|
Strategik axborot tizimlari
|
bet | 21/78 | Sana | 13.12.2023 | Hajmi | 262,61 Kb. | | #117946 |
Bog'liq O`zbekiston respublikasi
Har qanday tashkilotning istiqboli va kelajagi qabul qilingan strategiyaga bog‘liq. Strategiya deganda istiqbolli, uzoq muddatga mo‘ljallangan masalalarni yechishga yo‘naltirilgan metodlar va vositalar to‘plami tushuniladi.
Ushbu tushuncha bilan “strategik metod”, “strategik vosita”, “strategik tizim” va shu kabi tushunchalarni ishlatish mumkin. Hozirgi vaqtda firmaning rivojlanish va istiqbolli strategiyasi masalalarida axborot tizimlarining o‘rniga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bunday axborot tizimlari strategik muhim tizim sifatida e’tirof etilib, firmaning ravnaqi, vazifalari, metodlari, mahsulotlari, xizmatlari sifatini oshirishda, raqobatchilardan o‘zib ketishga, iste’molchilar va ta’minlovchilar o‘rtasida yangi munosabatlarning shakllanishiga ta’sir ko‘rsatadilar. Yangi strategik axborot tizimlari paydo bo‘ldi.
Strategik axborot tizimi — tashkilotning strategik istiqbolli maqsadlarini amalga oshirishga oid qarorlar qabul qilishni qo‘llab-quvvatlovchi kompyuter axborot tizimidir.
Axborot tizimlarining yangi sifatlari hattoki firmaning strukturaviy tuzilishi, uning mahsulot ishlab chiqarish yo‘nalishlarini o‘zgartirib, gurkirab rivojlanib ketishiga ta’sir ko‘rsatgani haqida ma’lumotlar ko‘pgina. Biroq shunday salbiy holatlar ham kelib chiqqanki, axborot tizimi joriy etilishi natijasida shtatlar soni qisqartirilishi, firmadagi ruhiy holatning o‘zgarishi kuzatilgan.
Iste’mol bozorida mahsulot ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan, o‘zining raqobatchilariga ega bo‘lgan firma faoliyati misolida strategik axborot tizimlarining sifatini ko‘rib chiqaylik. Bunday sharoitlarda firma raqobatchilaridan o‘zib ketishi kerak. Strategik axborot tizimidan foydalanish bunday vaziyatlarda nimalarni beradi?
Bunday savolga javob olish uchun, firmaning tashqi muhit bilan aloqalarini tushunib olish kerak. Firma faoliyatiga quyidagi tashqi omillar ta’sir ko‘rsatadi:
bozorda o‘z siyosatlarini yuritayotgan raqobatchilar;
tovar xarid qilish va xizmatlardan foydalanish bo‘yicha turli imkoniyatlarga ega bo‘lgan xaridorlar;
mahsulot ishlab chiqarishda xom-ashyo va butlovchi qismlar yetkazib beruvchi ta’minotchilarning narxlar bo‘yicha siyosati.
Firma raqobatda yutib chiqib, bozorda o‘zining siyosatini yuritishi uchun quyidagi omillarga e’tibor qaratishi va strategiyalarga amal qilishi zarur:
bozorda mavjud bo‘lgan tovarlardan farq qiladigan, yangi tovarlar va xizmatlarni yaratish;
firmaning tovar va xizmatlari sifati boshqa raqobatchi firma tovarlari va xizmatlaridan tubdan farq qiladigan, afzalligi e’tirof etiladigan yangi bozorlarni va sharoitlarni izlab topish;
firma o‘zga xaridorlar va ta’minotchilarni izlab topib, ularga murojaat qilishidan ko‘ra har xil aksiyalar asosida muqim xaridorlar va ta’minotchilarni o‘ziga biriktirib olishi;
mahsulot sifatini pasaytirmagan holda uning narxini tushirish.
Strategik bo‘g‘in axborot tizimlari yuqori zvenodagi boshqaruvchilar uchun strukturalashtirilmagan masalalarning yechimini olish, uzoq muddatli rejalashtirish ishlarini bajarish imkonini beradilar. Asosiy masala – firmaning yoki tashkilotning tashqi muhitdagi holatni tahlil qilish va solishtirishi asosida ichki imkoniyatlari va zahiralarini baholash. Ular tasodifan yuzaga keladigan vaziyatlarni hisobga olishda, nostandart vaziyatlarda qarorlar qabul qilishda kompyuter va telekommunikasion qaror qabul qilishning umumiy muhit yaratishlari kerak. Eng so‘nggi takomillashtirilgan dasturlardan foydalanib, bunday tizimlar ixtiyoriy vaqtda ko‘pgina manbalardan zarur axborotlarni yetkazib berishlari mumkin. Ba’zi strategik axborot tizimlari uchun chekli analitik imkoniyatlar mavjud.
Ushbu tashkiliy bo‘g‘inda axborot tizimlari yordamchi rolni o‘ynaydilar va ulardan menejer tomonidan qaror qabul qilish uchun zarur axborotlarni operativ tarzda yetkazib berishda foydalanadilar.
Hozirgi strategik axborot tizimlaridan ko‘p rejalilik, ko‘p funksiyaviylik sharoitida foydalanilayotgan bir paytda ularni yaratishning umumiy tamoyillari hali ishlab chiqilmagan. Bu masala borasida ikki xil nuqtai-nazarlar mavjud: birinchisi - dastlab maqsadlar va ularga erishishning strategik yo‘llarini aniqlab olish kerak, so‘ng esa axborot tizimlarini unga moslashtirish kerak; ikkinchi nuqtai-nazar - tashkilot strategik axborot tizimlaridan o‘z maqsadlarini
aniqlashda va strategik rejalashtirishni amalga oshirishda foydalanishi mumkin. Lekin kelajakda bu ikki nuqtai-nazarning umumiy sintezi asosida strategik axborot tizimlarini yaratish yaxshi samara berishi e’tirof etilmoqda.
|
| |