|
Axborot tizimlari va texnologiyalari, ularni iqtisodiy jarayonlarni boshqarishda qo‘llashdagi yutuq va muammolar
|
bet | 2/78 | Sana | 13.12.2023 | Hajmi | 262,61 Kb. | | #117946 |
Bog'liq O`zbekiston respublikasi Axborot tizimlari va texnologiyalari, ularni iqtisodiy jarayonlarni boshqarishda qo‘llashdagi yutuq va muammolar.
Axborot tizimidagi jarayonlar quyidagi bloklardan iborat:
axborotlarni tashqi yoki ichki manbalardan kiritish;
kiritilgan axborotlarni qayta ishlash va qulay ko‘rinishda tasvirlash;
axborotlarni iste’molchilarga chiqarish yoki boshqa AТlarga uzatish;
teskari aloqa – mazkur tashkilot personali tomonidan qayta ishlanib yana kiritiladigan axborot.
Axborot tizimlari quyidagi xususiyatlarga ega:
har qanday axborot tizimi -tizimni yaratishning umumiy tamoyillariga binoan tahlil qilinishi, qurilishi va boshqarilishi mumkin;
axborot tizimi o‘zgaruvchan va taraqqiy etuvchidir;
axborot tizimini yaratishda tizimli yondoshishga amal qilinadi;
axborot tizimining mahsuloti bo‘lmish axborotga asoslangan holda qarorlar qabul qilinishi mumkin;
axborot tizimini axborotlarni qayta ishlashning inson-kompyuter tizimi sifatida qarash mumkin.
Hozirda axborot tizimini kompyuter vositasida yaratiladigan tizim sifatida tushuniladi, lekin umuman olganda axborot tizimi kompyutersiz variantda ham yaratilishi mumkin.
Axborot tizimining faoliyatini tushunish uchun u hal qiladigan muammolarning mohiyatini va u jalb qilingan tashkiliy jarayonlarni e’tiborga olish lozim. Masalan, qaror qabul qilishni ta’minlovchi kompyuterli AТ ning imkoniyatlarini tushunishda quyidagilarni hisobga olish zarur:
yechilayotgan boshqaruv masalalarining strukturalashganini;
firma boshqaruvining yechimni qabul qilishi lozim bo‘lgan darajasini (bo‘g‘inini);
hal kilinayotgan muammoning biznesning muayyan funksional sohasiga tegishliligini;
ishlatilayotgan axborot texnologiyasining turini.
Axborot tizimlarini joriy etilishidan kutilayotgan natijalar. Axborot tizimlarini joriy etilishi quyidagi natijalarni berishi mumkin:
matematik metodlar va intellektual tizimlarni joriy etish evaziga boshqaruv masalalarini yechimining ratsional variantlariga ega bo‘lish;
avtomatlashtirish evaziga xodimlarni qiyin va bir xil ishlarni bajarishdan xalos qilish;
axborotlarning ishonchliligini ta’minlash;
ma’lumotlarni qog‘oz ko‘rinishdan magnit tashuvchilarga o‘tkazish;
muassasadagi axborotlar oqimini va hujjatlarni yuritishning strukturasini takomillashtirish;
mahsulotlarni chiqarish va xizmatlarni ko‘rsatish tannarxining kamayishi;
iste’molchilarga yangi xizmat turlarini taklif etish;
bozorda yangi imkoniyatlarni topish;
turli qulayliklar va imtiyozlarni taklif etish evaziga iste’molchilarni firmaga bog‘lab qo‘yish.
|
| |