat OT – tarmoq operatsion tizimi deb ataladi. Ushbu OT, jumladan, tarmoq ichra ma’lumotlarni ayirboshlash, saqlash, qayta ishlash, uzatish kabi xizmatlarni ko`rsatadi.

    Download 113.5 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 113.5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    «Informatika va axborot texnologiyalari» kafedrasi Mavzu: Kompyuter dasturiy ta’minoti va uni o`qitish asoslari Qabul qildi: f-m f. n. A. A. Ibragimov

    Download 113.5 Kb.