• Zamonaviy informatika tuzilmasi. Informatikaning birlamchi, asosiy tushunchalari axborot , axborotli model , algoritm va kompyuter
  • Dasturiy vositalar
  • Dasturiy ta’minot
  • Bu yo‘nalish algoritmlarni ishlab chiqish hamda ularni qo‘llash uslub va usullari bilan bog‘liq . Algoritmlar
  • Nazorat savollari
  • Informatika fanining asosiy rivojlanish yo`nalishlari




    Download 21,21 Kb.
    bet3/3
    Sana13.09.2024
    Hajmi21,21 Kb.
    #270996
    1   2   3
    Bog'liq
    1-mavzu

    Informatika fanining asosiy rivojlanish yo`nalishlari.
    Informatika fanining asosiy rivojlanish yo‘nalishlari sifatida quyidagilar belgilangan:

    • hisoblash sistemalari va dasturiy ta’minotni ishlab chiqish;

    • uzatish, qabul qilish, qayta ishlash va saqlash bilan bog‘liq jarayonlarni o‘rganadigan axborot nazariyasi;

    • inson bajarayotganda aniq bir intellektual kuch (mantiqiy xulosa, o‘qitish, nutqni tushunish, vizual idrok etish, o‘yinlar va hokazo)ni talab qiladigan masalalarni hal etuvchi dasturlar ishlab chiqishni ta’minlaydigan sun’iy intellekt usullari;

    • loyihalashtirilayotgan sistema vazifasi tahlili va ular javob berishi kerak bo‘lgan talablarni aniqlashni o‘z ichiga olgan sistemali tahlil;

    • mashina grafikasi usullari, animatsiya, multimedia vositalari;

    • butun insoniyatni yagona axborot uyushmasiga birlashtiruvchi global kompyuter tarmog‘ini ham o‘z ichiga oluvchi telekommunikatsiya vositalari;

    • ishlab chiqarish, fan, ta’lim, tibbiyot, savdo, qishloq xo‘jalik va boshqa turdagi barcha xo‘jalik hamda ijtimoiy faoliyatni o‘z ichiga oluvchi turli xil ilovalar ishlab chiqish.

    Zamonaviy informatika tuzilmasi.
    Informatikaning birlamchi, asosiy tushunchalari axborot, axborotli model, algoritm va kompyuterlardir.
    Informatika quyidagi ikki qismning birligi sifatida qaraladi: texnik va dasturiy vositalar. Texnik vositalar – bu kompyuterning qurilmalari bo‘lib, ingliz tilida Hardware so‘zi bilan ataladi, mazmuni esa «qattiq mahsulotlar» kabi tushuniladi.
    Dasturiy vositalar uchun juda qulay Software so‘zi (mazmunan «yumshoq mahsulotlar») tanlangan (aniqrog‘i hosil qilingan) bo‘lib, u dasturiy ta’minot bilan mos mashina mutanosibligini, shu bilan birga dasturiy ta’minotning o‘zgarishi, moslashuvi va rivojlanishini ta’kidlaydi. Dasturiy ta’minot – bu kompyuterlarda foydalaniladigan barcha dasturlarning majmui hamda ularni ishlab chiqish va qo‘llashning barcha sohasidir.
    Informatikada bu ikki yo‘nalishdan tashqari uchinchi yo‘nalishni ham farqlashadi – bu algoritmik vositalardir. Bu yo‘nalish uchun Brainware (ingl. brain – intellekt, aql-idrok) so‘zi tanlangan. Bu yo‘nalish algoritmlarni ishlab chiqish hamda ularni qo‘llash uslub va usullari bilan bog‘liq. Algoritmlar – bu masalani yechimiga olib keluvchi amallar bajarilish ketma-ketligini ko‘rsatuvchi qoidalardir.
    Informatikaga berilgan ta’rifga ko‘ra, uning asosiy vazifalarini quyidagicha ifodalash mumkin:

    • ixtiyoriy xususiyatdagi axborot jarayonlarini tadqiq etish;

    axborot jarayonlarini tadqiq etishdan olingan jarayonlar negizida axborotni qayta ishlaydigan axborot tizimi va yangi texnologiyalarni ishlab chiqish;

    • jamiyat hayotining barcha sohalarida kompyuter texnologiyasidan samarali foydalanishning ilmiy va muhandislik muammolari yechimlarini ishlab chiqish va tatbiq etishni ta’minlash.



    Nazorat savollari

    1. Informatika faniga qachan asos solingan?


    2. Informatika fanining o‘tmishdoshi qanday atalgan?
    3. Informatika faniga asos solinishi haqida so‘zlab bering.
    4. Axborot qaysi so’zdan olingan?
    5. Axborot deganda nimani tushunazis?
    6. Axborot va bilish haqidagi Forobiy fikrlarini tahiil qilib bering.
    7. Klod Shennon axborotni qanday ta’riflagan?
    8. Norbet Vinner axborotni qanday ta’riflagan?
    Download 21,21 Kb.
    1   2   3




    Download 21,21 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Informatika fanining asosiy rivojlanish yo`nalishlari

    Download 21,21 Kb.