• Tayanch tushunchalar
  • Fanning vazifasi
  • Informatika fanining maqsadi, obyekti va predmeti. XX asrning 50 – yillarida yangi fan – informatikaga asos solindi. Informatika
  • “axborotli avtomatika”
  • «ma’lumot », «tushuntirish
  • Klod Shennon
  • Informatikaning nazariy asoslari




    Download 21,21 Kb.
    bet1/3
    Sana13.09.2024
    Hajmi21,21 Kb.
    #270996
      1   2   3
    Bog'liq
    1-mavzu


    1-Mavzu. “Informatikaning nazariy asoslari” faniga kirish.
    Reja:
    1. Informatika fanining maqsadi, obyekti va predmeti.
    2. Informatikaning fan sifatida shakllanish tarixi.
    3. Informatika fanining asosiy rivojlanish yo‘nalishlari.
    4. Zamonaviy informatika tuzilmasi.
    Tayanch tushunchalar: informatsiya, ma’lumot, axborot, «qog‘ozsiz» texnologiya, Hardware, Software, Brainware.


    Fanini o‘qitishdan maqsad talabalarda axborot nazariyasi, axborotlashgan jamiyat va informatikaning matematik asoslariga oid zamonaviy ilmiy bilim hamda kasbiy faoliyatlarida uchraydigan masalalarni hal qilishda informatikaning nazariy va amaliy asoslaridan foydalanish haqidagi tasavvurlarini kengaytirish ko‘nikma va malakalarini shakllantirishdan iborat.
    Fanning vazifasi - ma’lumot, axborot va bilim haqida tushunchalarni shakllantirish; axborot va uning turlari, tasvirlash usullari, axborortli jarayonlar, axborotning xossalari, o’lchobi birliklari, kompyuter tuzilishi haqidagi tasavvurlarini boyitish; axborotli jarayonlarni amalga oshirishda axborotning asosiy xususiyatlari, shaxsiy kompyuterlarning rivojlanish yo’nalishlarini tushintirish; kompyuterda axborotni qayta ishlashning arifmetik-mantiqiy asoslariga oid amaliy ko’nikmalarini hosil qilish; axborotlashgan jamiyat, ta’lim va jamiyatni axborortlashtirishning muhim xususiyatlari va imkoniyatlarini ochib berish; kadrlar tayorlashda ularda axboriy madaniyatni hosil qilshdan iborat.


    Informatika fanining maqsadi, obyekti va predmeti.
    XX asrning 50 – yillarida yangi fan – informatikaga asos solindi. Informatika termini (fransuzcha: informatique) fransuzcha information (axborot) va automatique (avtomatika) so'zlari negizida hosil bo’lgan. Uning tarjimasi “axborotli avtomatika” degan ma’noni bildiradi. Bu terminning inglizcha varianti
    Computer science, ya’ni kompyuter ilmi” deb ataladi.
    Informatsiya” so‘zi turli tillarda ishlatilib, ma’nosi turlicha talqin qilinsa ham ularning asosida lotincha informatio so'zi yotadi. U «ma’lumot», «tushuntirish», «tavsiflash» degan ma’noni anglatadi. O'zbek tilida informatsiya so‘zi axborot deb tushuniladi.
    Informatika – kompyuter texnikasini qo’llashga asoslanib inson faoliyatining turli sohalarida axborotlarni izlash, to ‘plash, saqlash, qayta ishlash va undan foydalanish masalalari bilan shug'ullanuvchi fandir.
    Qisqa qilib aytganda, informatika kompyuter texnikasi asosida axborotlar ustida bajariladigan amallar va ularni qo'llash usullarini o'rganadigan fandir. Demak, informatika uchun asosiy ashyo axborot bo'lib, u asos tushunchadir.
    Informatika fanini kompyutersiz tasawur qilib bo'lmagani uchun sizga tanish bo'lgan quyidagi ikki qism birgalikda qaraladi: Texnik yoki qattiq qism (Hardware), Dasturiy yoki yumshoq qism (Software) Axborot haqida quyidagi olimlarni fikriga to’xtalib o’taylik:
    IX–X asrlarda Forobiy taxallusi bilan yashab ijod etgan yurtdoshimiz Abu Nasr Muhammad ibn Muhammad ibn Uzlug' Tarxon bilish jarayonini ikki bosqich – aqliy bilish va hissiy bilishdan iborat bo’lib, ular o'zaro bog’liq, lekin biri boshqasisiz vujudga kelmasligini alohida ta’kidlaydi.
    Bilishning mazkur bosqichlari axborotsiz shakllanmaydi va demak, axborot bilishning asosini tashkil etuvchi element hisoblanadi.
    Forobiy “Ilm va san’atning fazilatlaribilish jarayoni cheksizligini, bilim bilmaslikdan bilishga, sababni bilishdan oqibatni bilishga, sifatlardan mohiyatga qarab borishini va buning asosida, ilmning borgan sari ortib, chuqurlashib borishini ta’kidlaydi.
    Allomaning aytishicha, odamning ibtidosida avvalo “oziqlanish talabi” paydo bo'lib, unga ko‘ra odam ovqatlanadi. Shundan so'nggi talablar “tashqi talablar” bo'lib, ular bevosita tashqi ta’sir natijasida sezgi a’zolari orqali vujudga keladi. Mazkur “tashqi talablar” 5 turlidir: nerv sezgisi; ta’m bilish sezgisi; hid bilish sezgisi; eshitish sezgisi; ko'rish sezgisi.
    Axborot nazariyasi asoschilaridan biri amerikalik Klod Shennon axborot narsalar haqidagi bilimlarimizda noaniqlikning bartaraf etilishi kabi e’tirof etgan. Kibernetika fanining asoschisi Norbet Vinner axborot bizni va sezgilarimizni tashqi olamga moslashuvimizdagi mazmunni ifodalash kabi izohlagan.

    Download 21,21 Kb.
      1   2   3




    Download 21,21 Kb.