• Xususiyatlar
  • Bog‘lanishlar
  • Tizimning xususiyatlari
  • Axborot tizimlarining rivojlanish bosqichlari




    Download 262,61 Kb.
    bet6/78
    Sana13.12.2023
    Hajmi262,61 Kb.
    #117946
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   78
    Bog'liq
    O`zbekiston respublikasi

    Axborot tizimlarining rivojlanish bosqichlari


    O‘rganilayotgan fan sohasini aks ettiruvchi ham umumiy, ham ayrim xususiyatlarga ega bo‘lgan tizimning ko‘plab tushuncha va ta’riflari mavjud.
    Tizim deganda elementlari orasidagi va ularning xususiyatlari o‘rtasidagi aloqalar majmuiga ega bo‘lgan, ya’ni bir-biriga chambarchas bog‘langan qismlardan iborat bir butun obyektlar majmuasi tushuniladi. «Tizim»ni aniqlashda quyidagi atamalar ishlatiladi: «obyektlar», «bog‘lanishlar» (aloqalar),
    «xususiyatlar».
    Obyektlar tizimning bir bo‘lagi yoki komponentlari bo‘lib, jismoniy, matematik o‘zgaruvchan tenglamalar, qoida va qonunlar, texnologik jarayonlar, axborot jarayonlari, ishlab chiqarish bo‘linmalari kabi ko‘plab cheklanmagan qismlarga ega.
    Xususiyatlar bu obyektning sifatini ifodalovchi parametrlardir. Xususiyat tizimning ma’lum bir o‘lchamga ega obyektlarini bittalab miqdoriy jihatdan bayon etish imkonini beradi. Obyektlarning xususiyatlari tizim harakati natijasida o‘zgarishi mumkin.
    Bog‘lanishlar (aloqalar) obyektlar va ularning xususiyatlarini tizim jarayonida yagona yaxlitlikka birlashtiradi. Bunda barcha tizim elementlarining kenja tizimlari va tizimlar o‘rtasida aloqa bo‘lishi nazarda tutiladi. Ayrim umumiy qonuniyatlar, qoidalar yoki tamoyillar bilan birlashuvchilar o‘rtasida aloqaning mavjud bo‘lishi tizimning asosiy tushunchasi sanaladi. Boshqalar bilan biror-bir aloqaga ega bo‘lmagan element ko‘rib chiqilayotgan tizimga kirmaydi. Tizimning xususiyatlari quyidagilar sanaladi: elementlar murakkabligi, maqsadga qaratilganligi, turli-tumanligi hamda ular tabiati, tarkiblashganligi, bo‘linishligidir.
    Tashkiliy murakkablik tizimning asosiy xususiyati sanaladi va u elementlar o‘rtasidagi o‘zaro aloqalar (o‘zaro harakatlar) miqdori bilan aniqlanadi. Elementlar o‘rtasidagi chatishib, qo‘shilib ketgan o‘zaro aloqalar shunday tuzilganki, u birorta parametr aloqasining o‘zgarishiga olib keladi.
    Tashkiliy murakkablik elementlar tizimini tashkil etuvchi tavsiflar miqdori bo‘lmagan, yaxlit holda, faqat tizimga tegishli tavsiflarni aniqlaydi. Umuman olganda, tizim uni tashkil etuvchi elementlardan boshqacharoq tavsiflarga ega bo‘libgina qolmay, balki uning barcha qismlaridan sifat jihatidan farqlanadi. Shuningdek elementlar ega bo‘lmagan boshqa vazifalarni ham bajarish xususiyatiga ega.
    Tizim butunligining o‘ziga xosligi bilan aniqlanadigan yangi xususiyatlarning paydo bo‘lishi ba’zan emerjentlik (inglizcha «emergent» —
    yuzaga keluvchi, paydo bo‘luvchi) deb ataladi. Tizimlarni qismlarga, ayniqsa o‘zi tarkib topadigan elementlarga bo‘lganda bunday vazifalar yoki tavsiflar o‘z- o‘zidan yo‘q bo‘ladi.

    Download 262,61 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   78




    Download 262,61 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Axborot tizimlarining rivojlanish bosqichlari

    Download 262,61 Kb.