• Главная
  • Bajarish:  quyidagi ko‘rinishdagi o‘quvchilar haqidagi ma’lumotlar ombori hosil qilngan bo‘lsin:  Создание
  • Условие отбора
  • Текстовый фильтры – Заканчивается на




    Download 4.2 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet59/145
    Sana12.02.2022
    Hajmi4.2 Mb.
    #17453
    1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   145
    Bog'liq
    10-sinf-informatika
    10 мавзу глоссарий (1), mi nodirbek, Dielektr, DavrMobile 15.07.2022 18-21-56, Эркинова Севинч FING-2219
    Текстовый фильтры – Заканчивается на.. ketma-ketligi tanlanadi va 
    Настраиваймый фильтр qatoriga “Ali or Vali” jumla kiritilib, OK 
    tugmasi tanlanadi. 


    64 
    Natijada quyidagi oynada Ali va Vali ismli o‘quvchilar haqidagi 
    ma’lumotlar hosil bo‘ladi: 
    Tartiblangan ma’lumotlarni bekor qilish uchun Главная menyusining 
    Фильтр burug‘i tanlanadi. 
    Shuningdek, MS Access 2010 da ma’lumotlarni so‘rovlar yordamida 
    ham izlash imkoniyati mavjud. Mazkur jarayonni Создание menyusining 
    Конструктор запрос bo‘limi orqali amalga oshirish mumkin. 
    Конструктор запрос yordamida bitta jadvaldan bir nеchta har xil 
    so‘rovlar (jadvallar)ni tashkil qilish mumkin. Har bir so‘rovlar asosiy 
    jadvaldan ma’lumotlarning qandaydir bir qismini ajratib oladi.
    So‘rovning ishlashi natijasida asosiy jadvaldan natijaviy jadval hosil 
    bo‘ladi. Bu jadval umumiy ma’lumotdan so‘rovga ta’lluqli qismini o‘z 
    ichiga oladi. 
    So‘rovning ishlashi jarayonida bеrilganlar tartiblanishi, filtrlanishi, 
    qo‘shilishi, bo‘linishi, o‘zgarishi mumkin va shu bilan bir qatorda 
    jadvallardagi ma’lumotlar o‘zgarmaydi. Bu so‘rovlarning asosiy 
    xossalaridan biri hisoblanadi. So‘rovlarning yana bir xossalaridan biri bu 
    ularning natijaviy hisob-kitob ishlarini bajarishidir. 
    MS Access 2010 da so‘rovlarning bir nеchta turlari mavjud: 
     tanlov asosidagi so‘rov, namuna asosidagi so‘rov;
     paramеtrli so‘rov;
     yuqorida ko‘rsatilgan so‘rovlardan keng tarqalgani – tanlov
    asosidagi so‘rov. 
    Bu so‘rovni qo‘llashdan maqsad so‘rov sharti bo‘yicha tasvirlanadigan 
    natijaviy jadvalni hosil qilishdan iborat.
    2-mashq. Yuqorida, keltirilgan 1-mashqdagi o‘quvchilar ma’lumotlari 
    omboridan, biror o‘quvchining ismi bo‘yicha qidiring.


    65 
    Bajarish: 
     quyidagi ko‘rinishdagi o‘quvchilar haqidagi ma’lumotlar ombori
    hosil qilngan bo‘lsin: 
     Создание menyusidan Конструктор запрос bo‘limi tanlanadi;
     Добавление таблицы oynasidan Добавить tugmasi tanlanadi va
    Закрыть tugmasi orqali oyna yopiladi: 
     hosil bo‘lgan oynani quyidagi tartibda to‘ldiramiz:

    ushbu oynadan qaysi parametr bo‘yicha qidirish kerak bo‘lsa o‘sha
    ustunning Условие отбора qatori belgilanib, “[ ]” qavs ichiga biror bir 
    jumla kiritiladi. Masalan, o‘quvchilar ismi bo‘yicha izlovchi so‘rov yaratish 
    uchun “Ismi” ustuniga “[Qidirish]” jumlasi kiritiladi, menyudan 
    Выполнить buyrug‘i tanlanadi. Natijada quyidagi oyna hosil bo‘ladi:


    66 
    Bunda biz oynaga qidirmoqchi bo‘lgan o‘quvchining ismi kiritilib, OK 
    tugmasini tanlaymiz. Natijada jadvaldagi “Ali” ismli o‘quvchilar 
    to‘g‘risidagi ma’lumot hosil bo‘ladi: 

    Download 4.2 Mb.
    1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   145




    Download 4.2 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Текстовый фильтры – Заканчивается на

    Download 4.2 Mb.
    Pdf ko'rish