|
O‘rta bo‘g‘in boshqaruvining axborot tizimlari
|
bet | 20/78 | Sana | 13.12.2023 | Hajmi | 262,61 Kb. | | #117946 |
Bog'liq O`zbekiston respublikasi O‘rta bo‘g‘in boshqaruvining axborot tizimlari
O‘rta bo‘g‘in boshqaruvining axborot tizimlari menejerlar tomonidan monitoring (jarayonlarni doimiy kuzatib borish), nazorat, qaror qabul qilish va boshqarish uchun foydalaniladi. Bunday tizimlarning asosiy vazifalari quyidagilar:
joriy ko‘rsatkichlarni o‘tgan davr ko‘rsatkichlari bilan taqqoslash;
operativ bo‘g‘indagi joriy vaqt hisobotlaridan farqli ravishda muayyan vaqt oralig‘i uchun davriy hisobotlarni tayyorlash;
arxiv ma’lumotlariga murojaatlarni ta’minlash va shu kabilar.
Ba’zi axborot tizimlari notrivial yechimlar olishni ta’minlaydilar. Axborot ta’minotiga bo‘lgan talablar qat’iy bo‘lmagan hollarda ular “agar .... bo‘lsa, u holda ...” savoliga javob bera oladilar.
Ushbu boshqaruv bo‘g‘inida ikki turdagi axborot tizimlarini ajratish mumkin: boshqaruv axborot tizimlari (menejment uchun) va qaror qabul qilishni qo‘llab quvvatlovchi axborot tizimlari.
Boshqar uv axbo r o t t i z i mla r i unchalik keng bo‘lmagan analitik
imkoniyatlarga ega. Ular kundalik, haftalik holat bo‘yicha axborotlarga ehtiyoj sezuvchi boshqaruvchilarga xizmat ko‘rsatadilar. Ularning asosiy vazifalari firmadagi kundalik operatsiyalarga doir ma’lumotlarni kuzatish va ular asosida qat’iy strukturalashtirilgan umumlashtirilgan hisobotlarni shakllantirishdir. Bunda kerakli axborotlar operatsion bo‘g‘in axborot tizimlaridan olinadi.
Boshqaruv axborot tizimlarining tavsiflari:
operatsiyalarni nazorat qilish darajasida strukturalashtirilgan va qisman strukturalashtirilgan masalalar uchun qaror qabul qilishni qo‘llab-quvvatlashda
foydalaniladilar;
operativ vaziyatdan kelib chiqqan holda nazorat, hisobot va qaror qabul qilishga yo‘naltirilgan;
tashkilot ichidagi axborot oqimlari va mavjud bo‘lgan ma’lumotlarga asoslanadilar;
kam analitik imkoniyatlarga va noegiluvchan strukturaga ega.
Qarorlar qabul qilishni qo‘ llab-quvvatlovchi t izimlar natijalarini oldindan bashoratlash mushkul bo‘lgan qisman strukturalashtirilgan masalalar uchun xizmat qiladilar. Ular o‘zlarining bir necha modellari bilan keng analitik imkoniyatlarga egalar. Axborotlarni boshqaruv va operatsion bo‘g‘in axborot tizimlaridan oladilar. Bunday tizimlardan qaror qabul qilish masalalari bilan shug‘ullanuvchi menejerlar, mutaxassislar, analitiklar va boshqalar foydalanadilar. Masalan, texnik jihoz va uskunalarni sotib olgan ma’qulmi yoki ijaraga olgan ma’qulmi qabilidagi masalalar uchun qo‘l keladilar.
Qaror qabul qilishni qo‘llab-quvvatlovchi tizimlarning tavsiflari:
bashoratlash qiyin bo‘lgan muammolar yechimlarini olishni ta’minlaydilar;
modellashtirish va tahlil qilishning murakkab uskunaviy vositalari bilan qurollanganlar, masalaning qo‘yilishiga va berilgan ma’lumotlar parametrlariga o‘zgartirishlar kiritish asosida mos yechimlar olish imkoniyatini yaratib beradilar;
kun davomida turli xil sharoitlar bo‘yicha mos parametrlar asosida yechimlar olish va qulaylikka ega bo‘lishilari bilan farqlanadilar;
maksimal darajada foydalanuvchi ehtiyojlariga javob beruvchi texnologiyalga egadirlar.
|
| |