• «Axborotlashtirish
  • «Elektron
  • O‘zbekiston Respublikasida axborot texnologiyalarini keng joriy etish borasida olib borilayotgan ishlar




    Download 262,61 Kb.
    bet4/78
    Sana13.12.2023
    Hajmi262,61 Kb.
    #117946
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   78
    Bog'liq
    O`zbekiston respublikasi

    O‘zbekiston Respublikasida axborot texnologiyalarini keng joriy etish borasida olib borilayotgan ishlar


    Mamlakatimiz rivojlangan davlatlar qatoridan mustahkam o‘rin egallashi uchun zamonaviy axborot (kompyuter) texnologiyalarini hayotimizning barcha jabhalariga keng joriy etish zarur. Buning uchun, birinchidan, zamonaviy axborot texnologiyalarini rivojlantirish, davlat muassasalari va xo‘jalik subyektlari, muassasa va tashkilotlar, xususiy shaxslar uchun axborot xizmatini yo‘lga qo‘yish. Ikkinchidan, ilm, fan, ta’lim, texnika, iqtisodiyot, ijtimoiy, xalq xo‘jaligi va uni boshqarish sohalarida axborot tizimlarini shakllantirish. Uchinchidan, respublikaning jahon axborot tizimlari va xalqaro tarmoqlarga ulanishini ta’minlash kerak.


    Davlat tomonidan tartibga solishning muhimligi va Respublikada axborotlashtirish jarayonini tezlashtirish zaruriyatini hisobga olib, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992 yil 8 dekabr qarori bilan Fan va texnika Davlat Qo‘mitasi (FТDQ) qoshida Axborotlashtirish bo‘yicha bosh
    boshqarma tuzildi. Shu asosda Axborotlashtirish haqida (1993 yil,may), EHM va ma’lumotlar bazasi uchun dasturlarni huquqiy muxofazalash haqidagi (1994 yil, may) qonunlar qabul qilindi. 1995 yil sentabridan O‘zR FТDQ ning Davlat patent idorasida dasturlarni huquqiy muhofazalash bo‘yicha Agentlik ishlab turibdi. 1994 yil dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston Respublikasining axborotlashtirish konsepsiyasini qabul qildi. Konsepsiyaning asosiy maqsadi va unda quyilgan masalalar quyidagilardan iborat edi:

    • milliy axborot-hisoblash tarmog‘ini yaratish;

    • axborotlarga tovar sifatida yondoshishning iqtisodiy, huquqiy va me’yoriy hujjatlarini yuritish;

    • axborotlarni qayta ishlashda jahon standartlariga rioya qilish;

    • informatika industriyasini yaratish va rivojlantirish;

    • axborotlar texnologiyasi sohasidagi fundamental tadqiqotlarni rag‘batlanti-rish va qo‘llab-quvvatlash;

    • informatika vositalaridan foydalanuvchilarni tayyorlash tizimini muvofiqlashtirish.

    Konsepsiyaning asosiy maqsadi hisobga olingan "O‘zbekiston Respublikasining axborotlashtirish dasturi" ishlab chiqildi va u:

    • milliy axborot - hisoblash tarmog‘i;

    • kompyuterni matematik va dasturiy ta’minlash;

    • shaxsiy kompyuter dasturlarini o‘z ichiga oladi.

    2005 yil 12 mayda O’zbekiston Respublikasi aloqa va axborotlashtirish agentligi va kompyuterlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini (AKT) rivojlantirish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi Kengash tomonidan O’zbekiston Respublikasini axborotlashtirish bo‘yicha yangi konsepsiya va dastur qabul qilindi.
    Ushbu konsepsiyaning asosiy maqsadlari:

        1. Axborotlashtirish bo‘yicha davlat siyosatini takomillashtirish va milliy axborot resurslarini yaratishning asosiy yo‘nalishlarini belgilash, AKT sohasidagi me’yoriy-huquqiy bazani va xizmatlar bozorini rivojlantirish;

        2. Axborotni va axborot tizimlarining xavfsizligini ta’minlashning usullari, metodlari va vositalarini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini aniqlash;

        3. Tarmoqlar, va telekommunikatsiya tizimlari, xalqaro axborot tarmoqlariga murojaat qilishni ta’minlash kabilarni qamrab olgan texnik infrastrukturani jadal rivojlantirish;

        4. Iqtisodiyot sektoriga, boshqarish, tijorat, fan sohalariga AKTni keng joriy etish va aholi turli qatlamlarining zamonaviy axborot tizimlari va resurslaridan foydalanishlari uchun shart-sharoitlar yaratish, bosqichma-bosqich elektron hujjat almashish tizimiga o‘tish;

        5. Ta’lim tizimini to‘liq axborotlashtirish, maktablar, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va oliy ta’lim muassasalari o‘quv jarayoniga o‘qitishning ilg‘or tizimlarini, shu jumladan masofaviy ta’lim tizimini zamonaviy kompyuter va axborot texnologiyalaridan faol foydalangan holda joriy etish;

        6. AKT sohasida ishlash uchun yuqori malakali kadrlarni tayyorlashni tashkil etish;

        7. Respublikamizda dasturiy mahsullar, kompyuter texnikasi ishlab chiqarish va eksport qilishni rag‘batlantirishning samarali mexanizmlarini yaratish.

    Axborot texnologiyalarini rivojlantirishning 6 ta ustivor yo‘nalishi quyidagilardan iborat:

    1. Davlat statistika tizimi, kredit-moliya va bank tizimlari;

    2. Elektron ma’lumotlar bazasi;

    3. Fan-texnika axboroti tarmog‘i;

    4. Тa’lim, kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash, ijtimoiy muhofaza va sog‘likni saqlash sohalari axborot tizimlari;

    5. Ma’lumotlarni uzatish va aloqa tizimlari;

    6. Favqulodda holatlarning oldini olish va xabar berishning axborot tizimlari.

    Hozirgi paytda Vazirlar Mahkamasi, Markaziy bank, Тashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, Тashqi ishlar vazirligi, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Davlat mulki qo‘mitasi, Тashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Fan- texnika axborotining respublika tarmog‘i, Aholi bandligi xizmatining kompyuter tizimi, Ichki ishlar organlarining yagona axborot tizimi, Adliya vazirligining axborot tizimi va boshqalar ishlab chiqilmoqda.
    Bugungi kunda kompyuter va axborot texnologiyalari, telekommunikatsiyalar tarmoqlarini, ma’lumotlar uzatishni, Internet xizmatlariga kirib borishni rivojlantirish va zamonaviylashtirish Respublikamizda ustuvor o‘rinlarga chiqmoqda.
    Iqtidorli yoshlar ishtirokida respublikada Internet-festivallari, Internet- forumlar o‘tkazish odat bo‘lib qoldi, shaharlar va qishloqlarda Internet tarmog‘idan jamoa bo‘lib foydalanish punktlari soni tobora ko‘paymoqda, axborot xizmatlari turlari sezilarli darajada kengaymoqda, ularning servisi yanada intellektualroq bo‘lib bormoqda.
    Prezidentimiz Islom Karimov 2001 yil may oyida Oliy Majlisning V sessiyasida so‘zlagan nutqida kompyuterlashtirish va axborot texnologiyalarini ishlab chiqarishga, maktablar va oliy o‘quv yurtlari dasturlariga, odamlarning kundalik turmushiga joriy etish bo‘yicha O‘zbekistonning yuksak darajalarga erishishi yuzasidan aniq vazifalarni qo‘ydi.
    Jamiyatni kompyuterlashtirish, axborot texnologiyalarini rivojlantirish bo‘yicha vazifalarni hal etish uchun 2002 yil 30 mayda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va
    axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish to‘g‘risida"gi Farmoni qabul qilindi.
    Farmonda belgilangan chora-tadbirlarning amalga oshirilishi axborotlashtirishning milliy tizimlari barpo etilishini, iqtisodiyotga va jamiyatning har bir a’zosi hayotiga kompyuter texnikasi va axborot texnologiyalari ommaviy joriy etilishi uchun shart-sharoitlarni ta’minlaydi, jahon bozorida mamlakatimiz iqtisodiyotining raqobatbardoshlilik darajasini oshiradi.
    Prezident Farmonini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qabul qildi va 2002-2010 yillarda kompyuterlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish dasturini tasdiqladi, ularda telekommunikatsiyalar va ma’lumotlar uzatishni rivojlantirish, resurslardan foydalanish, Internet tarmog‘ida o‘z saytlarini yaratishning maqsadli yo‘nalishlari belgilandi.
    Iqtisodiyot tarmoqlari va jamiyatning axborotni tezkor ayirboshlashga, jahon axborot resurslariga kirib borishiga bo‘lgan yuqori ehtiyoji, ta’lim – jarayonlarini va kishilarning kundalik turmushini kompyuterlashtirish zaruriyati, shuningdek, axborot va ma’lumotlar bazasi saqlanishini ta’minlash ehtiyoji ushbu muhim qarorlar qabul qilinishi uchun asos bo‘ldi.
    Dasturiy vositalarni ishlab chiqarish, mamlakatimizning o‘zida kompyuter texnikasi va buyumlarini ]ishlab chiqarishni rivojlantirish chora-tadbirlari birinchi darajali vazifalar etib belgilangan. Shu munosabat bilan kompyuterlar, va ular uchun butlovchi buyumlar, dasturiy vositalar keltirish, o‘qitish va axborot xizmatlari ko‘rsatish bo‘yicha bir qancha soliq va bojxona imtiyozlari joriy etildi.
    Ko‘rsatib o‘tilgan chora-tadbirlar mamlakat iqtisodiyoti samaradorligi o‘sishida telekommunikatsiyalar, kompyuter va axborot texnologiyalarining faol roli oshishini, odamlarning faoliyati va turmushi texnik qurilmalar va xizmatlarning eng zamonaviy turlari bilan jihozlanishini ta’minlash,
    Respublikaning jahon jarayonlariga muvaffaqiyatli integratsiyalashuvi imkonini beradi.
    Axborot tizimlari va texnologiyalarini joriy etishni rivojlantirishning Prezidentimiz Farmonida ko‘rsatilgan ustivor yo‘nalishlaridan biri ushbu jarayonning huquqiy-me’yoriy asoslarini takomillashtirishdir. Bugungi kunga kelib ushbu yo‘nalishda ham salmoqli ishlar amalga oshirildi, jumladan O‘zbekiston Respublikasining «Axborotlashtirish to‘g‘risida» (11.12.2003 y.),
    «Elektron raqamli imzo to‘g‘risida» (11.12.2003 y.), «Elektron hujjat aylanishi to‘g‘risida» (29.04.2004 y.) «Elektron tijorat to‘g‘risida» (29.04.2004 y.) va «Elektron to‘lovlar to‘g‘risidagi» (16.12.2005 y.)gi qonunlari qabul qilindi. Bu qonunlarning qabul qilinishi jamiyatni axborotlashtirish borasida rivojlangan mamlakatlar bilan teng hamkorlik qilish uchun zarur huquqiy-me’yoriy asoslarni yaratib berdi.
    Keyingi davrda respublikamizda bu qonunlarning amalda ishlashi masalasiga katta e’tibor qaratilmoqda. Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 8 iyul 2005 yildagi "Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishning qo‘shimcha chora- tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-117 sonli, 5 sentabr 2005 yildagi "Milliy axborot- kommunikatsiya tizimlarining kompyuter xavfsizligini ta’minlash borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-167 sonli qarorlari qabul qilindi. Ularda elektron raqamli imzo to‘g‘risidagi qonunning amalda tatbig‘iga oid, kompyuter xavfsizligiga bo‘ladigan zamonaviy tahdidlar, xavfsizlikni ta’minlash borasidagi xalqaro tajribalarni o‘rganish, kompyuter insidentlariga tezkor munosabat bildiruvchi xizmat bo‘linmasi faoliyati to‘g‘risidagi masalalar hal etilgan. O‘z navbatida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 22 noyabrda №256 sonli «Axborotlashtirish sohasida normativ huquqiy bazani takomillashtirish to‘g‘risida»gi, 28 dekabrda №282 sonli ««ZIYONET» axborot tarmog‘ini yanada rivojlantirish to‘g‘risida»gi qarorlari qabul qilindi. Oxirgi qabul qilingan bu qarorlar Davlat axborot resurslarini shakllantirish
    tartibi, axborot xavfsizligini ta’minlash, davlat axborot resurslarini shakllantirish va ulardan foydalanish uchun mas’ul bo‘lgan davlat organlarining huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi, davlat organining rasmiy saytiga qo‘yiladigan asosiy talablar, davlat organlarining axborot tizimini yaratish tartiblari va axborot tizimlariga qo‘yiladigan asosiy talablar, axborot resurslarini yaratish, ekspertizadan o‘tkazish va «ZIYONET» tarmog‘ining texnologik maydonchasidan foydalanish tartiblarini belgilaydi.
    O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 2 maydagi “Davlat soliq xizmati organlari tomonidan soliq to‘lovchilarga axborot xizmatlarini ko‘rsatishni yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora- tadbirlar to‘g‘risida”gi 125-sonli Qaroriga ko‘ra, «Davlat soliq xizmati organlarining yagona ma’lumotlar bazasini yaratish va soliq to‘lovchilarga axborot xizmatlarini ko‘rsatishni yanada takomillashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlari” tasdiqlandi. Belgilangan vazifalarning davlat soliq xizmati organlari tomonidan to‘liq, sifatli va o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlash bo‘yicha, Davlat soliq qo‘mitasining 2011 yil 7 maydagi 128-sonli buyrug‘i bilan kompleks chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi. Rejaga asosan, davlat soliq xizmati organlarining yagona ma’lumotlar bazasini yaratish, moliyaviy, soliq hisobotlari va soliq majburiyatlari bilan bog‘liq boshqa ma’lumotlarni davlat soliq xizmati organlariga elektron hujjat ko‘rinishida taqdim etish tizimini takomillashtirish, moliyaviy va soliq hisobotlarini elektron ko‘rinishda taqdim etish va qabul qilish bo‘yicha dasturiy mahsullarni takomillashtirish, avtomatlashtirilgan buxgalteriya hisobini yuritish va hisobotlarni elektron hujjat ko‘rinishida taqdim etishning afzalliklarini keng yoritish hamda davlat soliq xizmati xodimlarining malakasini oshirish bo‘yicha amalga oshiriladigan vazifalar belgilandi.
    Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyati samaradorligini oshirish, davlat va jamiyat qurilishi sohasida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanishni
    ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 21 martda “Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada joriy etish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-1730 sonli qarori qabul qilindi.
    Qarorga asosan, quyidagilar axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada joriy etish va rivojlantirishning asosiy vazifalari etib belgilandi:
    davlat organlari, shuningdek yuridik va jismoniy shaxslar axborot tizimlarining bosqichma-bosqich integratsiyalashuvi asosida Milliy axborot tizimini shakllantirishni ta’minlash;
    davlat organlarining o‘z funksiyalarini bajarishda tezkorlik va sifatni oshirishga imkon beruvchi faoliyatini avtomatlashtirish axborot tizimlarini yaratish;
    davlat organlari tomonidan tadbirkorlik subyektlari va aholiga ko‘rsatiladigan interaktiv davlat xizmatlari ro‘yxatini kengaytirish va sifatini yaxshilash, tegishli axborot resurslaridan keng ko‘lamda, shu jumladan, qishloq joylarda foydalanishni ta’minlash;
    axborot resurslari, texnologiyalari va tizimlarini, shu jumladan axborot xavfsizligini ta’minlash tizimlarini rivojlantirish holatini hisobga olgan holda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida boshqarish tizimini takomillashtirish;
    Milliy axborot tizimining axborot xavfsizligini, uning axborot tizimlari va resurslari himoya qilinishini ta’minlash.
    Qaror asosida 2012-2014 yillarda O‘zbekiston Respublikasida axborot- kommunikatsiya texnologiyalarini yanada joriy etish va rivojlantirish dasturi hamda 2012 - 2014 yillar davrida davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining Milliy axborot tizimiga ulanadigan axborot tizimlari ro‘yxati tasdiqlandi.

    Download 262,61 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   78




    Download 262,61 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston Respublikasida axborot texnologiyalarini keng joriy etish borasida olib borilayotgan ishlar

    Download 262,61 Kb.