• Tashkil
  • Me’yorlashtirish
  • Nazorat qilish
  • Informatsion texnologiyalar




    Download 262,61 Kb.
    bet13/78
    Sana13.12.2023
    Hajmi262,61 Kb.
    #117946
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   78
    Bog'liq
    O`zbekiston respublikasi

    Bashoratlash — bu tashqi muhitning yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan holatini, boshqariladigan obyektning o‘zini tutishini aniqlash maqsadida ma’lumotlarni qayta ishlash hamda ular har birining ehtimolligini baholashdan iborat.

  • Rejalashtirish — bu tizimning kelajakdagi orzu qilingan holatini ishlab chiqish (rejali modelini ishlab chiqish) va ushbu holatga erishish uchun mablag‘larni taqsimlashga nisbatan qarorlar qabul qilishdan iborat.

    Rejalashtirish maqsad va mezonlarni tanlashni o‘z ichiga oladi. Shu maqsad va mezonga nisbatan boshqaruv samaradorligi baholanadi.

    1. Dasturlash rejasini amalga oshirish, ya’ni tizim faoliyatining algoritmini ishlab chiqish uchun boshqariladigan harakatlar ketma-ketligi hamda o‘zaro aloqasini bayon etuvchi dasturlarni ishlab chiqishdan iborat.

    2. Tashkil etish — mustahkam (bardoshli) obyektlar yoki jarayonlar tuzilmasini o‘zgartirishi yoki ko‘rishdan, ya’ni ma’lum bir holatlarida boshqariladigan obyektlar faoliyatini reglamentlashtirishda foydalaniladigan u yoki bu qoida, protsedura, usul, algoritmlarini belgilash yoki o‘zgartirish demakdir.

    3. Me’yorlashtirish — tizimning xususiyatlarini ifodalovchi statistik ma’lumotlarni doimiy ravishda yig‘ish va ular asosida tizimning bir me’yorda faoliyat ko‘rsatishini ta’minlab turish.

    4. Hisobga olish boshqariladigan obyekt va tashqi muhit parametrlari majmuini qayd etishdan iborat. U yana keladigan ma’lumotlarni dastlab qayta ishlash, jumladan, tasniflash, guruhlash va hokazo arifmetik hamda mantiqiy operatsiyalarni o‘z ichiga oladi.

    5. Nazorat qilish — boshqariladigan obyektlarning me’yorida ishlashidan chalg‘ishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar mazmunini aniqlashdan iborat.

    6. Boshqarish — tasodifiy ta’sirlar sababli tizim ishining me’yoriy rejasidan chetlashishini bartaraf etash maqsadida qaror qabul qilish, ya’ni qayta aloqa asosida tuzatish, olinadigan samaraning sifat va miqdor o‘lchovlari o‘zgarishiga ko‘ra boshqariluvchi obyektga ta’sir ko‘rsatishidir.

    7. Tahlil — tizimning joriy holatini o‘rganishda ish samaradorligini oshirish uchun uning imkoniyatlarini tahlil etishdan iborat.

    Axborot tizimlari axborot va axborot texnologiyalari kabi jamiyat paydo bo‘lgan vaqtdan buyon mavjud, chunki uning har qanday rivojlanish bosqichida boshqaruvga ehtiyoj bo‘ladi. Boshqaruv uchun esa tizimlashtirilgan, oldindan tayyorlangan axborot talab qilinadi.



      1. Download 262,61 Kb.
  • 1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   78




    Download 262,61 Kb.